Z.Maxmudjonov J.Asatullayev
+998915001155
O q s i l l a r
D N K va R N K
O q s i l l a r b i o s i n t e z i
Guliston 2019
O q s i l l a r D N K va R N K
O q s i l l a r b i o s i n t e z i
III qism
ABITURIYENTLARGA QULAYLIKLARI:
Har bir mavzuga doir nazariyalarni to’liq egallaysiz
Har bir masalalarni tenglamalarda yechish usullari
Original va yangicha masalalar
DTM tomonidan taqdim etilgan eng sara masalalar
500 dan ortiq masalalar yechimi bilan
Oqsillar
Oqsil nomi tuxum oqi so‘zidan kelib chiqqan. Ilmiy adabiyotlarda protein (yunoncha protein «birinchi, eng muhim» ma’nosini beradi) termini bilan atash qabul qilingan. Oqsillar hujayradagi boshqa molekulalardan yuqori molekulyar massali bo‘lishi bilan farqlanadi.
Oqsillarning elementar tarkibi quyidagicha:
uglerod 50–54 %,
kislorod 21–23 %,
azot 15–17 %,
vodorod 6,5–7,3 %
oltingugurt 0,5 %.
Uglevod va lipidlarda azot uchramaydi.
O‘rtacha oqsilning molekula massasi 30–40 ming D (dalton) deb qabul qilsak, u uglevod va lipidning molekulyarmassalaridan ancha yuqoridir. Glyukozaniki 180, neytral yog‘niki 420, moy kislotaniki 88 ga teng. Bunday farqning asosi shundaki, oqsillar yuksak polimer birikmalardir. Ular bir xil sodda molekula monomerning o‘nlab, yuzlab, minglab o‘zaro birikishidan hosil bo‘lgan.
Hujayrada oqsil molekulalaridan tashqari, yana bir qator polimerlar: nuklein kislotalar, polisaxaridlar mavjud. Polimerlarni tashkil etadigan monomerlar soni o‘nlab, yuzlab, minglab bo‘lishi, ular butun molekula davomida bir xil (gomopolimer), masalan, kraxmal, kletchatka, glikogenda yoki bir necha xil (geteropolimer) bo‘lishi mumkin.
Oqsil molekulasiga 20 xil aminokislotalar kiradi. U geteropolimerdir. Lekin geteropolimerlar tarkibiga kiradigan monomerlarning xillari ham chegaralangan. Nuklein kislotalar strukturasida ular 4 xil, oqsillarda esa 20 xildir. Lekin, ular polimer tarkibida yuzlab, minglab, o‘n minglab takrorlanadi. Umuman
polimerning tuzilishini sxematik ravishda quyidagicha ko‘rsatish mumkin: A-A-A-A-A ... A – monomer. Oqsil molekulasida bu monomer aminokislotadir.
O‘simliklarda oqsillar ribosomalarda aminokislotalardan sintezlanadi. Hayvonlar organizmiga oqsillar ovqat bilan kiradi va aminokislotalarga parchalanadi, parchalangan aminokislotalardan genetik kod asosida ixtisoslashgan oqsillar sintezlanadi. Oqsillar biopolimerlar bo‘lib, bir qancha monomerlar (aminokislotalar)
dan iborat. Aminokislotalarning umumiy formulasi quyidagicha:
Dostları ilə paylaş: |