Ishni bajarishda yong‘inni uchirishni umumiy holatlari va xavfsizlik
talablari.
Reja:
1. Texnik tadbirlar. Elektr uskunalarni o‘chirish.
2. Xavfsizlik shiorlarini osish, ish joyini to‘sish.
3. Kuchlanish yo‘qligini tekshirish
4. Yerga ulagichni o‘rnatish. umumiy talablar.
5. Ruxsat beruvchi xavfsizlik shiorlarini osish, ish joyini to‘sish
Texnik tadbirlar. Elektr uskunalarni o‘chirish
Ish bajarish uchun ish joyini tayyorlashda kuchlanishni olib tashlash talab
qilinsa, quyida ko‘rsatilgan tartibda texnik tadbirlar bajarilishi kerak:
- barcha o‘chirilishi kerak bo‘lgan uskunala ro‘chirilishi, ularning o‘z-o‘zidan yoki
yanglishish oqibatida yoqilishiga to‘sqinlik qiluvchi choralarni ko‘rish;
- uzoqdan boshqariladigan kommutatsion apparatlarning kalitlariga, qo‘l bilan
boshqariladigan yuritmalarga taqiqlovchi shiorlar osish;
- odamlarni elektr toki bilan jarohatlanishdan saqlash maqsadida yerga ulash zarur
bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlarni yerga ulashdan oldin ularda kuchlanish
yo‘qligini tekshirish;
- yergaulagichnio‘rnatish (yergaulagichpichoqlariniulash, ko‘chma yerga
ulagichni o‘rnatish);
- zarur bo‘lgan taqdirda ish joylarini yoki kuchlanish ostida qolgan boshqa tok
o‘tkazuvchi qismlarni to‘sish va to‘siqlarga xavfsizlik shiorlari osish. Mahalliy
sharoitga qarab o‘chirilgan tok o‘tkazuvchi qismlar yerga ulashdan oldin yoki
keyin, to‘siqlar bilan ajratiladi.
Tok o‘tkazuvchi qismlarda ishlashda, kuchlanishni olib tashlash talab
qilinsa quyidagilar o‘chirilishi zarur:
- ish bajarilishi kerak bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlar;
- odamlar, yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlarni elektr uskunalarining
kuchlanish ostidagi to‘siq qo‘yilmagan tok o‘tkazuvchi qismlariga3.1-jadvalida
qayd qilingandan kam masofaga yaqinlashishlari mumkin bo‘lgan tok o‘tkazuvchi
qismlar.
Elektr uzatish tarmoqlarini o‘chirib ishlash mobaynida, ushbu uzatish tarmog‘ini
ayrim qismlari, kuchlanish ostida bo‘lgan elektr uzatish tarmog‘iga 3.1.-
jadvalining uchinchi ustunida qayd qilingan masofadan kam masofagacha
yaqinlashishlari mumkin bo‘lsa, bu uzatish tarmog‘I ham o‘chirilishi zarur.
Ta’mirlanayotgan elektr uzatish tarmog‘I ustuniga osilgan havo aloqa tarmog‘i
ham albatta o‘chirilishi zarur.
1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarda ish joyiga har tomondan
kuchlanish berish mumkin bo‘lgan kommutatsion apparatlarni o‘chirish yo‘li bilan
ko‘rinadigan uziqlar hosil qilinishi kerak. Ko‘rinadigan uziqlar saqlagichni olib
qo‘yish, hamda uzgich va quvvat o‘chirgichlari orqali bajariladi (apparatichiga
joylashtirilgan prujina ta’sirida avtomatik tarzda ulanadigan kommutatsion
apparatlar bundan istisnodir).
Kuch
|
transformatorlarining
|
va
|
kuchlanish
|
transformatorlarining
|
ajratilgan
|
|
qismlarida ishlangan taqdirda, ulardagi kuchlanish qayta transformatsiyasini
|
|
|
|
|
|
|
yo‘qotish uchun ushbu transformatorlar
|
1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan
|
|
|
|
|
|
tomonidan ham o‘chirilishi zarur.
|
|
|
|
|
|
|
Ish joyini tayyolashda qo‘l bilan boshqariladigan ajratgich (uzgich) va
|
|
|
|
|
|
|
quvvat
|
o‘chirgichlari
|
o‘chirilgandan
|
so‘ng ularning
|
to‘la
|
o‘chganliklarini
|
|
sinchiklab ko‘rib, ularda shuntlovchi ulamalar yo‘qligi to‘g‘risida to‘la ishonch
|
|
|
|
|
|
|
hosil qilishi kerak.
|
|
|
|
|
|
|
1000
|
V
|
kuchlanishdan
|
yuqori
|
elektr
|
uskunalarida
|
kommutatsion
|
apparatlarni adashtirib ulab yuborish yoki o‘z-o‘zida
|
yoqilib qolishi orqali ish
|
|
|
|
|
|
joyiga kuchlanish berib yubormaslikni oldini olish uchun, quyidagi choralar
ko‘rilishi kerak:
- ajratgich, uzgich, quvvat o‘chirgichlarning qo‘lyuritmalari o‘chirilgan holatida
osma qulf bilan qulflanishi;
- izolyasion tezkor shtangalar bilan boshqariladigan ajratgichlarning doimiy
to‘siqlari osma qulf bilan qulflanishi;
- yuritmalar uzoqdan boshqariladigan kommutatsion apparatlarda, kuchlanish
beruvchi va boshqaruv zanjirlari o‘chirilishi, havo bosimi ta’sirida ishlaydigan
yuritmalarda esa, bundan tashqari apparatga kelayotgan havo yo‘li berkitilishi va
zadvijkalar osma qulf bilan qulflanishi va siqilgan havo chiqarib yuborilishi va
bunda havo chiqaradigan bo‘shatgich klapanlari ochiq holda qoldirilishi shart;
- yuk og‘irligi va prujina ta’sirida bajariladigan yuritmalarda yoqishga ta’sir
qiladigan yuklari yoki prujinalari ishlamaydigan holatga o‘tkazilishi kerak.
Komplekt taqsimlovchi elektr uskunalari xonalaridagi tortib chiqariladigan
aravachalarning kommutatsion apparatlarini adashtirib ulab yuborishni oldini olish
choralari 10.9.va10.10.-bandlarda ko‘rsatilganiga muvofiq bajarilishi kerak.
1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr
uskunalarining ish bajariladigan tok o‘tkazuvchi qismlarida ish bajarilganda
kuchlanish berilishi mumkin bo‘lgan hamma tomondan qo‘l yuritmasi bilan
jihozlangan kommutatsion apparatlar o‘chiriladi, sxemalarida saqlagich bo‘lsa,
saqlagich olib qo‘yiladi. Sxemada saqlagich bo‘lmagan kommutatsion apparatlarni
adashtirib ulab yuborishni oldini olish, shkaf eshiklari va tutqichlarini qulflash,
knopkani yopib qo‘yish, kommutatsion apparatlarning kontaktlari orasiga
izolyasion nakladka (qoplagich) qo‘yish kabi choralar orqali amalga oshiriladi.
Uzoqdan boshqariladigan kommutatsion apparatlardan kuchlanishni olib
tashlashda uni o‘lovchi elektr g‘altagi o‘chirib qo‘yilishi zarur.
Apparatlarning konstruktiv tuzilishi va xususiyati yo‘l qo‘yadigan bo‘lsa, yuqorida
ko‘rsatilgan choralar ish bajariladigan jihozlarga yoki kommutatsion apparatlarga
ulangan shinalarni bo‘shatib ajratish yoki simlarni bo‘shatib, olib tashlash bilan
almashtirilishi mumkin.
6-10 kV kuchlanishli, elektr uskunalaridagi bir qutbli ajratgichlarni adashtirib ulab
yuborishni oldini olish uchun ajratgich pichoqlariga maxsus dielektrik qalpoqlar
kiygizib qo‘yish lozim.
Ish joyini tayyorlashda shinalarni bo‘shatib ajratishni, kabellar va simlarni
bo‘shatib olib tashlashni, navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimlari nazoratida
elektr xavfsizligi bo‘yicha III gruppaga ega bo‘lgan ta’mirlash xodimi bajarishi
mumkin.
Ish joyiga yaqin va unga tegib ketish ehtimoli bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan
kuchlanish olib tashlanishi yoki ular to‘siqlar bilan to‘sib quyilishi zarur.
1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan o‘chgan-o‘chmaganligini ko‘z bilan ko‘rib
bo‘lmaydigan kontaktlari yopiq kommutatsion apparatlarni (tortib
chiqarilmaydigan turdagi avtomatlar, paketli o‘chirgichlar, yopiq 0,4 kV
rubilniklar va hokazolar) o‘chirilgan holatini apparatlardan chiqqan qisqichlarida
yoki uskunaga chiqib boradigan shinalar, simlarda yoki ushbu apparatlar orqali
ulanadigan uskunaning qisqichlarida kuchlanishni bor-yo‘qligini tekshirish yo‘li
bilan aniqlash zarur.
Dostları ilə paylaş: |