3.Boshlang‘ich sinflarda informatikani alohida o‘quv fani sifatida joriy etish jihatlari A.V.Goryachev, M.A.Plaksin, Yu.A.Pervin, A.L.Semenov, S.N.Tur, S.Peypert, S.A.Beshenkov va boshqalarning ishlarida o‘z aksini topgan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining turli o‘quv fanlarini o‘rganishda Kompyuterdan vosita sifatida foydalanish jihatlari N.A.Koroleva, Ye.V.Tixonov, N.A.Piontkovskaya, V.I.Varchenko, N.N.Bulgakov, K.J.Aganina, T.F.Sergeeva, B.B.Qodirova, S.V.Rax, B.D.Sidiqov, B.Xanter va boshqalarning ishlarida o‘z aksini topgan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv-bilish faoliyatining universal turlarini (yozuv, hisob, rasm,...) o‘zlashtirishda Kompyuter va axborot texnologiyalardan vosita sifatida foydalanish jihatlari D.V.Zarets-kiy, N.D.Shetkina, Yu.A.Ivanov boshqalarning ishlarida o‘z aksini topgan. Psixologik muammolar: - boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tomonidan oson o‘zlashtiriladigan atama va tushunchalar majmuasini tanlash va bu tushunchalarni qaysi fanlar doirasida berilishini aniqlash ; - tanlangan atama va tushunchalarni uzluksiz, tizimli ravishda o‘quvchilar ongida shakllantirish ; - boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga informatika elementlarini o‘rganishga doir o‘quv faoliyat tuzilmasi; - pedagogik dasturiy vositalarini yaratishda ularga qo‘yiluvchi psixofiziologik, didaktik va texnik talablar; informatika elementlarini o‘rgatishga qaratilgan mashqlar tizimi va ulardan foydalanishi.
3. O‘quv jarayonida axborot texnologiyalarnining asosiy yo‘nalishlari va uni tadbiq etish Reja: 1.O‘quv jarayonida ATdan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari 2.ATdan foydalanishda didaktik materialning tasnifi 3.MS Office dasturlarida yaratilgan elektron didaktik materiallar yaratish. 1.Ta’limdagi axborot texnologiyalari hozirgi vaqtda jamiyatning axborot tsivilizatsiyasiga o‘tishining zaruriy shartidir. Zamonaviy texnologiyalar va telekommunikatsiyalar o‘quv jarayonini tashkillashtirish tabiatini o‘zgartirishga imkon beradi, talabani axborot va ta’lim muhitiga to‘liq singdiradi, ta’lim sifatini yaxshilaydi, ma’lumot va bilimlarni idrok qilish jarayonlarini rag‘batlantiradi. Yangi axborot texnologiyalari faoliyatning turli sohalarida, shu jumladan ta’limda tashkil etish va boshqarish uchun kompyuter va telekommunikatsiya ta’minoti muhitini yaratadi. Axborot texnologiyalarining qo‘llanilishi o‘quv jarayonini jadallashtirish o‘quvchilar faoliyatining quyidagi turlarini tashkil etish imkonini beradi: 1) axborot-o‘quv faoliyati; 2) o‘quv-o‘yin faoliyati; 3) eksperiment-tekshirish faoliyati; 4) mustaqil faoliyat. Bu faoliyat turlari o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan axborot texnologiyalaridan bilish va mustaqil bilish quroli sifatida faol foydalanishga bilimlarni mustaqil taqdim qilish va olishga, atrof-borliqni o‘rganish jarayonida “mikrokashfiyotlar” qilishga yo‘naltiradi. O‘qish jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish an’anaviy ta’lim shakllari va metodlarini ta’minlashdan ko‘ra ko‘proq o‘quvchilarning shaxsiyatli-orientirlangan rivojlanishiga yordam beruvchi variativ metodikalarni yaratish uchun zarurdir. O‘qituvchi tomonidan sanab o‘tilgan faoliyat turlarini axborot texnologiyalaridan foydalanib tashkil etilishi uning axborot texnologiyalaridan amaliy foydalanish va o‘quv jarayonida ularni metodik qo‘llash sohasida maxsus kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lishi talab qilinadi. O‘quv jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanishning metodik maqsadga muvofiqligi axborot texnologiyalarining imkoniyatlarini hisobga olib, undan foydalanishning asosiy yo‘nalishlariga to‘xtalamiz. 1) turli shakllardagi axborotni global va lokal tarmoqlarda qidirish, uni qayd etish, yig‘ish, to‘plash, saqlash, ishlov berish va uzatish; 2) eksperiment natijalarini ishlab chiqish; 3) real ob’ektlarni (o‘quv robotlarini) boshqarishni amalga oshirish; 4) virtual modellar bilan Kompyuterli eksperimentlar tashkil qilish va o‘tkazish; 5) o‘quv faoliyatini avtomatlashtirilgan nazoratini tashkil etish; 6) turli vazifali pedagogik dasturiy vositalarni (PDV) ishlab chiqish; 7) didaktik va metodik materiallarni yaratish; 8) o‘quv vazifali WEB-saytlarni yaratish; 9) o‘quvchilarning intellektual xordig‘ini tashkil etish.
