Mavzu: O`zgaruvchan elektor zanjirga aktiv qarshilik. Induktivlik va sig`m ulanishi. Rezonans. Reja



Yüklə 34,36 Kb.
səhifə1/3
tarix14.12.2023
ölçüsü34,36 Kb.
#178581
  1   2   3
O`zgaruvchan elektor zanjirga aktiv qarshilik. Induktivlik va sig`m ulanishi. Rezonans.


Mavzu: O`zgaruvchan elektor zanjirga aktiv qarshilik. Induktivlik va sig`m ulanishi. Rezonans.
Reja:

  1. O`zgaruvchan elektor zanjirga aktiv qarshilik.

  2. Induktivlik va sig`m ulanishi

  3. Rezonans

A garda o'tkazgich metalni o‘tkazgich deb faraz qilsak va undan o‘zgarmas tok o'tayapti desak, u holda bu qarshilikning miqdorini quyidagicha aniqlash mumkin:


bu yerda: p — o'tkazgichning solishtirma qarshiligi; l —o'tkazgichning uzunligi, m; S - o'tkazgichning ko'ndalang yuzasi, mm2.
Bu qarshilik o'zgarmas tok zanjiriga ulanganda uni omli qarshilik deyiladi. Agarda bu qarshilik o'zgaruvchan tok zanjiriga ulansa, u holda aktiv qarshilik deyiladi.
0‘zgaruvchan tokning chastotasi ortib borgan sari o‘tkazgichning aktiv (faol) qarshiligi ortib boradi. Misol uchun, po‘lat o'tkazgichning diametri 5 mm, uzunligi esa ] km bo‘lsa, uning qarshiligi o‘zgarmas tokga ulanganda 20 omga teng bo'lsa, 20000 gersli o'zgaruvchan tok manbasiga ulanganda esa 75 omga teng bo'ladi. Shu o'tkazgichni 50 gersli o‘zgaruvchan tok manbaiga ulanganda, uning qarshiligi juda kam miqdorda o'zgaradi. 0‘zgaruvchan elektr zanjiriga aktiv qarshilik ulanganda har qanday vaqt holatida kuchlanishning oniy miqdorini aktiy qarshilikka bolinmasi tokning oniy miqdorini beradi. Shuning uchun o'zgaruvchan tokning egri chizig'i (sinusoidasi) kuchlanishning sinusoidasi bilan bir xil bo'ladi. Tokning cho'qqisi kuchlanishning cho‘qqisi bilan, tokning noldan o‘tish davri kuchlanishning noldan o‘tish davriga to‘g‘ri keladi. Aktiv qarshiligi ulangan o'zgaruvchan elektr zanjirida kuchlanish bilan tok orasida siljish burchagi bolmaydi. Bunday zanjiring hamma quwati aktiv hisoblanadi.
O'zgaruvchan tok elektr zanjiriga ko‘p o'ramli sim g‘altagi ulangan deb faraz qilaylik, uning aktiv qarshiligi nolga teng bo‘lsin. Bunday g'altakdan o‘zgaruvchan tok o'tganda, unda o‘zinduksiya hosil boladi. G'altakdan o‘zgaruvchan tok o‘tganda hosil bo'lgan magnit maydoni ham o'zgaruvchan bo‘ladi. Magnit maydoni
g'altakni kesib o‘tib, unda elektr yurituvchi kuchi (e.yu.k.) hosil qiladi, ya’ni o'zinduksiya. Magnit maydonining oqimi qancha ko‘p bolsa, magnit kuch chiziqlari g‘altak o‘ramlarini qancha tez kesib o‘tsa, g‘altak qancha katta bolsa (g'altakning har bir o‘ram uzunligi) va ketma-ket ulangan o'ramlarining soni ko‘p bolsa, o‘zinduksiya e.yu.k. miqdori ham ko‘p boladi. G‘altakning magnit maydoni undan oqib o'tayotgan tokga proporsional. Magnit kuch chiziqlarining o‘ramlami kesib o‘tish tezligi o'zgaruvchan tokning o‘zgarish tezligiga proporsional. 0‘zgaruvchan tok zanjiriga induktiv qarshilik ulanganda manbadan iste'molchiga kelgan va undan qaytib ketgan quvat reaktiv quvat deb ataladi. Uning miqdori kilovoltamper reaktivda (kvar) o'lchanadi. Zanjirdagi quvatning koeffitsiyenti cos cp = 0 ga teng bo‘ladi.
Elektr zanjiriga sig‘im qarshiligi ulanganda kondensator vaqti-vaqti bilan elektr energiyasi bilan zaryadlanib, keyin so‘nib boradi. Bu jarayon g'altakdan o‘zgaruvchan elektr toki o'tganda, vaqti vaqti bilan magnit energiyasi (magnit maydonining energiyasi) bilan zaryadlanib, keyin so'nib borishiga o‘xshaydi. Sig‘im ulangan zanjirda o‘zgaruvchan tok quwati xuddi zanjirdagi induktiv qarshilik bilan manba orasida aylanib yurganidek, kondensator bilan manba orasida aylanib yuradi, shuning uchun uni reaktiv (sig'imli) quvat deyiladi.
Elektr zanjiriga ulangan sig‘imli tok kuchlanishning fazasi bilan to‘g‘ri kelmaydi va undan 90 gradus oldinga surilgan. Sig'imli tokni induktiv tokga o'xshatib, odatda reaktiv tok deb aytiladi. Sig'imli zanjirga ulangan kuchlanishning va undan o‘tayotgan sig‘im tokning miqdorini bilgan holda Om qonuniga asosan uning zanjirdagi qarshiligini aniqlash mumkin.
O‘zgaruvchan tok zanjirida induktiv g‘altak. Induktiv qarshilik. O‘zgaruvchan tok zanjiriga ketma-ket va parallel ulangan faol, induktiv va sig’im qarshiliklar uchun Om qonuni. Zanjirning to‘la qarshiligi.

Yüklə 34,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin