Klechatka va gemisellyulozalar Reja



Yüklə 17,41 Kb.
tarix18.03.2023
ölçüsü17,41 Kb.
#88708
Klechatka va gemisellyulozalar (1)


Klechatka va gemisellyulozalar
Reja:

  1. Kirish

  2. Kletchatkaning foydali jihatlari

  3. Gemisellyuloza

  4. Foydalanilgan adabiyotlar


Kletchatka (rus.) – murakkab organik modda, polisaharid. Oʻsimlik hujayralari poʻstining asosiy tarkibiy qismi[3].
Kletchatka – asosi o‘simliklardan iborat taom tarkibidagi sellyuloza, pektin, lignin kabi moddalar uyg‘unligi. Kletchatkaning qiziq jihati, uning organizmda hazm bo‘lmasligi. Rafinadlangan mahsulotlarda kletchatka miqdori kam. Ular bilan oziqlanganda organizm yetishmovchilikni his etadi. Mazkur holat oshqozon-ichak faoliyati, vazn va organizmdagi almashinuv jarayonlariga ta’sir ko‘rsatadi[3].
Kletchatkaning foydali jihatlari.
Birinchi va muhim xususiyat – kletchatka ortiqcha yeb yubormaslikka yordam beradi. Oshqozonga tushganida tola oshqozon shirasini o‘ziga singdirada va hajmi ortadi. Shuning uchun ham to‘yish hissi tezroq yuz beradi. Keyinchalik ingichka ichakda kletchatka shakarning so‘rilishini sekinlashtiradi.
Ikkinchi xususiyati – organizmdagi bifidobakteriyalarni oziqlantirish vazifasini bajaradi. Kletchatka mustahkam immunitetni shakllantirishda katta rol o‘ynaydi. Kletchatkaning organizm uchun yana bir funksiyasi tozalashdir. U foydali moddalarning maydalanishi va so‘rilishini yaxshilaydi.
Kletchatka manbalari. Xom sabzavotlar o‘simlik kletchatkasining eng yaxshi manbai sanaladi. Bundan tashqari, yangi meva, dag‘al undan tayyorlangan non, yong‘oqlar iste’mol qilish foydali. Dukkaklilar, dengiz o‘tlari, boshoqli donlar tarkibida kletchatka ko‘p bo‘ladi. Termik qayta ishlangan mahsulotlar (sabzavot, ildizmevalar)da oziq-ovqat tolalari kamroq.
[1]Nuriddinov.E.N. "Odam
fiziologiyasi" T. "Aloqachi" 2005 y.
(INV-U-6385)

Gemisellyuloza. Anaerob parchalanishni basillalar oilasi vakillari, tipik vakili klostridium Omelyanskiy (1902 yilda V.P.Omelyanskiy birinchi ajratib olganligi uchun Shunday nomlangan) amalga oshiradilar. Sellyuloza parchalanishi ko‘p Bosqichda amalga oshadi. Dastlab fermentativ gidroliz sodir bo‘ladi. Disaxarid Sellobioza hosil bo‘lib, keyin undan v- glyukozidaza ishtirokida glyukoza hosil Bo‘ladi. Anaerob parchalanishida hosil bo‘lgan glyukozadan keyinchalik turli Xil organik kislotalar vujudga keladi. Gemisellyuloza parchalanishi esa juda Ko‘p avlod vakillari ishtirokida sodir bo‘lishi mumkin. Bunday Mikroorganizmlarga Klostridium, Basillus, Sitofaga, Sporositofaga, Vibrio, Streptomukes, Zamburuglardan Asperkullus, Rizopus, Fomes, Poliporus Avlodlari kiradilar. Gemisellblozani parchalovchi ferment kislanaza yoki Gemisellyuloza deb nomlanadi.
Sellyuloza, gemisellyuloza, lignin, pektin kabi qiyin parchalanadigan moddalar ham tuproq mikroorganizmlar ta’sirida parchalanadilar. Biosferadagi organik uglerodning 50% dan ko‘progi sellyuloza (kletchatka) tarkibidadir. Sellyuloza o‘simliklarda eng ko‘p uchraydigan (15-50% o‘simlik massasini tashkil etadi) polisaxarid hisoblanadi. Sellyuloza aerob parchalanishi. Spiroxeta sitofaga deb nomlangan tayoqchasimon bakteriya faoliyati bilanboglikdir. Yana miksobakteriyalar tarkibiga kiruvchi ko‘pgina bakteriyalarni ham parchalaydilar. Aktinomisetlar, zamburuglar juda sekin parchalash qobiliyatiga ega. 
[2]Rajamurodov Z.T., Rajabov A.L.Odam Va Hayvonlar Fiziologiyasi” T. Tib. Kitob. 2010 y (INV-U-7127)


Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Nuriddinov.E.N. "Odam fiziologiyasi" T. "Aloqachi" 2005 y. (INV-U-6385)

  2. Rajamurodov Z.T., Rajabov A.L.Odam Va Hayvonlar Fiziologiyasi” T. Tib. Kitob. 2010 y (INV-U-7127)

  3. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBsimlik_hujayrasi

Yüklə 17,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin