1. Ta`lim texnologiyasi tuzilishini tushuntirish Reja Ta'lim jarayoni Ta'lim oluvchining vazifalari



Yüklə 50,7 Kb.
səhifə14/19
tarix23.09.2023
ölçüsü50,7 Kb.
#147434
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Axborot texnologiyalari

2.Arxiv hosil qilish jarayoni arxivlash (arxivatsiya) deyiladi. Siqilgan faylni eski holiga qaytarish arxivlarni ochish (razarxivatsiya) deyiladi. Arxivlashni fayllar guruhi, to`liq fayllar strukturasi bo`yicha yoki papkalar bo`yicha ham qilish mumkin. Arxivlanuvchi fayllarda papkalar ko`p bo`lsa, ularni oldin bitta papkaga yig`ib olish ishni osonlashtiradi. Elektron pochta va Internet muhitida arxivlangan holdagi ma'lumotlarni almashish bir qator qulayliklar yaratadi.Arxivlash jarayonida ayrim fayllar juda yaxshi ixchamlanishi, ba'zi hollarda arxivlash natijasida boshlang`ich fayl 10-20 baravar siqilishi ham mumkin. Masalan, programma fayllariga nisbatan tekst va rasm fayllari ancha yaxshi ixchamlanadi.Hozirgi kunda har xil arxivatorlar bir-biridan siqish darajasi, tezligi, foydalanishda qulayliklari, imkoniyat darajasi bo`yicha farq qiladi. Foydalanuvchi har xil turdagi arxiv fayllarini kengaytmasi bo`yicha farqlaydi. Siqish turi shu arxivning formati deyiladi.
Arxivlangan fayl arxivda qaysi fayllar borligini bildiruvchi sarlavhaga ega bo`ladi. Arxiv sarlavhasida unda saqlanuvchi har bir fayl uchun quyidagi ma'lumotlar saqlanadi:
- fayl nomi;
- fayl saqlanuvchi katalog haqida ma'lumot;
- faylning oxirgi marta qayta ishlangan sanasi va vaqti;
- faylning diskdagi va arxivdagi o`lchami;
- arxivning to`liqligini tekshirishda ishlatiladigan har bir faylning siklik tekshirish kodi.
3.Arxiv fayllar ham oddiy fayllar kabi nomlanadi va maxsus kengaytirmaga ega bo`ladi. Masalan, PKZIP/PKUNZIP programmalaring fayllari .ZIP, ARJ programmasining fayllari .ARJ kengaytirmaga ega bo`ladi. Ko`p tomli fayllar uchun esa arxivning davomi A01, A02 va hakazo kengaytirmalar oladi.
ZIP-formatli arxiv imkoniyatliroq hisoblanadi. Bu turdagi arxivlar PKZIP arxivatori bilan yaratiladi. Arxivni ochish uchun PKUNZIP dan foydalaniladi (PKWARE-firmasi tomonidan yaratilgan). ZIP- formatli arxiv boshqa formatli arxivlardan arxivlash jarayonining tez amalga oshirilishi va yuqori darajada siqish imkonini berishi bilan ajralib turadi.
Hozirgi vaqtda ko`p qo`llaniladigan arxivatorlardan yana biri ARJ hisoblanadi (R.Yangom tomonidan yaratilgan). Bu arxivator arxivlash uchun ham, arxivdan chiqarish uchun ham hizmat qiladi.
Xuddi shuningdek, ZIP va ARJlarga o`xshash formatlaydigan LHA (X.Yoshizaki) arxivatori ham mavjud.
Yana ko`p qo`llaniladigan arxivatorlardan biri RAR (YE.Roshal) hisoblanadi. Bu arxivator Norton Commander muhitida, foydalanuvchi interfeysi yordamida amalga oshiriladi. Ammo bu arxivatordan EPda foydalanish ancha noqulayliklar tug`diradi.Endi ko`p qo`llaniladigan ZIP va ARJ arxivatorlarini ko`rib chiqamiz.
Fayllarni arxivlash buyrug`ining umumiy ko`rinishi quyidagicha bo`ladi:
PKZIP holat arxiv_nomi [fayllar_nomlari] yoki
ARJ buyruq holat arxiv_nomi [katalog [fayllar_nomlari].
Bu buyruqlarning parametrlari:
- buyruq parametri bitta harfdan iborat bo`lib, u ARJ ning bajaradigan ishini ko`rsatadi. Masalan: A - arxivga fayllarni qo`shish, M - arxivga fayllarni ko`chirib o`tkazish va h.z.
- holat parametri «-» yoki «/» belgilari bilan boshlanib umumiy holda quyidagilarni bidirishi mumkin:
A (Add)-hamma fayllarni arxivga qo`shish;
U (Update)-yangi fayllarni arxivga qo`shish;
F (Freshen)-arxivdagi mavjud fayllarning yangi turlarini arxivga qo`shish;
- arxiv_nomi - arxiv nomi (yoki to`liq nomi) ko`rsatiladi. Agar ushbu fayl mavjud bo`lmasa u yangi tashkil etiladi;
- katalog - ARJ arxivatori uchun fayllar joylashgan papka nomini bildiradi. Agar u berilmagan bo`lsa katalog sifatida joriy papka olinadi;
- [fayllar_nomlari]-arxivlanuvchi fayllar nomlari bo`lib, ular bo`sh joy (probel)lar bilan ajratilgan holda ko`rsatiladi. Bunda * va ? belgilaridan ham foydalanish mumkin. Agar fayl nomi ko`rsatilmasa joriy papkadagi fayllarning hammasi arxivlanadi.
bu yerda -s va -g maxsus himoya belgilari va Parol foydalanuvchi tomonidan kiritiladigan yashirin so`z. Parolli arxiv fayllarni ochish vaqtida ham maxsus himoya belgilari-yashirin so`zlarni kiritish kerak bo`ladi, aks holda arxiv ochilmaydi.
PKZIP va ARJ programmalari fayllarni avtomatik tarzda katta tezlikda va optimal darajada siqish imkonini beradi. Agar maksimal darajada siqish zarurati tug`ilganda holat parametrida mos ravishda -YEX va -JM holatlari beriladi.


Yüklə 50,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin