Abituriyentlarga qulayliklari


DNK molekulasining ikki marta ko‘payishi



Yüklə 11,57 Mb.
səhifə14/59
tarix25.08.2023
ölçüsü11,57 Mb.
#140474
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   59
Bio masala

DNK molekulasining ikki marta ko‘payishi

Hujayrada DNK molekulalari, asosan yadroda, uning tarkibidagi xromosomalarda joylashgan va mana shu strukturalarda sintezlanadi. DNK molekulasi ikki zanjirdan tuzilgan qo‘sh spiral bo‘lganidan uning sintezi


shu qo‘sh spiralni yaratishdan iborat. Bu zanjirlar bir-biriga to‘la komplementar va mos, biri ikkinchisini to‘latib turadi. DNK molekulasining sintezi uning boshlang‘ich qo‘sh zanjirini fermentlar yordamida ikkita alohida zanjirlarga ajralishiga va ular har birining strukturasiga mos ikkinchi zanjirni yaratilishiga asoslangan. Demak, DNK sintezida qo‘sh spiral alohida ikkita zanjirga ajraladi. Endi har bir zanjir qo‘sh spiraldan ajralib, ikkinchi zanjirni yaratilishi uchun matritsa sifatida xizmat qiladi, natijada uning
komplementar nusxasi sintezlanib, qaytadan qo‘sh zanjir paydo bo‘ladi. Yangi DNK molekulasining sintezi tayyor DNK namunasidan nusxa olishdan iborat va shuning uchun nusxa olish – replikatsiya
deb ataladi. Bunda DNK – polimeraza fermenti yordamida yadro ichidagi erkin nukleotidlardan foydalanib, DNKning yangi zanjiri sintezlanadi. Bu interfazaning sintez – (S) davrida amalga oshadi. Demak, DNKning sintezlanib ikki marta ko‘payishi, uning har bir zanjirining yetishmagan sherigini sintezlashdan, DNKning ayni nusxasini olishdan iborat. DNKning ikki marta ko‘payishi reduplikatsiya deyiladi. Bu jarayonda bir zanjirdagi purin asosi qarshisida ikkinchi zanjirda pirimidin va, aksincha, pirimidin asosi qarshisida purin asosi, ya’ni bir zanjirdagi adenin A qarshisida ikkinchi zanjirda timin T,
guanin G, qarshisida sitozin C va, aksincha, joylashadi. Mana shu mexanizm asosida DNK molekulasining ikki marta ko‘payishi hujayra bo‘linishida bitta ona hujayradagi nasliy material – informatsiyani ikkita qiz hujayralarga bir xil va baravar taqsimlanishini ta’minlaydi.
Irsiy axborotni nasldan naslga o‘tkazish DNK molekulasining fundamental xususiyati –reduplikatsiyasi bilan bog‘liq. DNK molekulasining ikki hissa ortishi reduplikatsiya deyiladi. DNK molekulasining dastlabki qo‘sh zanjiri maxsus fermentlar yordamida ikkita alohida zanjirlarga
ajraladi. DNKning bir zanjiri yangi zanjirning sintezi uchun matritsa bo‘lib xizmat qiladi.
DNK – polimeraza fermenti ishtirokida hujayradagi erkin nukleotidlardan foydalanib, ATF energiyasi hisobiga DNKning yangi komplementar zanjiri sintezlanadi. Bu jarayon hujayra sikli interfaza bosqichining sintez davrida sodir bo‘ladi.


Yüklə 11,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin