MAVZU:Masofaviy oqitishning didaktik tizimi
Reja:
1.Masofaviy oqitishning didaktik tizimi.
2. Masofaviy o’qitishning tamoyillari.
3.Masofaviy oqitishning texnologiyalari
Masofaviy oqitishning didaktik tizimi, quyidagilarni oz ichiga oladi:
Oqitish maqsadi davlat talim standartlari asosida shakllanib, bilim, konikma va malakalar tizimini oz ichiga oladi. Bu ierarxik tizimda bolib: oqitish maqsadi, oquv fani maqsadi, mavzuning oquv maqsadi, mavzuning tayanch tushunchalari oquv maqsadidan shakllanadi.
Oqitish mazmuni ananaviy oqitish tizimiga togri keladi.
Masofaviy oqitishda barcha mutaxassisliklar boyicha tayyorlash imkoniyati yoq. Oqitishning bunday turida oqitilishi taqiqlangan yonalishlar royxati qonun dalolatnomalari bilan tasdiqlanib, bu yonalishlarda ushbu tizimni qollash taqiqlanadi.
Talim oluvchilar. Masofaviy oqitish tizimida talim oluvchilarning nomlanishi hali aniqlanmagan. Bazan ularni tinglovchilar deb ataydilar. Masofaviy oqitish tizimi talim oluvchilarning etarli tayyorgarligini va ish orinlarining texnik taminotini talab etadi.
Oqitadiganlar. Bu oqituvchilar, asosan talim jarayonini tashkil etish samaradorligi bulardan bogliq boladi. Ammo masofaviy oqitishning didaktik tizimi xususiyatlari oqituvchilar bajaradigan faoliyatlarini turli tuman funksiyalarini, serqirraligini va bajaradigan rollarining xilma-xilligini talab etadi. Aynan shuning uchun chet davlatlarda oqituvchilar tavsiflanishi kengaytirilgan:
oqituvchi oquv uslubiy qollanmalarning ishlab chiquvchisi;
oqitish uslublari boyicha maslahatchi (fasiliteyter);
oquv kurslarining interaktiv uslublari boyicha mutaxassis (tyuter);
oqish natijalarini nazorat qilish boyicha mutaxassis (invigilator);
Oqitish metodlari (usullari). «Methodas» sozini yunon tilidan tarjima qilsak, uning manosi ozini tutish, yol, manosini anglatadi. Oqitish metodlari deganda oqitish maksadiga erishish uchun, talim oluvchilarning faoliyatini tashkil etish va boshqarish, oqituvchi va oquvchi munosabatlari haqida nazariy tushuncha beruvchi didaktik kategoriya tushuniladi.
Masofaviy oqitish tizimida, xuddi ananaviy oqitish tizimidagidek, oqitishning besh metodi qollaniladi: axborot retseptiv, reproduktiv, muammoli bayon, evristik va tadqiqot.
Oqitish vositalari. Oqitish mazmuni va oqitish vositalari bir-biri bilan bogliq. Har bir oqitish vositasi oz didaktik imkoniyatlariga ega. Oqituvchi bu didaktik imkoniyatlarni bilishi va ulardan kerakli didaktik maqsadlarga erishish uchun kerakli oqitish vositalari majmuasini (keys) shakllantirishi kerak. Oqitish vositalari quyidagilardan iborat: kitoblar (qogoz va elektron shaklda); tizimdagi oquv materiallar; kopyuter oquv tizimlari oddiy va multimedia variantda; audio oquv axborotlari; video oquv axborotlari; Masofaviy laboratoriya amaliyotlar va virtual stendlar; trenajyorlar; uzoqdagi bilim bazalari; ekspert oquv tizimidagi va geoaxborot tizimidagi didaktik materiallar. Oqitish vositalari - oqitishning texnik vositalari: magnitofon, videomagnitofon, kinoproektor, diaproektor, kodoskop, videoproektor, kompyuterlar orqali amalga oshiriladi.
Ilmiy oquv material bazasi. Barcha rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni korsatadiki, talim tizimning meyoriy faoliyat korsatishi, uning iqtisodiy va ijtimoiy maqomi oquv muassasasining oquv materiali bazasi bilan chambarchas boglik. Ananaviy oquv muassasasining oquv material bazasi oquv jarayoni uchun kerak bolgan barcha moddiy va texnik vositalar majmuasini oz ichiga oladi. Bular: oquv va yordamchi binolar, laboratoriya anjomlar, asbob uskunalar, oqitishning texnik vositalari, darsliklar, oquv-uslubiy materiallar.
Identifikatsiyaviy-nazorat tizimi. Masofaviy oqitish tizimida nazorat qilishning xususiyati, oqitish tizimida oquvchi shaxsini aniqlash identifikatsiya qilish va falsifakatsiya (boshka shaxs ornida faoliyat korsatish) uchun imkoniyat bermaslikdir. SHuning uchun bu tizimda bilim sifatini kop mezonli va obektiv nazorat shakllarini videokonferensiyalar kabi turlarini otkazish ahamiyati ortadi.
Oqitish shakllari. Bu oqitishning tashkiliy shaklini tanlashdir. Oqitish shakllarining quyidagilari rivojlangan: maruzalar, seminarlar, laboratoriya mashgulotlari, kurs ishlari, sinovlar, imtihonlar, maslahatlar, mustaqil ish.
Masofaviy oqitishda oquv jarayoni ketma-ket keladigan muloqotda bolish va muloqotda bolmagan davrlardan iborat.
Oqitish shakllarining barcha turlari, oquv jarayoni muloqotda bolish davrida va muloqotda bolmagan davrida oz xususiyatiga kora qollaniladi.
Moliyaviy-iqtisodiy tizim. Bu masofaviy oqitish tizimida eng ahamiyatli omillardan biri bulib, bozor iqtisodi sharoitida u faqat oz-ozini moddiy taminlab qolmay, balkim, oquv tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga olib keladi. SHuning uchun har bir oqituvchi oqitish tizimi iqtisodiyoti bilan tanish bolishi kerak.
CHet el tajribalari bu masofaviy oqitish tizimining samaradorligini korsatdi, ammo har bir konkret holatni iqtisodiy va pedagogik nuqtai nazardan baholash lozim.
Meyoriy-huquqiy tizim. Oqitish tizimining rivojlanish asosi sifatida bu sohadagi qonunchilikning rivojlanishi va mukammalligi xizmat qiladi.
Oquv qonunchiligining predmeti pedagogik munosabatlardir, qolganlari esa, yani, boshqaruv, mulkiy, moliyaviy va hokazo ishlab chiqarish xarakteriga ega. Oqitish muassasasining faoliyati «Talim togrisidagi qonun», Nizom, Davlat talim standartlari, namunaviy oquv dasturlar, rejalar, yoriqnomalar, buyruqlar, kollegiya va ilmiy kengash qarorlariga asoslanadi.
Marketing tizimi. Bozor iqtisodi sharoitida tizim samaradorligini taminlash uchun, har bir muassasa, shu jumladan oquv muassasasi ham marketing xizmatini tashkil qilishi kerak. Har bir muassasa, shu jumladan oquv muassasasining marketing xizmatini tashkil qilish bozor iqtisodi sharoitida samarali faoliyat qilish uchun kerak.
Masofaviy oqitish tizimida marketing ananaviy vazifalarni bajaradi, yani, ishlab chiqarishni boshqarish va mahsulotni sotish, talablarni aniqlashga yonaltirilgan, oquv muassasasi faoliyatini istemolchi bozoriga moslashtiradi.
Masofaviy oqitish tizimini tashkil etishda marketingning quyidagi asosiy tamoyillardan foydalaniladi:
talim xizmatlari bozorida talabni va uning osish dinamikasini hisoblash, yonalishlarni aniqlash, kerak bolgan mutaxassislarning soni va sifatini aniqlash;
talim xizmatlari ishlab chiqarishini bozor talablariga makimal darajada moslash (oquv rejalar va oquv dasturlar, oquv-uslubiy adabiyot, oqituvchilar tayyorlash va h.z);
masofaviy oqitish tizimini tashkil etishda istemolchi, jamiyat va talim muassasasi manfaatlarini uygunlashtirish;
talim xizmatlarini targibot qilish (milliy va xalqaro masshtabda);
Masofaviy oqitish tizimining didaktik tizimini izchillik bilan tashkil etish, zamon talablariga mos mutaxassislarni tayyorlashga imkon yaratadi.
11.3. Masofaviy oqitishning tamoyillari
Masofaviy oqitishning oziga xos tamoyillari quyidagilardan iborat:
Interfaollik tamoyili. Bu tamoyil tinglovchi va oqituvchi ortasidagi aloqani taminlab qolmay, balki tinglovchilar ortasidagi aloqani ham taminlaydi. Tajribalar tinglovchi va oqituvchi ortasidagi aloqadan kora tinglovchilar ortasidagi aloqalar koproq ekanligini korsatadi.
Boshlangich bilimlar tamoyili. Masofaviy oqitish tizimida tinglovchining oldindan tayyorgarlik korishi va apparat - texnik vositalari bilan taminlanganlik darajasi, kompyuterga ega bolishi va internetga ulanishi, hamda bu tizimda ishlay olish malakalariga ega bolishi lozim.
Individuallik tamoyili. Real oquv jarayonida kirish va oraliq nazorat otkaziladi. Bular natijasini tahlili asosida individual oquv rejalar tuziladi, shu jumladan oqsayotgan dastlabki bilimlar va konikmalar boyicha ham.
Identifikatsion tamoyil. Mustaqil oqishni nazorat shakli bolib, bilim sifatini nazorat qilishda bevosita muloqot videokonferensiyalar kabi turli texnik vositalarini qollaniladi.
Oqitish reglamenti tamoyili. Oquv jadvalining qatiy rejalashtirilishi va rejalashtirilgan jadvalning nazorati bilan belgilanadi.
YAngi axborot texnologiya vositalarini qollashning pedagogik maqsadliligi tamoyili. Masofaviy oqitish tizimini loyihalashtirishda, yaratish va tashkil etishda mavjud bolgan texnik vositalarini qollashning maqsadga muvofiqligini tahlil qilib, ularni qollashda xato qilishning oldini olish lozim. Masofaviy oqitish tizimida qollaniladigan texnik vositalarning optimal nisbati kuyidagicha: bosma materiallar 40-50%, WWW serverlaridagi oquv materiallar 30-35%, kompyuter videokonferensiya aloqasi 10-15% , qolganlari 5-20%.
Talimning oshkoralik va ozgaruvchanligini taminlash tamoyili. Bu tamoyil yosh va boshlangich talim darajasi jihatdan «motadilligi», kirish nazoratining suhbat, imtihon, test shaklida otkazilishi va h.k. bilan ifodalanadi. Buning natijasida keyinchalik oquv muassasasidan bu tinglovchini shaxsiy (individual) reja boyicha oqitishda qoshimcha harakatlar talab qilinadi. Talim tizimining kop variantliligini taminlash va bir oquv yurtidan boshqa oquv yurtiga otish imkoniyatini mavjud boladi.
Masofaviy oqitish tizimining istiqbolligi shundaki, bu tizim shaxsning eng asosiy huquqlaridan biri talim olish huquqini amalga oshirishni taminlaydi. Masofaviy oqitish tizimining maqsadga muvofiqligini baholashda, albatta uning ijtimoiy samaradorligini etiborga olish lozim.
11.4. Masofaviy oqitish texnologiyasi.
Masofaviy oqitish texnologiyasi tushunchasi standartlashtirilmagan. Eng kop tarqalgan tarif quyidagicha: masofaviy oqitish texnologiyasi bu talimni belgilangan mazmunini nusxalab amalga oshirishga yonaltirilgan usullar tizimi, maxsus vositalarning, oqitish shakllarining majmuasidir.
Masofaviy oqitish texnologiyasi pedagogik texnologiyalarning bir korinishi sifatida qabul qilinishi mumkin. «Pedagogik texnologiya» tushunchasi standartlashtirilmaganligini hisobga olgan holda, kopincha YUNESKO qabul qilgan tushuncha ishlatiladi.
Pedagogik texnologiya tushunchasiga berilgan YUNESKO tarifiga kora masofaviy oqitishga quyidagi tarifni shakllantirish mumkin: masofaviy oqitish texnologiyasi bu inson va texnik resurslarini, ularning ozaro aloqasini, hisobga olgan holda, talim xizmatining butun jarayonini yaratish, qollash va ommaboplashtirish tizimli yondashuvi bolib, bilvosita individuallashgan talim tizimida oqitish shakllarini maqbullashtirishni oziga vazifa qilib qoyadi.
