Oqsil tarkibidagi 20 ta aminokislotalarning nomi va qisqartmalari.
I. Ochiq zanjirli (atsiklik) halqasiz aminokislotalar
1. Monoaminomonokarbon kislotalar:
Glitsin Gli
Alanin Ala
Serin Ser
Sistein Sis
Sistin Sis
2. Dikarbon aminokislotalar:
Aspartat Asp
Asparagin Asn
Glutamat kislota Glu
Glutamin Gln
3. Diaminokislotalar:
Treonin Tre
Lizin Liz
Valin Val
Arginin Arg
Metionin Met
Leysin Ley
Izoleysin Ile
II. Siklik (halqali) aminokislotalar
1. Aromatik aminokislotalar
Fenilalanin Fen
Tirozin Tir
2. Geterotsiklik aminokislotalar
Gistidin Gis
Triptofan Trp
III. Iminokislotalar
Prolin Pro
Oksiprolin Pro
Aminokislota tarkibidagi korboksil va aminoguruhlarning bo‘lishi ularga amfoterlik xususiyatni beradi.
Ular kuchli kislotali sharoitda ishqor, ishqoriy sharoitda esa kislota sifatida reaksiyaga kirishadi.
Ko‘p aminokislotalar biologik aktiv moddalar – gormonlar, vitaminlar, antibiotiklar sintezi uchun zarur mahsulot hisoblanadi. O‘simliklar va ko‘pchilik mikroorganizmlar o‘ziga kerakli aminokislotalarni
boshqa moddalardan o‘zlari sintezlay oladi.
Ammo odam va hayvonlar bir qancha aminokislotalarni sintezlay olmaydi. Bu aminokislotalar
o‘rni almashmaydigan aminokislotalar deyiladi.
Ularga--- valin, leysin, izoleysin, trionin, fenilalanin, triptofan, metionin, arginin, gistidin kiradi.
Ular faqat ovqat tarkibi bilan kiradi.
Oqsilning xossalari
Oqsil molekulasining fizik-kimyoviy xossalari uning yuqori molekulyar geteropolimer bo‘lishidan kelib chiqadi. Oqsil molekulasi faqat aminokislotalardan tuzilgan bo‘lsa ham bu monomerlar bir xil emas, oqsil molekulasi tarkibida bir-biridan farq qiladigan 20 xil aminokislota turli miqdorda va nisbatda uchraydi. Oqsil tarkibida
aminokislotalar bir necha marta takrorlanib keladi. Shu sababli tabiatda oqsillarning xillari cheksiz. Ichak tayoqchasi bakteriyasining 3000 ga yaqin oqsil molekulalari mavjud bo‘lsa, odam organizmida oqsillarning xillari 5 000 000 ga yetadi.
Har bir tur oqsillari boshqa tur oqsillaridan ozmi-ko‘pmi farq qiladi. Turlar bir-biridan qancha uzoq bo‘lsa, ularning oqsillari orasidagi farq ham shuncha uzoq bo‘ladi. Oqsil molekulalari noqulay sharoitda, kislota, ishqor, tuzlar, yorug‘lik, mexanik ta’sirlardan buziladi. Ko‘p hujayralar tarkibida juda kam miqdorda uchraydigan oqsillarni ajratib olish, tozalash, tekshirish, takomillashgan laboratoriya metodlari, asbob va apparatlarni talab qiladi. Bunda oqsillarni xromatografiya, elektroforez, gellar orqali filtrlash, ultratsentrifugada differensial cho‘ktirish, nishonlangan atomlardan, avtomatik analizatorlardan foydalaniladi.
Shuning uchun oqsillarni va hujayradagi funksiyalarini o‘rganish oqsillar kimyosining ajoyib texnik darajasidan ham xabardor bo‘lishni talab etadi.
Oqsil molekulasining, molekula massasining pastki chegarasi 6000 dalton, yuqorigi chegarasi 1000000 dalton va undan ham katta. Oqsillar tarkibiga kiradigan aminokislotalarning o‘rtacha molekula massasi taxminan 138 ga teng, ular o‘zaro peptid bog‘I hosil qilganda bir molekula suv H2O ajralib ketganligi tufayli ularning molekulyar massasini 120 deb qabul qilinsa bo‘ladi. Molekulyar massasi 30000–50000 ga teng o‘rtacha oqsil taxminan 300–400 aminokislota qoldig‘idan tuzilgan (300x120=36000), ko‘pincha bitta polipeptid zanjiridan tashkil topgan bo‘ladi.
Oqsil molekulalarining o‘lchami ham juda katta. Juda kichik o‘lchamlarni hujayra komponentlari, molekulalar, atomlar orasida- gi bog‘lar, masofalar, nur to‘lqini uzunligini nanometrlar –10-9 m, 1 m ning milliarddan bir qismi; 1 mm 10 m3 ning milliondan bir qismi va 1 mkm 10-6 m ning mingdan bir qismi bilan ko‘rsatish qabul qilingan. Bu o‘lchamda oqsillarni boshqa mayda obyektlar va molekulalar bilan taqqoslansa quyidagi qator kelib chiqadi: atom- ning kattaligi 0,1 nm, aminokislota 1 nm, oqsil molekulasi 5–10 nm, viruslar 10–100 nm, bakteriyalar hujayrasi
0,3–0,9 mkm, eritrotsitlar 10 mkm.
Oqsillar molekulasining tuzilish darajalari.
Dostları ilə paylaş: |