1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1)O`quvchilarga narsalar haqida, narsalarning ko`rinishi, rangi, shakliga ko`ra bir xil va har xilligini ajratish kabi tushunchalarni o`rgatish. 2) O`quvchilarni tabiatni sevishga, uni asrsb-avaylashga, hayvonlarga g`amho`rlik qilishga o`rgatish. 3) O‘quvchilarning matematikaga oid BKM oshirishga harakat qilish Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, «Kim chaqqon?» interfaol metodi, mustaqil ish. Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar. Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: Salomlashish; Davomatni tekshirish Darsga hozirlik ko`rish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. Avval “narsalar” tushunchasi izohlanadi. Atrofimizni nima o`rab turganligi, yoki nimalarni ko`rayotganligimiz so`raladi. O`quvchilar birin-ketin qo`l ko`tarib doska, gul, parta, stul, papka, kitob, daftar, ruchka, shkaf va boshqa narsalarning nomini aytishadi. Demak buning hammasi “narsalar’ deyiladi. Ammo ular shakli, rangi, mohiyatiga qarab ajratiladi.Masalan: stol ustidagi ruchka, qalam, o`chirg`ich, daftar, kitob- bu o`quv qurollari deyiladi. Parta, stol, doska, shkaf, stullar – bu sinf jihozlari deyiladi. So`ng o`qituvchi qalamdondan qalamlarni oladi va o`quvchilarga ko`rsatadi. Bular nimalar? O`quvchilar qalamlar deyishadi. Demak mohiyatiga ko`ra , ishlatilishiga ko`ra umumiy nom bilan bir xilda bular qalamlar deyiladi. Ammo rangiga qarab ajratsak ular har xil. (sariq, qizil, yashil, ko`k va b.q.) Endi shkaf ustiga qaraymiz. Nimalarni ko`rayapmiz? Bolalar gullarni deb javob beradilar.Demak bular bir xil xona gullari deyiladi. Ammo turiga qarab ajratsak ular har xil. (yorongul, fikus, begonya va bq.) Shu tariqa o`quvchilarga “bir xil, har xil” tushunchalarining mazmunini yoritamiz. O`quvchilar bilan dam olish daqiqasi o`tkaziladi.
IV. Mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 9-sahifasida ko`rsatilgan rasmlar asosida o`quvchilar o`z fikrlarini bayon etadilar.Bunda biz “Kim chaqqon?” o`yini orqali o`quvchilarning bilimini mustahkamlaymiz. O`yin qoidasi tushuntiriladi. - 1-rasmda nimalar berilgan? (qalamlar) - Chap tomondagi qalamlar qanaqa? (bir xil) - O`ng tomondagi qalamlar qanaqa?Nima uchun? (har xil, rangi va hajmiga ko`ra) - 2-rasmda nimalar berilgan? ( Sabzavotlar) - Sabzavotlar qanaqa? (har xil) - Yana nimalar berilgan? (mevalar) - Mevalar qanaqa? ( har xil) O`quvchilarning javoblari shu tariqa to`ldirib boriladi. O`quvchilarga tabiatimiz boyligi, tabiatni sevishimiz, uni asrab-avaylashimiz bizning burchimiz ekanligi ham singdiriladi. O`zgalar mehnatini qadrlkash tushunchasi singdiriladi. So`nd “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi. Dars yakunlandi.
8-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |