1.Ta'lim jarayoni-bu o'quv materiali mazmunini yoritishga xizmat qiluvchi va mazkur mavzu bo'yicha ta'lim oluvchilarda nazariy va amaliy bilimlar majmuini o'zlashtirish imkonini beruvchi 45 yoki 80 daqiqadan iborat jarayondir.
Ta'lim jarayonini xarakatlantiruvchi kuch 2 tadir. Bular: ta'lim beruvchi hamda ta'lim oluvchilar.
Ta'lim beruvchining vazifalari:
-faoliyatida o'z-o'zini faollashtira olishi,
- ijodkorligi, yaratuvchanligi,
-muloqotchanligi,
- bilim saviyasi,
-ruxiy xolatini boshqara olishi va boshqalar.
2.Ta'lim oluvchining vazifalari:
Ta'lim oluvchining ta'lim jarayonidagi ishtiroki nazariy bilimlarni qabul qilib oluvchi va o'zlashtirgan nazariy bilimlar, amaliy ko'nikmalarni namoyish etuvchi subyekt sifatida bo'lyapdi. Subyekt sifatida ta'lim beruvchi uzatgan axborotlarni qayta ishlab, yo'llanma, ko'rsatmalarga, tavsiyalarga tayanib o'quv manbalari bilan mustaqil ravishda nazariy bilimlarni o'zlashtirishdir.
“Pеdagogik tеxnologiya" - bu aniq kеtma-kеtlikdagi yaxlit jarayon bo'lib, u talabaning ehtiyojidan kеlib chiqqan holda bir maqsadga yo'naltirilgan, oldindan puxta loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija bеrishiga qaratilgan pеdagogik jarayondir.Uning maqsadi talim sohasini tubdan isloh qilish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak manaviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashning milliy tizimini yaratishdir.Vazifalari “Talim to’g’risida”gi O’zRning Qonuniga muvofiq talim tizimini isloh qilish; talim va kadrlar tayyorlash sohasida muhitini shakllantirish negizida talim tizimini yagona o’quv ilmiy ishlab chiqarish majmua sifatida izchil rivojlantirishni taminlash; talim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslash; kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta`minlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko’tarishdan iborat.