1-dars Fan: Matematika Sinf: SanaDars jarayoni va texnologiyasi
Darsning maqsadi.: 1)O`quvchilarga chap, o`ng tomonlarni, past va yuqori kabi tushunchalarni o`rgatish. 2) O`quvchilarning ekologik madaniyatini oshirisjga harakat qilaish. 3) O‘quvchilarning o`ng, chap, yuqori va past kabi tushunchalarni taqqoslashga oid malakalarini mustahkamlash. Dars turi: Yangi bilim beruvchi Dars metodlar: Suhbat, «Kim tez topadi?» interfaol metodi, mustaqil ish. Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar. Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: Salomlashish; Davomatni tekshirish Darsning maqsadini aytish.
Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi. Chiziq ichida yozish, nuqtalarni biriktirish, chiziqlarni to`g`ri chizishga o`rgatish, bilimlarini mustahkamlsh. Bu jarayon vaqtida o`quvchilarga kichik qog`ozchalar tarqatiladi. Qog`ozchalar ichiga turli xil masofa va kenglikdagi nuqtalar beriladi. O`quvchilar o`z tasavvurlariga qarab bu nuqtalarni tekis va tartib bilan biriktiradilar va turli xil rasmlar hosil qiladilar. O`quvchilar ishlari tekshiriladi va rag`batlantiriladi.
. . . .. . . . . . . . . .
. . . . . . . . .
So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan yoritiladi . Avval o`qituvchi o`quvchilardan qaysi o`ng qo`l, qaysi chap qo`l ekanligi so`raladi. O`quvchilar o`ng va chap qo`llarini ko`taradilar. Har bir o`quvchidan yonidagi do`stlari so`raladi. O`quvchilar o`ng tomonida kim, chap tomonida kim o`tirganini aytadilar. O`quvchilardan rangli qalamlarini olib o`ng qo`llariga qizil, chap qo`llariga yashil rangli qalamlarini olishlarini aytadilar. O`quvchilar topshiriqlarni bajaradilar. Adashgan o`quvchilarga yana bir bor o`yin qoidasi tushuntirib beriladi. So`ng yuiqorida nimalarni ko`rayotganliklari so`raladi. O`quvchilar yuqoriga qaraydilar va lampani, shiftni ko`rsatadilar. Yuqorida turgan gullarni ko`rsatadilar. Pastda nima turganligini so`raymiz. O`quvchilar pastda polni, stol va stullarning oyoqlarini ko`rayotganliklarini aytishadi. So`ng o`qituvchi suvlar doimo yuqoridan pastga qarab oqishi, samolyotlar pastdan yuqoriga ko`tarilishi haqida tushuntiriladi. O`quvchilar bilan dam olish daqiqasi o`tkaziladi. Ikki bizga do`st emas, Uchni yomon ko`ramiz. To`rt bo`lsa ham mayliga, Beshdir bizning do`stimiz! IV. Mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 7-sahifasida ko`rsatilgan rasmlar asosida o`quvchilar kichik hikoya tuzadilar. Hikoyadagi har bir bolaga ism qoyiladi va harakatlariga qarab ularning nima qilayotganligini aytib bearadilar. Shuningdek o`quvchilarga atrof-muhitni ozoda saqlanishi, har bir o`ingohlarda arg`imchoq va shunga o`xshash narsalarga ziyon yetkazmaslik lozimligi ta`kidlanadi. Temur, Malik, Samad birgalikda sirpanchiq uchishmoqda. Malik va Samad yuqoridan pastga sirpanmoqda. Temur esa sirpanish uchun pastdan yuqoriga chiqmoqda. Muattar va Bekzod sinfdosh. Ular darsdan so`ng uylari yonidagi arg`imchoqda maza qilib uchishadi. Bekzod Muattarning o`ng tomonidagi arg`imchoqda, Muattar es aBekzodninf chap tarafidagi arg`imchoqda uchishmoqda. Shuningdek o`quvchilar bilan matematika daftarida berilgan topshiriqlar bilan ham ishlar oilb boriladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi. Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 6-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |