1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə18/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarga ko`p, kam, shuncha,...ta ortiq (kam) kabi tushunchalarni o`rgatish.

2) O`quvchilarning ekologik madaniyatini oshirisjga harakat qilaish.

3) O‘quvchilarning ko`p, kam, shuncha ,...ta ortiq (kam) kabi tushunchalarni taqqoslashga oid malakalarini mustahkamlash.

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, «Kim tez topadi?» interfaol metodi, mustaqil ish.

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar.

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

Salomlashish;

Davomatni tekshirish

Darsning maqsamkdini aytish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi. Kataklar bo`ylab, katak ichida yozish ko`mikmalari mustahkamlanadi.

III.Yangi mavzu bayoni:

So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan yoritiladi . O`quvchilarga turli xil shablonlar ko`rsatiladi. Bu shablonlar miqdori jihatidan turli xil. Sabzi(2) va pomidor(4) shablonlari ko`rsatiladi . O`quvchilarga qaysi biri ko`p degan savol bilan murojaat qilinadi. O`quvchilar pomidorlar ko`pligini aytishadi.

Shakllar uchburchak (3ta) va kvadratlar ( 5ta) ko`rsatiladi. Qaysi biri kam degan savollar beriladi. O`quvchilar uchburchaklar kamligini aytadilar.

So`ng o`qituvchi tomonidan kitoblar (2ta) ba daftarlar (2ta) ko`rsatiladi. Qaysi biri ko`p yoki kam dehan savol bilan murojaat qilinadi. O`quvchilar kitoblar qancha bo`lsa, daftarlar ham shuncha degan javobni beradilar.

Har bir berilgan javoblar o`qituvchi tomonidan tahlil qilinadi va mustahkamlanadi.

So`ng guldonlardagi gullar bilan koptoklar ko`rsatiladi. O`quvchilar gullar koptoklardan 3 ta o`rtiq ekanligi amaliy tarzda ko`rsatib, tushuntirib beradilar. Ya`ni ortib qolgan gullar ko`plik ma`nosini anglatishi tushuntiriladi.

So`ng likopchada olma va shaftolilar solingani ko`rsatiladi. Olmalar va shaftolilar soni sanaladi, taqqoslanadi. Saftolillar olmalardan 1 ta kamligi aniqlanadi. “Ta kam” tushunchasi yoritiladi.

O`quvchilar bilan dam olish daqiqasi o`tkaziladi.

O`ng qo`limda 5 barmoq,

Chap qo`limda 5 barmoq.

Ikkalasi 10 barmoq,

Ikkalasi do`st barmoq.

IV. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 8-sahifasida ko`rsatilgan rasmlar asosida o`quvchilar kichik hikoya tuzadilar. Hikoyadagi har bir rasm tahlil qilinadi, izohlanadi, ko`p, kamligi,... ta ortiq, ...ta kamligi aytib o`tiladi.

Kitoblar (5 ta), rasm daftarlar (2ta). Kitoblar rasm daftarlaridan ko`p.

Sahnada 3 ta qiz bola, 1 ta o`g`il bola raqs namoyish etishmoqda. Og`il bolalar qiz bolalardan kam.

Atirgullar 5 ta, gulsafsarlar 5 ta. Ikkalasi teng, yoki atirgullar qancha bo`lsa, gulsafsarlar shuncha.

Olxo`rilar olmalardan 1 ta ortiq, sabzilar bodringdan 1 ta ko`p, bodring kartoshkadan 1 ta kam.

Shuningdek o`quvchilar bilan matematika daftarida berilgan topshiriqlar bilan ham ishlar oilb boriladi. O`quvchilarga >, <, = belgilarining yozilishi ko`rsatiladi va yozdiriladi.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.

Dars yakunlandi.

“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

7-dars


Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin