Abituriyentlarga qulayliklari


Harakat (qisqaruvchanlik) funksiyasi



Yüklə 11,57 Mb.
səhifə5/59
tarix25.08.2023
ölçüsü11,57 Mb.
#140474
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Bio masala

7. Harakat (qisqaruvchanlik) funksiyasi.
Muskul hujayralari tarkibiga kiruvchi aktin va miozin oqsillarining kompleksi – aktomiozin ATF energiyasi hisobiga muskulning qisqarishini ta’minlaydi. Mushak hujayralari tarkibidagi miofibrillar asosan aktin va miozin oqsillaridan iborat. Ularga mushaklar qisqarishi uchun zarur energiya manbayi ATF qo‘shilsa, aktin va miozindan iborat aktomiozin kompleksi qisqaradi.
8. Strukturalar (tuzilish) hosil qilish funksiyasi.
Oqsillar barcha organoidlar va hujayra membranalarining tuzilishida ishtirok etadi.
Oqsillar hujayraning qurulish – struktura materialidir. Hujayraning barcha komponentlari, yadrosi, membranalari, organoidlar membranalari va ularning tarkibi oqsildan iborat.


9. Signal (retseptorlik ) funksiyasi.
Oqsillar hujayra tomonidan tashqi muhit ta’sirlarini qabul qilib olish va ularni boshqa shaklga o‘zgartirib hujayraning ichki ish bajaradigan strukturalariga yetkazilishini ta’min etadi. Bu oqsillarning
signal funksiyasi deyilib, hujayraning tashqi membranasi sathida joylashgan maxsus oqsil molekulalari yoki ularning boshqa molekulalar bilan hosil qilgan komplekslarining ishiga bog‘liq. Bu strukturalar retseptorlar – qabul qiluvchilar deb ataladi. Retseptorlar qatoriga ko‘zning to‘r pardasida joylashgan yorug‘lik energiyasini qabul qilib oladigan ko‘rish pigmenti rodopsin oqsil tabiatlidir. Hujayra membranasida oqsil uglevod kompleksi – glikoproteinlarga gormonlar va boshqa faol birikmalar birikib hujayraning ichiga o‘tadi. Hujayralar glikoproteinlari orqali bir-biri bilan birikib to‘qimalarni hosil qiladi. Hujayralar glikoproteinlari yordamida gormonlar tomonidan oson boshqariladi. Bu oqsillarning retseptorlik funksiyasiga kiradi.
10. Energetik funksiya.
1 g oqsil to‘liq oksidlanganda 4,1 kkal yoki 17,6 kj energiya ajraladi oqsillar parchalanishidan hosil bo‘lgan aminokislotalarning bir qismi to‘la oksidlanib, energiya manbayi sifatida xizmat qiladi.



Yüklə 11,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin