Tirik organizm tarkibiga kiruvchi organik moddalardan biologik jihatdan eng muhimi va struktura jihatidan eng murakkabi oqsillardir. Oqsillar tarkibida azot tutuvchi yuqori molekulyar biologik polimerlar bo`lib, ular asosan 20 xil aminokislotalardan tashkil topgan. Oqsillar proteinlar va proteidlarga bo`linadi.
Protein
oddiy oqsil
Proteid
murakkab oqsil
Ular barcha tirik organizmlar, bir hujayrali suv o`simliklari va bakteriyalar, ko`p hujayrali hayvonlar hamda odam organizmi, tirik organizmlar bilan jonsiz tabiat chegarasida turuvchi viruslar tarkibining ajralmas qismini tashkil qiladi. Hujayrada yuz beradigan har qanday kimyoviy o`zgarishlar oqsillar ishtirokisiz amalga oshmaydi, bu jarayonlarda oqsil yoki ferment bir vaqtda ishtirok etadi.Tuxum oqiga o`xshash, tarkibida azot tutubchi shu xildagi moddalarni golland olimi Mul’der (1802–1880) muntazam ravishda tadqiq qilgan, o`sha zamonning mashxur kimyogari Berseliusning (1779–1848) taklifiga ko`ra, birinchi marta 1838 yili bu moddalarga nisbatan protein (yunoncha–protos birinchi darajali) nomi qo`llanilgan va bu atama ularning hayot uchun juda muhim ahamiyatga ega ekanligini ifodalaydi.
Oqsil nomi tuxum oqidan kelib chiqqan sodda atama. Adabiyotlarda bu ikkala so’z sinonim sifatida ishlatiladi. Oqsillar taxminan hayvon organizmini quruq moddasiga nisbatan olganda 15 % ni tashkil etadi, o`simliklarda yaproq va poyalarida 3–5 %, boshoqlilarda 10–25 va dukkaklilarda esa 20–40 % hattoki 50 % gacha quruq modda qismini tashkil etadi. Oqsillarning turlari nihoyatda ko`p bo`lib, masalan, odam organizmida 50000 dan ortiq oqsil turlari borligi aniqlangan bo`lsa, hozirgi vaqtda ularning 2000 dan ziyodi kashf qilingan va yaxshi tekshirilgan.
Oqsillarning xillari nihoyatda ko’p. Organizmlarning har bir turi o’ziga xos oqsillarga ega. Eng sodda organizmlardan biri bo’lmish ichak tayoqchasi (E. coli) hujayrasida 3000 ga yaqin ayrim oqsil molekulalari mavjud. Odam organizmidagi oqsillarning xillari 5000 ga yetadi. Ammo hozirgi kunga qadar uning qariyib yarmi, yani taxminan 2000 ga yaqini kashf etilgan va yaxshi tekshirilgan.
Oqsillar aminokislotalardan tuzilgan murakkab polimer moddalar bo’lib, ular tarkibida azot elementi saqlaydi va shu xususiyati bilan boshqa biomole-kulalardan farq qiladi. U organizmda kechadigan hayotiy jarayonlarning mo’tadil amalga oshishida muhim o’rin egallaydi.
Aminokislotalar yog’ kislotalarining hosilasi bo’lib, ular tarkibida karboksil (- COOH) bilan bir qatorda aminogruppa (- NH2) ham saqlaydi. NH2 gruppa hamma vaqt α – uglerod atomidan o’rin oladi. Uning umumiy formulasi yuqorida keltirilgan. Radikal (R) o’rnida turli xil funktsional gruppalar o’rin olishi bilan aminokislotalar bir-biridan farqlanadi.
Oqsillar katta molekulyar massaga ega. Masalan, inson qoni zardobi albuminining molekulyar massasi 61500, qon zardobidagi -globulinining molekulyar massasi 153000, gemotsianiniki esa 6600000 ga teng.
Ko’pchilik oqsillar qattiq holda batiy vakilni (jun, ipak) saqlaydilar yoki kukun shaklida mavjud bo’ladilar.
Ayrim oqsillarni kristall shaklda olish mumkin.
Ko’pchildik oqsillar suvda, suyultirilgan kislota eritmalarida eriydilar. Deyarli barcha oqsillar ishqorlarda eriydilar. Hamma oqsillar organik erituvchilarda erimaydilar. Oqsil eritmalari kolloid xususiyatiga ega bo’lib, dializ usulida tozalanadi. Oqsillar eritmalarda suvda eruvchi organik erituvchilar (spirt, atseton va boshqalar), tuz eritmalari, kislotalar yordamida cho’ktiriladi. Cho’ktrishi vaqtida ko’pchilik oqsillar zanjirining konformatsiyasi o’zgaradi va erimaydigan holatga o’tadi. Bu jarayonga oqsilning denaturatsiyalanishi deyiladi.
Ko’pchilik oqsillar qizdirilganda ham denaturatsiyaga uchraydilar. Oqsillar qizdirish vaqtida o’zgarib ketishlari, ularni aniq suyuqlanish nuqtasiga ega emasliklari va haydash mumkin bo’lmaganligi ularni ajratish va tuzilishini aniqlashda qiyinchilik tug’diradi.
Aminokislotalar kabi oqsillar ham amfoterlik xususiyatiga ega.