1.Fayllarni arxivlash. Kompyuterdan foydalanish jarayonida turli sabablarga ko’ra diskdagi ma’lumotlarni o’chirish yoki zararlantirish mumkin. Bu magnit diskning ishdan chiqishi, fayllarning buzilishi yoki umuman ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek kompyuter xotirasida ma’lumotlarning ko’payib ketishi turli muammolarga olib keladi. Ma’lumotlarni hajm jihatdan kichraytirish uchun arxivlash dasturlaridan foydalanish mumkin. Arxivlash natijasida bir nechta fayl, hato kataloglar siqilgan holda bir faylga birlashtiriladi.., arxiv faylni ochish natijasida ular o’z holatiga qaytariladi.Fayllarni arxivlovchi dasturlar arxivatorlar deb ataladi. Arxivator dasturlar fayllarni arxivlash va ochish, arxiv fayllarni yangilash, bo’laklarga bo’lib va qirqib arxivlash, arxiv fayllarni birlashtirish, arxiv fayllar mundarijasini ko’rish, parolli arxiv fayllarni hosil qilish imkoniyatlariga ega.Arxivatorlar- bu shunday dasturlarki, ular yordamida bir yoki bir necha fayllarni yagona fayl – arxivga kichraytirish imkoniyati mavjud bo’ladi.Fayllarni arxivlash – bu biror faylning diskda qisqartirilgan nushasini hosil qilish.Fayl yoki fayllar arxivlanganda arxiv fayli hosil bo`ladi va ularda arxivning mundarujasini tashkil etadi. Arxiv mundarijasida arxivda qaysi fayllar borligi haqida ma’lumot olish mumkin. Arxiv mundarijasida arxivdagi har bir fayl uchun quydagi ma’lumot lar saqlanadi.
2. Arxivlash dasturlar va ularning turlari. Arxivlash dasturlari- diskda joyni tejash maqsadida fayllar hajmini qisqartirishga imkon beruvchi dasturlardir. Ular turlicha ko’rinishda ishlatilsa-da, ishlash tamoyili bir xil: fayllatda aynan takrorlanadigan o’rinlar mavjud bo’lib, ularni diskda to’liq saqlash mazmunsizdir. Arxivlash dasturlarinig vazifasi takrorlanadigan shunday bo’laklarni topib, ularning o’rniga boshqa bir ma’lumotni yozish hamda ularning aniq ketma-ketligini to’liq ko’rsatishdan iborat. Bundan ko’tinadiki, turli fayllar uchun ularning siqilganlik darajasi turlicha bo’ladi. Masalan, matn yozilgan fayllar 2 martagacha siqilsa, rasmlarni tasvirlovchi fayllar 4 martagacha , hatto besh martagacha siqiladi. Dast7rlar ifodalangan fayllar esa juda kam-1% ga yaqin siqilai. O’rtacha qilib aytganda arxivlash dasturlari fayllar hajmini 1,5-2 barobar qisqartirishga imkon beradi.Arxivlash dasturlari turlari ko’p bo’lib, ular har usullarda ishlatiladi. Ular qo’llaniladigan matematik usullar, arxivlash, arxivlash tezligi va eng asosiysi siqish samaradorligi bilan farq qiladi. Arxivlash dasturlaridan yetarli darajada tez va yaxshi ishlaydiganlari PKZIP, LHARC, ARJ, RAR va boshqalar.