2-MAVZU: Ma’muriy huquq asoslari
REJA:
1. Ma’muriy huquq tushunchasi, manbalari
2. Ma’muriy-huquqiy munosabatlar, ularning sub’ektlari
3. Ma’muriy huquqbuzarlik va ma’muriy javobgarlik tushunchasi
TAYANCH SO’ZLAR
| |
Ма’muriy huquq
|
Administration law
|
Ma’muriy-huquqiy munosabatlar
|
Administratively – legal relations
|
Davlat boshqaruvi
|
The government
|
Ma’muriy huquqbuzarlik
|
Administrative offences
|
Ma’muriy javobgarlik
|
Administrative responsibility
|
Ma’muriy jazo
|
Administrative punishment
|
Jarima
|
The penalty
|
Davlat organlarining ijro etuvchi
va farmoyish beruvchi faoliyatini
tashkil etish hamda amalga oshirishda
paydo bo’ladigan ijtimoiy munosabat
larni tartibga soluvchi huquqiy
normalar majmuidir.
Ma’muriy huquq tushunchasi
Davlat boshqaruvini amalga oshirish jarayonida kelib chiqadigan va ma’muriy huquq normalari bilan tartibga solinadigan munosabatlardir.
Ma’muriy huquqiy munosabatlar
Davlat boshqaruv organi - davlat apparatining bir qismi bo’lib, o’ziga yuklatilgan vakolatlar doirasida ijro etish va farmoyish berish faoliyatini davlat nomidan xalq xo’jaligi, ijtimoiy-madaniy hayot va ma’muriy -siyosiy faoliyat sohalarida amalga oshiruvchi tashkilotdir.
Davlat xizmati
Davlatga tegishli vazifa funktsiyalarni bajarish maqsadida davlat organlari xizmatchilari tomonidan kasb asosida amalga oshiriladigan mehnat faoliyatidir
Davlat xizmatchilari
yordamchi xodimlar
mutaxassislar
mansabdor shaxslar
Ma’muriy huquqbuzarlik
Qonun hujjatlariga binoan ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g’ayrihuquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi.
Ma’muriy javobgarlik
Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir qilganlik uchun davlat tomonidan qo’llaniladigan majburlov chorasi bo’lib, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan ma’muriy jazo choralari qo’llanilishida ifodalanadi.
Ma’muriy jazo turlari
Jarima
Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo’lgan ashyoni haqini to’lash sharti bilan olib qo’yish
Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo’lgan ashyoni musodara qilish
Muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan mahrum etish
Ma’muriy qamoqqa olish
Javobgarlikka tortish asosi bo’lib, u ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni qonunlarga rioya etish va ularni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, shuningdek, ana shu huquqbuzarning o’zi tomonidan ham, boshqa shaxslar tomonidan ham yangi huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish maqsadida qo’llaniladi.
Ma’muriy jazo
Ma’muriy javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlar
1) aybdorning o’z qilmishidan chin ko’ngildan pushaymon bo’lishi
2) aybdorning huquqbuzarlikning zararli oqibatlari oldini olishi, yetkazilgan ziyonni ixtiyoriy ravishda to’lashi yoki keltirilgan zararni bartaraf qilishi;
3) huquqbuzarlikning kuchli ruhiy hayajon ta’siri ostida yoki og’ir shaxsiy, oilaviy yoxud boshqa sharoitlar yuzaga kelganligi oqibatida sodir etilishi
4) huquqbuzarlikning tahdid yoki majburlov ta’sirida yoxud xizmat yuzasidan, moddiy yoki boshqa jihatdan qaramligi ta’siri ostida sodir etilishi
5) huquqbuzarlikning voyaga yetmagan shaxs tomonidan sodir etilishi
6) huquqbuzarlikning homilador ayol yoki o’n to’rt yoshgacha bo’lgan bolasini yakka o’zi tarbiyalayotgan shaxs tomonidan sodir etilishi
Ma’muriy javobgarlikni og’irlashtiruvchi holatlar
1) g’ayrihuquqiy harakatlarni to’xtatish vakolati bor shaxslar tomonidan qo’yilgan talabga qaramay, bunday harakatlarni davom ettirish
2) ma’muriy jazo chorasiga tortilgan shaxsning bir yil mobaynida yana o’sha xildagi huquqbuzarlikni sodir etishi, xuddi shuningdek huquqbuzarlikning ilgari sudlangan shaxs tomonidan sodir etilishi
3) voyaga yetmagan shaxsni huquqbuzarlikka tortish
4) huquqbuzarlikning bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilishi
5) huquqbuzarlikning tabiiy ofat sharoitida yoki boshqa favqulodda holatlarda sodir etilishi
6) huquqbuzarlikning mast holda sodir etilishi
Dostları ilə paylaş: |