Masofaviy oqitish texnologiyasi quyidagilarni oz ichiga oladi:
talim axborotlarini taqdim etish texnologiyasi;
talim axborotlarini uzatish texnologiyasi;
talim axborotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi.
Talim axboroti: muayyan faoliyat turi, ixtisosini amalga oshirishda kollashi uchun, talim oluvchiga berish kerak bolgan bilimlardir. Masofaviy oqitish tizimida yangi elektron kitoblarga alohida talablar qoyiladi. Elektron kitoblardagi talimiy axborot tinglovchining psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda tayyorlanishi kerak, chunki u bu axborotni kompyuter ekrani orqali qabul qiladi.
Elektron darslik quyidagi maxsus talablarga javob berishi kerak:
tushunchalar beriladigan matn qismining rivojlangan, gipertekst tuzilishi (tushunchalar, tariflar, teoremalar), va bayonning mantiqiy tuzilishi (qismlarning ketma ketligi, bogliqligi);
talim olishda qulay yangilik tizimiga ega bolishi, tinglovchi kursning bir qismidan ikkinchi qismiga otishi, oqituvchiga elektron xabarlar yuborishi, diskussiyalar bolimiga otishi;
zamonaviy kompyuterlarning multimedia va Internet imkoniyatlaridan foydalanish;
darslikda bilimlar nazorati tizimining ishlab turishi;
glossariy mavjudligi (avtonom qoshimcha malumotlar) va ularga tayanish. Glossariylar kurslar uchun alohida, bir necha kurs uchun alohida modullar uchun ishlab chiqariladi;
darsliklarda tasviriy manbalar, elektron kutubxonalar va Internetdagi manbalarning korsatilishi;
qulayligi- tizimga tez kirish;
oqituvchi bilan samarali aloqada bolish (elektron pochta, ...) aniq vaqt birligida Internet orqali gapira olish;
Talim axborotlari talim texnologiyalari orqali uzatiladi.
Talim texnologiyasi bu talim axborotlarini manbadan istemolchiga uzatishda qollaniladigan didaktik uslublar majmuasidir. Masofaviy oqitish tizimida tasviriy fikrlashni faollashtirishga alohida etibor berilishi kerak, yani oqituvchi fikrini tasviriy obrazlar korinishida taqdim etishi kerak. Masofaviy oqitish tizimi talim texnologiyalarida fikr, axborot, bilimni vizuallashtirish, katta ahamiyatga ega.
Masofaviy oqitish tizimida kuyidagi talim texnologiyalarini ishlatish mumkin:
video-maruzalar; multimedia-maruzalar va laboratoriya amaliyotlari; elektron va multimedia-darsliklari; kompyuter test tizimlar; imitatsiya modellari va kompyuter trenajyorlar; telekommunikatsiya vositalaridan foydalanuvchi konsultatsiya va testlar; videokonferensiyalar.
Axborotlarni saqlash, qayta ishlatish, tinglovchiga etkazish, oqituvchi va tinglovchi ortasidagi interfaol muloqot, hisoblash texnikani qollashga tayangan apparat-dasturlar vositasida amalga oshiriladi. Bular axborot texnologiyalaridir.
Masofaviy oqitish tizim texnologiyalari pedagogik texnologiyalar asosida ishlangan bolib, kuyidagi qoshimcha talablarga javob berishi kerak:
Adaptatsiya talim jarayonini oquvchi shaxsiga, turar joyi sharoiti, moliyaviy sharoiti, psixologik va fiziologik xususiyatlariga moslashtirish. Bu tinglovchining yakka holda, kompyuter va telekommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda talim olish jarayonida juda muhimdir.
Iqtisodiy muvofiqlik bu talabga rioya etish talim tizimining moliyalash mablaglari chegaralanganligidan kelib chiqadi.
Ozgaruvchanlik talim sifati va mazmunini tezkor va uzluksiz yangilab borish, oquv materiallari va darsliklarni modernizatsiyasi takomillashtirishdir. Ushbu zaruriyat ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashuvi talablariga kora paydo boladi.
Nazorat oqitishning barcha bosqichlarida natijalarni sifatli nazorat qilish, tinglovchi shaxsini aniqlash.
Masofaviy oqitish tizimi natijalari oquv kurslarining ishlanmasi va taqdimoti sifatiga bogliqdir.
Dostları ilə paylaş: |