2. Bosma tarqatma materialni ishlab chiqish o‘qituvchi uchun eng sermehnat ish, agar gap topshiriqlarning bir tipli variantlarini nusxa qilib ko‘paytirish to‘g‘risida boradigan bo‘lsa, eng mashaqqatli ish ham bo‘lib kelgan. Bu o‘qituvchilarning Word matn protsessorida ishlash texnologiyalarini tez o‘zlashtirishga olib keldi. Word matn protsessori hozirgi vaqtda MS Office paketidagi juda ommaviylashgan va yaxshi o‘zlashtirilgan dasturiy vositadir. Shunga qaramasdan o‘qituvchilar tmonidan uning juda keng imkoniyatlaridan juda kichik qismigina foydalanilmoqda. Bu gap individual kartochka – topshiriqlar (2-rasm) ishlab chiqishga oiddir. Excel jadval protsessori o‘qituvchiga o‘quv jarayoni samaradorligini oshirish, ta’lim sifatini nazorat qilish sohasida keng imkoniyatlar beradigan asbobiy vositadir. Excelning matnli va sonli axborotni ishlab chiqish bo‘yicha keng imkoniyatlari uning asosida turli didaktik materiallarni – testlar, krossvordlar, rebuslar, analitikma’lumotnoma jadvallarni va boshqalarni kiritilgan ma’lumotlarni avtomatik tekshirish va ularning natijalarini grafiklar va diagrammalar shaklida ishlab chiqish imkoniyatini beradi (2-jadval). O‘qituvchilar asosan Excel jadval protsessorining bir varaqli va ko‘p varaqli elektron testlarni yaratish uchun qo‘llanishi bilan tanishlar. Bu esa keyingi vaqtlarda o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlarini nazorat qilishning juda keng tarqalgan metodi bo‘layotganligi bilan bog‘liqdir. Agar testni o‘tkazishni an’anaviy blokli shakli uni tayyorlash bosqichida ham, uni ishlab chiqish bosqichida ham ancha katta vaqtni talab qilsa, Excel dan foydalanish o‘qituvchiga bilimlarni darsda tezkor nazoratini amalga oshirish imkonini bergan holda testin o‘tkazish vaqtini qisqartiradi. Test natijalarini grafik vizuallashtirish testni batafsil miqdoriy tahlil qilish bilan bir qatorda uning sifatli tezkor baholashni o‘tkazish imkonini beradi
3. yadigan mashaqqatli ishlab chiqish bartaraf etiladi. Tabiatshunoslik darslarida bunday kuzatish daftaridan foydalanish sinfda ijodiy muhitning yaratilishiga, o‘quvchilar kreativ maydonining shakllanishiga yordam beradi. Kreativ maydonda ishlash ikki turdagi faoliyatni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi. Ulardan biri – o‘z o‘quv topshirig‘ini bajarish bo‘yicha, shu bilan birga maksimal qisqa muddatda bajarish, o‘qituvchining talabini hisobga olgan holda baho olish uchun yo‘naltirilgan faoliyat. Ikkinchisi – olingan materialni tahlil qilish bo‘yicha, o‘quvchining yangini bilishga ichki ehtiyoji bilan tug‘ilgan, hali “aniqlanmagan” qonuniyatlarni topish bo‘yicha faoliyat. O‘quvchilarning mazkur tadqiqot faoliyatini eksperiment ishining borishini ko‘rgazmali aks ettiruvchi grafiklar va diagrammalar ko‘rinishida vizuallashtirish mumkin Matnli axborotni ishlab chiqish uchun Excelga kiritilgan funktsiyalardan elektron ma’lumotnomalar va ma’lumotnoma jadvallarni yaratish uchun, masalan, otlarning kelishik qo‘shimchalarining ma’lumotnoma jadvalini tuzish uchun keng foydalanish mumkin. Bu jadval ushbu strukturaga ega: A8 yacheykada turlanadigan so‘z. D8 yacheykada mazkur so‘zning ajratilgan asosi (o‘zagi), G8 da qo‘shimcha Ye12:E22 yacheykalarda matnli ma’lumotlarni ishlab chiquvchi logik formulalar joylashgan. Jumladan, masalan, kiritilgan so‘zning 1-turlanishga oidligini tekshirish uchun ushbu formuladan foydalanish mumkin: =ESLI(ILI=”A”; G8=