Abituriyentlarga qulayliklari



Yüklə 11,57 Mb.
səhifə15/59
tarix25.08.2023
ölçüsü11,57 Mb.
#140474
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59
Bio masala

DNK sintezi jarayoni.
RNK sintezi – transkripsiya.

RNK ning har uchalasi ham hujayrada doimo sarflanib va yangidan sintezlanib turadi. RNK asosan yadroda sintezlanadi. RNK DNK molekulasidagi nukleotidlar tartibi shaklida yozilgan informatsiyani ko‘chirib oladi, bu jarayon transkripsiya – ko‘chirib yozish deyiladi. Haqiqatan ham bu jarayonda DNKdagi nukleotidlar qatori RNKdagi nukleotidlar qatorida takrorlanadi, faqat DNKdagi T o‘rniga U,


dezoksiriboza o‘rniga riboza joylashadi. Shuni ta’kidlab aytish kerakki, DNK molekulalari juda katta, ulardagi yozilgan informatsiya juda ko‘p, RNK, DNK molekulasining kichik bir qismiga to‘g‘ri keladi, binobarin bir DNK matritsasida yuzlab, minglab iRNK, tRNK, rRNKlar sintezlanishi mumkin. Ayni vaqtda har bir iRNKdagi informatsiya kamida bitta oqsil molekulasi sintezi uchun yetarlidir. RNKning uch tipi ham yadroda bir xil mexanizmda sintezlanib, so‘ngra sitoplazmaga ko‘chiriladi va oqsil sintezida
ishtirok etadi.
Bu jarayonda DNK matritsa hisoblanadi. Oqsil tuzilmasi to‘g‘risidagi axborot yadroda, DNKda saqlanadi. Oqsil sintezi esa sitoplazmada, ribosomalarda o‘tadi. Oqsilning tuzilmasi haqidagi axborot yadrodan sitoplazmaga i-RNK tomonidan o‘tkaziladi. DNK qo‘sh zanjirining bir qismi yoziladi va zanjirlarning
birida komplementarlik asosida (A–U, G–S) RNK-polimeraza fermenti yordamida i-RNK sintezlanadi. Bunda DNKning faqat bitta zanjiri ma’noga ega bo‘lib, ikkinchi DNK zanjiri matritsa vazifasini bajaradi, shu matritsali zanjirdan i-RNK sintezlanadi. Aminokislotalar izchilligi to‘g‘risidagi axborot
DNK dan i-RNK ga ko‘chirilishi transkripsiya deyiladi








DNK zanjiridan iRNK zanjirini sintezlanish sxemasi.


Hujayrada irsiy axborotning amalga oshirilishi.
Organizmlar hayotining asosiy sharti, bu – hujayralar oqsil molekulasining sintezlay olish qobiliyatidir.
Har bir tur boshqa turlardan farqlanuvchi, unikal oqsillar to‘plamiga ega. Turli organizmlarda bir xil funksiyani bajaradigan oqsillar ham aminokislotalar soni va izchilligi bilan farqlanadi. Muhim hayotiy funksiyalarni bajaruvchi oqsillar barcha organizmlarda o‘xshash bo‘ladi. Tashqi muhitdan ovqat tarkibida qabul qilingan oqsillar bevosita shu organizmning hujayralari oqsillari o‘rnini bosa olmaydi. Bu oqsillar organizm larning hazm qilish organlarida aminokislotalarga parchalanadi. Bu aminokislotalar ichakdan qonga so‘rilib, hujayralarga yetib boradi. Genetik axborot asosida har bir hujayra o‘ziga xos bo‘lgan oqsillarni sintezlaydi. Oqsillarning faoliyat ko‘rsatish muddati cheklangan bo‘lib, ma’lum vaqtdan
so‘ng ular parchalanadi. Ularning o‘rniga to‘xtovsiz yangi oqsillar hosil bo‘ladi. Oqsillar strukturasini DNKdagi nukleotidlar ketma-ketligi belgilaydi. Oqsillarning birlamchi strukturasi haqidagi genetik axborotlar DNK zanjirida nukleotidlar izchilligi tarzida birin-ketin joylashgan. DNKning bir polipeptid
zanjiridagi aminokislotalar yoki ribosomal va transport RNK molekulalaridagi nukleotidlar izchilligini belgilaydigan bir qismi gen deb ataladi.
Sintezlanadigan oqsil strukturasini belgilashda asosiy rolni DNK o’ynaydi. DNK molekulasining ma’lum bir oqsilning birlamchi strukturasi to’g’risidagi axborotni o’zida tutib turadigan bo’lagi gen deyiladi DNK molekulasida necha yuzlab genlar bo’ladi.



Yüklə 11,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin