Oqsilning birlamchi strukturasi DNK da qanday programmalashtirilgan?
Tirik tabiatda evolyutsiya jarayonida bir kod yuzaga kelganki uni DNK kodi (genetik kod) deb ataladi. Bitta hujayradagi barcha oqsillarning birlamchi strukturasi to’g’risidagi axborot DNK molekulalariga yozilgan va ularda saqlanadi
Oqsillar tarkibiga kiruvchi har bir aminokislotaning nuklein kislotalarda ketma-ket joylashgan uchta nukleotid (triplet, kodon) yordamida ifodalanishi genetik kod deyiladi. DNK tarkibida 4 ta har xil nukleotid bo‘lishi nazarda tutilsa, 43=64 ta kod hosil bo‘ladi. Bitta aminokislota 2, 3, 4, 6 ta kod yordamida kodlanar ekan. Genetik kod 1962-yili Amerika bioximiklari M. Nirenberg va S. Ochaolar tomonidan aniqlangan.
Genetik kodning xususiyatlari:
1. Har bir aminokislotani nukleotidlar tripleti kodlaydi.
2. Har bir triplet (kodon) bitta aminokislotani ifodalaydi.
3. Bitta aminokislotani bir necha triplet kodlashi mumkin.
4. Genetik kod barcha tirik organizmlar uchun universal.
5. Genetik kodning 61 tasi «ma’noli», ya’ni ma’lum aminokislotalarni
ifodalovchi tripletlardir. UGA, UAA, UAG aminokislotalarni ifodalamaydi. Ular polipeptid zanjirining tugallanishini bildiruvchi terminator kodonlardir.
Genetik kod. Izoh: AUG – start kodon; UAA, UAG, UGA terninator – stop kodonlar.
Oqsil biosintezi. Translyatsiya
Oqsil sintezi ribosomalarda kechadi. Ribosomalarda DNKdan olingan informatsiya asosida kodlash mexanizmiga muvofiq amalga oshiriladi; natijada bu jarayonda oqsil sintezini ta’minlaydigan nukleotidlar tartibi shaklida yozilgan informatsiyani DNKdan RNKlar orqali oqsil molekulasidagi aminokislotalar tartibiga ko‘chiriladi. Bu jarayonda nukleotidlar tartibi nuklein kislotalar tilidan aminokislotalar tartibi oqsil tiliga tarjima qilinadi. Shuning uchun oqsil sintezi translyatsiya – tarjima qilish deb yuritiladi. Ona hujayra qiz hujayraga tayyor oqsil molekulalarni uzatmaydi, balki ularni yaratish uchun ko‘rsatmalar, dasturlar beradi.
Bu information DNK molekulasida, qisman RNKda ham nukleotidlarning birin ketin kelishi shaklida yozilgan. Unga biologik kodlash yoki genetic kodlash deyiladi.
Oqsil sintezida DNK asosiy rol o‘ynaydi. DNK 4 xil nukleotidlardan tashkil topgan bo‘lib, har bir aminokislotani 3 ta (triplet) nukleotid kodlaydi. Bu 3 ta nukleotidlar tripleti aminokislota kodi, kodon, genetik kod deyiladi.
Jami 64 ta kod bo‘lib, shundan 61 tasi 20 ta aminokislotani kodlaydi. 3 ta triplet terminator (stop kodon) kodlari bo‘lib, aminokislotani kodlamaydi iRNK ohirida terminator kodlari keladi va oqsil sintezini tugaganligini bildiradi. Bir aminokislotani 1 tadan to 6 tagacha kod kodlashi mumkin.
DNK hujayra yadrosida mavjud bo‘lib, oqsil sintezi esa sitoplazmadagi ribosomalarda amalga oshadi. Oqsil strukturasidagi axborot DNKda saqlanadi. Turli oqsillar birlamchi strukturasi haqidagi axborotlar yozuvi DNK uzun ipida birin-ketin keladi. DNKning bir molekula oqsil sintezini belgilab beradigan har bir qismi gen deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: |