1.Ekskavatorlar tasnifi va ularning texnologik tavsifi 2. Draglayn, greyfer, zanjirli ekskavator. Karyerlarda qazib yuklash ishlari, asosan, ekskavatorlar yordamida amalga oshiriladi. Kon massasini kavjoydan qazib olish, uni to’kish joyiga eltish, cho’michni bo’shatish va kon massasini yana qazib olish uchun dastlabki holatga qaytish ishlarini bir cho’michli ekskavatorlar birin-ketin bajaradi. Ushbu jarayonlaming yig’indisi ekskavator siklini tashkil qiladi. Ko’p cho’michli ekskavator ushbu jarayonlarni bir vaqtda parellel bajaradi. Shu sababli bir cho’michli ekskavatorlar siklli ishlaydigan mashinalar, ko’p cho’michli ekskavatorlar esa uzluksiz ishlaydigan mashinalar hisoblanadi.
Cho’michning strela bilan bogianish konstruksiyasi belgisiga ko’ra cho’michi strelaga qat’iy bog’langan ekskavatorlar (to’g’ri va teskari cho’michli elektrik va gidravlik ekskavator) va cho’michi strelaga (kanat) simarqon orqali bog’langan bir cho’michli ekskavatorlar (draglayn, greyfer) turlariga bolinadi.
Zanjirli va rotorli ekskavatorlar ko’p cho’michli ekskavatorlarning keng qo’llanadigan xillari hisoblanadi (19-f,g rasm). Zanjirli ko’p cho’michli ekskavatorlarning ishchi organi cho’michlar o’rnatilgan uzluksiz zanjir bo’lib, u yo’naltiruvchi rom bo’ylab harakatlanadi. Romning yuqori qismi ekskavator korpusiga oshiq-moshiq orqali mahkamlangan bo’lib, pastki qismi esa simarqon bilan shkivlar orqali korpusdagi barabanga bog’lanadi.
Kavjoydan kon massasini qazib olishda cho’mich tishlari massivga rom og’irligi ta’sirida botib kiradi va harakatlanishi mobaynida kon jinslarini qazib, cho’michlarini to’ldiradi. Zanjirli ekskavatorlar cho’michlarining umumiy hajmi 250 dan 4500 litrgacha, unimdorligi 800 dan 10000 m3 /soatgacha boiadi. Bu ekskavatorlar kavjoy bo’ylab temiryo’l, o’rmalash zanjiri (гусиница) va odimlash mexanizmlari yordamida harakatlanadi. ЭРГ-1250, ЭР-1600 va boshqa rusumli rotorli ekskavatorlarning ishchi organi diametri 2,5 dan 18 m gacha cho’michlar o’rnatilgan rotor g’ildiragi bo’lib, u ekskavator strelasi uchiga o’rnatiladi (19-g,e rasm). Rotorga o’rnatilgan cho’michlar soni 6 dan 12 gacha bo’lib, ularning hajmi 300-800 dan 4000 - 8000 litrgacha bo’lishi mumkin. Rotorli ekskavatorlar, asosan, o’zi turgan gorizontdan yuqorida joylashgan kon jinslarini qazib olishga mo’ljallangan bo’lib, kichik, o’rtacha katta va o’ta katta unumdorlikka ega bo’ladi. Masalan, kichik unumdorlikka ega rotorli ekskavatorning unumdorligi soatiga 630 m3 gacha boisa, katta unumdorlikka ega ekskavatorlar unumdorligi soatiga 2500 - 5000 m3 ni, o’ta unumdor ekskavatorlarning unumdorligi undan ham ko’p miqdorni tashkil qiladi.
Karyerlarda qo’llaniladigan ekskavatorlar rusumlarini ko’rsatuvchi harf va sonlar ularning qanday jarayonlarni bajarishi, harakatlanish prinsipi, unumdorligi, qazish balandligi (chuqurligi) va boshqa tavsiflarini ko’rsatadi. Masalan, ЭКГ-8и rusumli bir cho’michli ekskavatorda Э-ekskavator, K-karyer, Г-harakatlanish vositasi (гусинипца), 8 - cho’rnich hajmini ko’rsatadi, ЭРГ-1600, 40/10 - 31 rusumli ekskavatorda Э- ekskavator, P - rotorli, Г-harakatlanish vositasi (гусиница), 1600-cho’michlarining umumiy sig’imi (litr), 40 - qazish balandligi (m), 10 - o’zi turgan gorizontdan pastda joylashgan jinslarni qazib olish chuqurligi (m), 31- strelasining old va orqaga surilish masofasi (m)ni bildiradi.
Ko’p cho’michli zanjirli ekskavatorlar yumshoq jinslarni qazib-yuklash ishlarida qo’llanilganligi tufayli konveyer transporti bilan kompleksda yuqori samaradorlikni ta’minlaydi. Biroq zanjirli ekskavatorlarning yo’naltimvchi qurilmasi va cho’michiar o’matilgan zanjiri tez yemiriladi, natijada ekskavatsiyalash jarayonining energiya talabligi ko’payadi, shuningdek, ushbu rusumdagi ko’p cho’michli ekskavatorlarning qirqish kuchi bir cho’michli ekskavatorlamikiga qaraganda ancha kichik bo’lib, maksimum 600 N/sm ni tashkil qiladi.
Rotorli ekskavatorlar zanjirli ekskavatorlarga nisbatan yengil bo’lib, bir birlikdagi unumdorlikka to’g’ri keladigan massaning 1,2-1,4 marta kam bo’lishini ta’minlaydi va qirqish kuchi ham katta bo’lib,1800 N/sm ni tashkil qiladi. Bu esa, o’z navbatida, rotorli ekskavatorlarni zichligi yuqori bo’lgan kon jinslari va ko’mirni qazib olishda qo’llanilishini ta’minlaydi. Murakkab strukturaga ega bo’lgan foydali qazilma yotqiziqlarini rotorli ekskavatorlar bilan saralab qazib olishda samaradorlik yuqori bo’lib, qazib-yuklash ishlarini avtomatlashtirish imkoniyati yuqori bo’ladi.
Mexanik bir cho’michli ekskavatorlarning cho’michi strelasiga qat’iy o’rnatilganligi sababli ularning qirqish kuchi yuqori (3500 N /sm gacha) bo’lib, ish organlarining mustahkamligi yuqori bo’ladi. Bu ekskavatorlar turli tip va o’lchamlarda ishlab chiqariladi, ularning cho’michining hajmi 0,25 m3 dan 35 m3 gacha va undan ham katta bo’ladi. Mexanik bir cho’michli ekskavatorlar karyerlarda bajariladigan qazib- yuklash ishlarining katta qismini amalga oshiradi va maydalangan yarimqoyasimon, qattiq qoyasimon jinslarni qazib-yuklash ishlarida keng qo’laniladi.
Bir cho’michli ekskavatorlardan karyerlarda kon massasini qazib olib transport vositalariga yuklash va qazishdan bo’shagan maydonlarga (ichki otvalga) ekskavatsiyalash ishlarida foydalaniladi. Ish jarayonining uzlukligi (siklliligi) mexanik bir cho’michli ekskavatorlarning asosiy kamchiligi hisoblanadi. Chunki, bunda ekskavatsiyalashga (cho’michni to’ldirishga) sarflanadigan vaqt sikl davomiyligining 20 - 30% ni tashkil qiladi. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz va chet eldagi karyerlarda mexanik bir cho’michli ekskavatorlarga nisbatan yuqori unumdorlikka ega bo’lgan gidravlik ekskavatorlardan keng foydalanilmoqda.
Draglaynlar cho’michi strelasiga simarqon orqali osilganligi tufayli mexanik cho’michli ekskavatorlarga nisbatan qazib olingan kon massasini uzoq masofaga eltib berishni ta’minlaydi. Biroq ularning qirqish kuchi mexanik cho’michli ekskavatorlaridan ancha kichik bo’ladi. Draglaynlar karyerlarda, asosan, yumshoq va maydalangan yarimqoyasimon jinslarni qazishdan bo’shagan may donga ekskavatsiya qilishda qo’llanadi. Shuningdek, draglaynlardan uyumlar hosil qilish, transheyalar o’tish, ariqlar kavlash kabi boshqa ishlarda ham foydalaniladi.
http://fayllar.org