1. Ta`lim texnologiyasi tuzilishini tushuntirish Reja Ta'lim jarayoni Ta'lim oluvchining vazifalari


Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy komponentlari



Yüklə 50,7 Kb.
səhifə2/19
tarix23.09.2023
ölçüsü50,7 Kb.
#147434
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Axborot texnologiyalari

3.Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy komponentlari:
SHaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh obekti va subekti, talim soxasidagi xizmatlarning istemolchisi va ularni amalga oshiruvchisi.
Davlat va jamiyat - talim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafili.
Uzluksiz talim - malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo’lib, talimni barcha turlarini davlat talim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uningfaoliyat ko’rsatish muhitini o’z ichiga oladi.
Fan - yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi ilg’or pedagogik va axborot tehnologiyalarini ishlab chiquvchiIshlab chiqarish - kadrlarga bo’lgan extiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy texnika jihatdan ta`minlash jarayonining qatnashchisiTalim texnologiyalari (PT) - shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida 3-ming yillikda davlatimiz talim sohasida tub burilishlar yuz beradi, o’qituvchi faoliyati yangilanadi, talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg’ulari tizimli ravishda shakllantiriladi.“Ta`lim texnologiyalari” - bu aniq ketma-ketlikdagi yaxlit jarayon bo’lib, u talabaning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo’naltirilgan, oldindan puxta loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir.

2. Uzluksiz ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot kompetentligi kasbiy tayyorgarligi
Reja
1.Zamonaviy pedagogic ta’lim jarayonida axborot komponentlari
2.Axborot komponentligining strukturasi
3. Boshlang‘ich sinflarda informatikani alohida o‘quv fani sifatida joriy etish jihatlari
1.Zamonaviy pedagogik ta’limda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni shartli ravishda ikkita tashkil etuvchiga ajratish mumkin: - bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash tizimida kompetentli yondoshuvning joriy qilinishi munosabati bilan sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar; - maktab ta’limi tizimida axborotlashgan jamiyatning talablari bilan yuzaga kelayotgan va pedagogik ta’lim tizimiga nisbatan ilgari boruvchi xarakterga ega bo‘lgan o‘zgarishlar. Boshlang‘ich maktab ta’lim jarayonida yangi axborot va telekommunikatsion texnologiyalarning qo‘llanilishi o‘quv jarayonini faqat axborot-texnologik va Kompyuterlimetodik qo‘llash vositalarining mavjudligini ta’lim jarayonida axborot texnologiyalaridan samarali foydalanuvchi ma’muriy va muxandis-texnik kadrlarni tayyorlashnigina emas, balki boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilarining ham maxsus tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini ham talab etadi. Boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilarining AT-tayyorgarligining zamonaviy holatini tahlil qilish quyidagi yondoshuvlarni aniqlash imkonini berdi: - biror yondashuv, u kasbiy tayyorlash jarayoniga informatikani va uni o‘qitish metodikasini o‘rganish uchun qo‘shimcha o‘quv soatlarini kiritish; - modulli-komponentli yondoshuv, u ta’lim kursini o‘qituvchining konkret pedagogik faoliyat vaziyatlarida yuzaga keladigan kasbiy masalalarni axborot va kommunikatsiya texnologiyalarida foydalanish bilan hal etish qobiliyatini aniqlovchi integral xarakteristika sifatida tushuniladigan o‘qituvchining kasbiy axborot-texnologik komponentligi tushunchasiga tayanib modulli qurish bilan tavsiflanadi; - integrativ yondoshuv – u informatikani va axborot texnologiyalari turli o‘quv fanlari bilan integratsiyalanishini nazarda tutadi. - majmuaviy yondoshuv – u ta’lim jarayonini majmuaviy (kompleks) tushunish kontseptsiyasiga asoslanadi va uning xususiyati ta’lim jarayoni hamma sikllarini ta’limning axborotlashuvi bilan bog‘langan falsafiy, umumta’limiy, psixologo-pedagogik va metodik masalalarni jalb qilishdan iboratdir.
2.Shu bilan bir vaqtda boshlang‘ich maktabni axborotlantirish bosqichi o‘quvchilarning axborotli savodxonligini shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, bunda u axbortli faoliyat uquvlari va malakalarini, atrof-olam to‘g‘risida axborot fazasi to‘g‘risidagi tasavvurni, asosiy kommunikativ malakalarni axborotga qadriyatli yondoshuv bilan biriktirilishini o‘z ichiga oladigan integratsiyalashgan shaxsiyatli sifat deb qaraladi Yuqorida aytilganlarga asosan, biz axborotli kompetentlikni boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisining kasbiy ta’limi natijalaridan biri deb hisoblaymiz va uni kichik maktab yoshidagi o‘quvchida axborotli komponentligining strukturasini quyidagi 4 ta komponentning sintezi sifatida sirukturaviy muhokama qilamiz. - kompitiv komponent – u o‘z ichiga informatika, axborot-texnologiyalari, kichik maktab yoshidagi o‘quvchida axborotli savodxonlikni shakllantirish metodikasi sohasida deklarativ, protsedurali va metodologik bilimlarni o‘z ichiga oladi. - texnologik komponent; u kichik maktab yoshidagi o‘quvchida axborot savodxonligini shakllantirish bo‘yicha faoliyat tajribasini egallashga yo‘naltirilgan axborot va metodik uquvlar majmuasini o‘z ichiga oladi; - motivatsion–qadriyatli komponent; u axborotlashtirish sharoitlarida bilish va o‘zini bilish jarayoniga, axborotga, axborot va axborot-pedagogik texnologiyalarga, pedagog kasbiga munosabatlar guruhlarini va, shuningdek, o‘zini mustaqil rivojlantirish va o‘zi o‘z namoyon qilishga intilishini o‘z ichiga oladi; - kommunikativ komponent; u «o‘qituvchi–Kompyuter- o‘quvchi», «o‘quvchi– Kompyuter-o‘quvchi», «o‘qituvchi–Kompyuter– o‘qituvchi» pedagogik tizimlarda ta’lim jarayoni sub’ektlarining kommunikativ faoliyatini tashkil etish tajribasini egallashga yo‘naltirilgan; Biz bo‘lajak boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisining axborotli kompetentligini darajalar bo‘yicha rivojlanishini muhokama qilamiz.

Yüklə 50,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin