H2N – aminogruppa
COOH – karboksil gruppa
R – radikal (20 xil variantni hosil qiladi).
Barcha aminokislotalar orasidagi farq radikalining o‘zgarishiga bog‘liq:
Radikal tarkibida yana bitta karboksil gruppa – COOH bo‘lsa ----- dikarbon kislota
Aspartat kislotada, qo‘shimcha – NH2 bo‘lsa---- diaminokislota (masalan lizin hosil bo‘ladi).
Ular monoamino, monokarbon kislota, diaminokislota, dikarbon kislotalar deb ataladi.
Radikal tarkibida gidroksil OH gruppa, sulfgidril – SH gruppalar tutadigan aminokislotalar ham bor. Oltingugurt saqlovchi sistein oqsil molekulalari tarkibida sisteinning ikkinchi molekulasi bilan disulfid
bog‘ – S – S – hosil qilib birikkan bo‘ladi.
Sistin deb ataladigan bu struktura bitta aminokislota hisoblanib oqsil molekulalarining ayrim qismlari yoki boshqa polipeptid zanjiri orasida ko‘prik tashkil qiladi.
Tarkibidagi radikal aromatik, geterotsiklik halqa tuzilishida bo‘lgan siklik aminokislotalar ham mavjud: aromatik aminokislotalar --- fenilalanin, tirozin
geterotsiklik aminokislotalar--- gistidin, triptofan
Aminokislotalar bir-birlari bilan peptid bog‘i yordamida birikib oqsillarni hosil qiladi.
Aminokislotadagi aminogruppa va karboksil gruppalar birikishi natijasida bir molekula suv chiqib ketadi.
Aminogruppa va karboksil gruppa o‘rtasida hosil bo‘lgan bog‘ peptid bog‘i deyiladi.
Fizikaviy xossalari:
rangsiz, kristall, suvda eruvchan, organic moddalarda erimaydi.
Aminokislotalar bir-biri bilan peptid bog‘i orqali bog‘lanadi:
– C – N – Peptid bog‘i C – N o‘rtasida sodir bo‘ladi
|| |
O H
Tabiatda uchraydigan aminokislotalar soni 300 ga yaqin. Ulardan faqat 20 xiligina hamma oqsillar tarkibiga kiradi. Bir qanchalari faqat alohida organizmlar, ayrim oqsillar va peptidlar tarkibida uchraydi.
Quyidagi jadvalda shu aminokislotalarning nomlari, ayrim gruppalar bo‘yicha hamda uch harfli shartli belgilari keltirilgan. Peptid va oqsillar tarkibi yozilganda aminokislotalarning to‘la nomi o‘rniga mana shu qisqartmalardan foydalanish qabul qilingan:
Dostları ilə paylaş: |