4. Word dasturida ishlashni tushuntirish. 1. Word dasturiga kirish 2. Word dasturidagi panellar 3.Word dasturi buyruqlari Microsoft Word matn muharriri WINDOWS operatsion tizimida ishlashga mo’ljallangan amaliy dasturlardan biri. Uni ishga tushirish uchun biz Pusk menyusiga kirib Programm bo’limni tanlaymiz va shu bo’limda Microsoft Word dasturni tanlaymiz, yoki S: diskdagi Programm Files ichidagi Microsoft Office papka ichidagi winword.exe faylni ishga tushiramiz. Natijada dastur ishga tushadi. Dastur ishga tushgach siz ekranda uning oynasini ko’rasiz. Oynaning asosiy qismlari bu nom satri, menyu satri, yordamchi tugmalar satri, ish sohasi va malumotlar satri.
Nom satrida aktiv bo’lgan dokumentning nomi yoziladi, agar aktiv dokument yangi yaratilgan bo’lsa u holda uning nomi DOKUMYeNT 1 ko’rinishida bo’ladi.
Nom satri pastida menyu satri joylashgan. U yordamida biz dasturning hamma buyruklari bilan ishlashimiz mumkin. Shu buyruklar quyidagi guruhlarga ma‘nosi yoki ishlash holati bo’yicha saralab bulingan: ФАЙЛ, ПРАВКА, ВИД, ВСТАВКА, ФОРМАТ, СЕРВИС, ТАБЛИЦА, ОКНО, СПРАВКА. Menyu bilan biz keyigi mavzuda yaqinroq tanishimiz.
Menyu satri pastida yordamchi tugmalar satri joylashgan bo’lib, u yordamida biz menyudagi bir xil amallarni bajarishimiz mumkin. Buning uchun biz kerakli tugmaga sichqoncha bilan ko’rsatib, sichqonchaning ung tugmasini bosamiz. Yordamchi tugmalar bajariladigan amallari bo’yicha guruhlarga bulinadi: СТАНДАРТНАЯ, ФОРМАТИРОВАНИЕ, РИСОВАНИЕ, ТАБЛИЦИ И ЗАЛИВКА, WORDART,
2.Endi yordamchi qurollar guruhlarning asosiysilari СТАНДАРТНАЯ va ФОРМАТИРОВАНИЕ bilan yaqinroq tanishaymiz.
Панель СТАНДАРТНАЯ
1. - Создать - Yangi, ilgari mavjud bulmagan dokumentni (faylni) yaratish.
2. - Открыть - Mavjud ilgari yaratilgan dokumentni (faylni) ochish.
Ushbu tugmani bosganimizdan keyin ekranda quyidagi oyna hosil kilinadi. Va shu oyna orqali biz kerakli faylni topib, tanlaymiz. Keyin ОТКРЫТ tugmasini bosamiz va natijada shu fayl ekranda ochiladi.
Bizga kerak bo’lgan fayl joylashgan papkani topish uchun biz chap tomondagi soha yoki yuqoridagi ro’yxatdan foydalanamiz. Faylni kidirish jarayonida yuqorida joylashgan НАЗАД - oldingi oyna ko’rinishiga kaytish, ВВЕРХ - yuqoridaga papkaga chiqish, ИСКАТЬ В ИНТЕРНЕТЕ - Internetda izlash, УДАЛИТЬ - tanlangan fayl yoki papkani uchirish, СОЗДАТЬ ПАПКУ - yangi papka yaratish, ВИД - papka va fayllar ko’rinish holatini o’zgartirish (kichkina yoki katta belgilar, ro’yxat yoki jadval ko’rinishi), СЕРВИС - har xil yordamchi imkoniyatlar. Shu bilan birga fayl kidirish jarayonida biz oynada fakat bizga kerak turli fayllar ko’rinishini ta‘minlashimiz mumkin. Buning uchun pastki qismda joylashgan ro’yxatdan foydalanamiz.