Abituriyentlarga qulayliklari



Yüklə 11,57 Mb.
səhifə9/59
tarix25.08.2023
ölçüsü11,57 Mb.
#140474
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   59
Bio masala

Nukleotidlar.
Kimyoviy jihatdan DNKning har bir zanjiri polimer bo‘lib, uning monomerlari nukleotidlardir.
Nukleotid 3 xil modda: azotli asos, uglevod va fosfat kislotaning kimyoviy birikish mahsulidir.
Azot asoslari – OH tutgan azotli organik birikmalardir. DNK va RNK tarkibiga kiradigan azot asoslari purin yoki pirimiddin halqali oksi- va amin- gruppalar tutuvchi geterotsiklik birikmalardir.
Nukleotiddan fosfat kislota ajralgandan keyin qolgan azot asosi va uglevoddan iborat ikki komponentli birikma nukleozid deyiladi Nukleozid bir, ikki, uchta anorganik fosfat kislota qoldig‘i bilan birikkan bo‘lishi mumkin, ular nukleozid monofosfat, difosfat, trifosfat deb ataladi. Masalan erkin nukleotidlardan ATF (adenozintrifosfat),
NAD (nikotinamidadenin dinukleotid), FAD (flavinadenindinukleotid) larni keltirishimiz mumkin.
Nukleotidlar hujayrada erkin shaklda ham uchraydi va juda ko‘p fiziologik jarayonlarda muhim o‘rin tutadi. Bir qator erkin nukleotidlar fermentlarning faol koferment gruppalari sifatida fermentning katalitik reaksiyalarni ta’minlaydi, ular qatorida oksidlanish- qaytarilish reaksiyalarida vodorodni qabul qiluvchi akseptorlar nikotinamidadenin dinukleotid NAD va NADF, flavinadenindinukleotid FAD, atsil-atsetil gruppalarni tashuvchi koenzim A (K0A) va boshqalar mavjud. Lekin erkin nukleotidlar orasida eng muhimi adenozin trifosfat ATFdir.

Dezoksiadenozin 5' -fosfat (d LMF) Nukleotid va nukleozidning tuzilishi.

Nuklein kislotalarni tashkil etadigan polinukleotidlarning molekulyar massasi 20000 dan bir necha milliongacha. RNK DNK ga nisbatan ancha sodda, molekulyar massasi kichik, tarkibiga kiradigan mononukleotidlar soni 70 dan 3000 gacha, DNKda esa milliongacha yetadi. Polinukleotid zanjirida mononukleotidlar o‘zaro fosfodiefir bog‘i yordamida bog‘lanadi. Fosfat gruppa ikkita qo‘shni nukleotidlarning uglevod qoldiqlarini 3' va 5' atomlari bilan efir bog‘i hosil qilganidan u 3'–5' fosfodiefir bog‘ deb ataladi. Polinukleotid zanjir shoxlanmagan uzun tizilma hosil qilganida uning bir uchida erkin 5' OH ikkinchi uchida erkin 3' OH bo‘ladi. Polinukleotidlarda mononukleotidlarning birin ketin izchil joylashishi uning birlamchi strukturasini tashkil etadi.


Polinukleotid zanjiri uzun bo‘lganidan uning formulasini bunday to‘la yozish ko‘p vaqt va joy talab qiladi. Eng muhimi bu shaklda yozishga ehtiyoj yo‘q. Nuklein kislotaning formulasini yozishda uning nukleotid tartibiga ularning nomlarini bosh harflari bilan ifodalash qabul qilingan. Bunda har bir nukleotid bitta harf bilan ifodalanadi: N – umuman nukleotid: A, G, C, U, T – konkret nukleotidlar: A – adenin, G – guanin, C – sitozin, U – uratsil, T – timin, bunda fosfat kislota qoldig‘i f oldinda bo‘lsa u polinukleotidning 5_ – uchini, orqada bo‘lsa 3_ – uchini bildiradi Masalan, fAfGfSfT.
DNK barcha tirik organizmlarda va bir qancha viruslarda mavjud. DNK irsiyatning asosiy materiali, genetik axborotni saqlaydi va nasldan naslga o‘tkazadi. DNK molekulasining birlamchi strukturasi izchil joylashgan dezoksiribonukleotidlar qatoridan iborat, har bir qator bir zanjir hisoblansa, DNK molekulasi bir-birini o‘ragan ikki zanjirdan iborat. DNK qo‘sh zanjirining yo‘g‘onligi 2 nm ga teng. DNKning bitta zanjiridagi qo‘shni asoslari orasidagi masofa 0,34 nm, zanjirning bitta aylanish uzunligi 3,4 nm ni tashkil qiladi va bitta aylanada 10 ta nukleotidni o‘z ichiga oladi. (DNKning ikki zanjirida bitta aylanada 20 ta nukleotid joylashadi) DNKning molekulyar massasi ham juda katta. Butun holda ajratib olingan eng katta DNKning molekulyar massasi 10-9 daltonga teng.

DNKning bir zanjirni azotli asoslariga ikkinchi zanjirning azotli asoslari qarama-qarshi (komplementar) joylashadi. Bir zanjirdagi adenin (A) qarshisida hamisha 2-zanjirning timin (T) turadi. Guanin (G) qarshisida esa 2-zanjirdagi sitozin (C) joylashadi. Buning sababi shuki, G va C dagi kabi A va T da ham azotli asoslar molekulalarining chetlari geometrik jihatdan mos keladi, shuning uchun ular bir-biriga yaqin kelib, o‘zaro vodorod bog‘lari hosil qiladi. Ayni vaqtda G bilan C o‘rtasida 3 ta, A bilan T esa 2 ta vodorod bog‘i hosil qilib birikadi. Shunga ko‘ra adenin timin bilan, guanin esa sitozin bilan to‘ldiriladi. To‘ldirish so‘zi lotinchadan olingan bo‘lib, «komplementarlik» deyiladi.


DNK zanjirining 1-qismi: A-C-T-T-G
DNK zanjirining 2-qismi: T-G-A-A-C
DNK molekulasi bir zanjirida nukleotidlarning ketma-ket kelish tartibi ma’lum bo‘lsa, ikkinchi zanjirdagi nukleotidlarning ketma-ket kelish tartibiga komplementarlik tamoyiliga muofiq belgilanadi.
Lekin ikkita zanjir bir-biriga qarama-qarshi yo‘nalishda antiparallel o‘rin olgan.
Zanjirning bir-biriga mos va komplementar bo‘lishi ham bir zanjirdagi purin asosi qarshisida ikkinchi zanjirda pirimiddin asosini bo‘lishini talab qiladi. DNK zanjirida A (adenin) T (timinga), G (guanin) esa C (sitozinga) teng bo‘ladi. Lekin DNK zanjirida AT juftligi GC juftiga teng bo‘lmaydi. DNK nasliy informatsiya xazinasidir. Bu informatsiya butun DNK molekulasida joylashgan nukleotidlar tarkibida, ularning birin-ketin kelishi shaklida yozilgan.
Azotli asoslarning komplementarlik qonuniyatlari E.Chargaff qoidasida aks etgan:
1. Purin asoslarining soni pirimidin asoslari soniga teng.
2. Adeninlar soni timinlar soniga, guaninlar soni sitozinlar soniga teng: A=T, G=C
3. Adenin va guaninlar sonining yig‘indisi sitozinlar va timinlar sonining yig‘indisiga
teng: A+G=T+C
Azotli asoslar komplementarligi DNK ning irsiy axborotni saqlash va nasldan naslga o‘tkazish vazifasining kimyoviy asosi hisoblanadi. Nukleotidlarning ketma-ketligi saqlan gandagina irsiy axborot nasldan naslga xatosiz o‘tkaziladi.

1953-yilda ingliz olimlari Uotson va Krik DNK molekulasiniqo‘sh spiral strukturaga ega ekanligini kashf qildilar. Bu kashfiyotorqali irsiy belgilarning nasldan naslga o‘tish sirlari ochildi. Kashfiyot yangi molekulyar biologiya fanining vujudga kelishiga zamin yaratdi.


DNK molekulasi birgalikda o‘ng tarafga buralib, qo‘sh spiral hosil qiluvchi ikkita polinukleotid zanjirlardan iborat. Bu zanjirlar bir-biriga antiparallel bo‘lib, biri 3´ uglevod bilan boshlanib 5´ uglerod bilan tugallansa, ikkinchisi 5´ uglerod bilan boshlanadi va 3´ uglerod bilan tugallanadi. Purin va pirimidin asoslari spiral ichida joylashadi.
Bir zanjirning purin asosi va ikkinchi zanjirning pirimidin asosi bir-biri bilan vodorod bog‘i orqali bog‘lanib komplementar juftlarni hosil qiladi. Adenin va timin o‘rtasida ikkita vodorod bog‘i hosil bo‘lsa, guanin va sitozin o‘rtasida uchta vodorod bog‘i hosil bo‘ladi.




Yüklə 11,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin