Guruh: m-108 Bajardi: Axmadxonov A. Tekshirdi: taqdimot angren universiteti fan: Iqtisod nazariyasi



Yüklə 278,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix01.08.2023
ölçüsü278,2 Kb.
#138217
  1   2   3   4
Ishlab chiqarish omillari va ularni turkumlashga turlicha yondashuvlar



Mavzu: 
Ishlab chiqarish omillari va ularni 
turkumlashga turlicha yondashuvlar
Guruh: M-108
Bajardi: Axmadxonov A. 
Tekshirdi:_____________ 
TAQDIMOT 
ANGREN UNIVERSITETI
Fan: 
Iqtisod nazariyasi 


Mavzu: 
Ishlab chiqarish omillari va ularni turkumlashga turlicha 
yondashuvlar. 
Reja 
1. Bozor iqtisodiyoti,uning shakllanishi va rivojlanish shart- sharoitlari 
2. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari 
3. Bozor, uning tuzilishi va turlari. Bozor infratuzilvasi va uning unsurlari 
4. Bozor Iqtisodiyotining Asosiy Tamoyillari 
5. Xulosa 
6. Foydalanilgan adabiyotlar 


B
ozor iqtisodiyoti bu erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyot bo'lib resurslarga xususiy mulkchilik, iqtisodiy 
faoliyatda va tadbirkorlikda erkinlik, iqtisodiy jarayonlarni tartiblashda va uyg'unlashtirishda bozor mexanizmidan 
foydalanish bilan tavsiflanadi. 
Bozor iqtisodiyoti - tovar-pul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va 
raqobat vositasida boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot. Bozor iqtisodiyoti insoniyat taraqqiyotida mavjud 
bo'lgan eng progressiv va istiqbolli tizimdir. Bozor iqtisodiyotining asosini tovar ishlab chiqarish tashkil etadi, chunki 
bu yerda natural xo'jalik emas, balki tovar xo'jaligi hukmron bo'ladi. Yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar tovar 
shakliga ega bo'ladi, ya'ni ular bozorda oldi-sotdi qilish uchun yaratiladi. Bozor iqtisodiyotiga barter emas, balki tovar 
ayirboshlash, ya'ni oldi-sotdi yuritish xos. Shu bois natural iste'mol o'rniga tovar iste'moli ustuvorlik qiladi. Bozor 
iqtisodiyoti iqtisodiy liberalizm, ya'ni erkinlik, mulkiy erkinlik va xo'jalik yuritish erkinligiga asoslanadi. Bozor 
iqtisodiyotida yakka tartibda, o'z mulki va mablag'iga tayangan holda, korporativ, sherikchilik asosida yer, bino, 
inshootlar, mashinalarni ijaraga olish, pulni qarzga ko'tarib ish yuritish usullari mavjud bo'ladi. Bozordagi narx 
talabdan kelib chiqqan holda talab — taklif nisbati asosida shakllanadi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy sub'yektlar 
alohidalashganidan ular manfaati to'qnashadi va shunday sharoitda raqobat paydo bo'ladi.



Iqtisodiy tizim doirasida iqtisodiyot sub'yektlari, ishlab chiqarish omillari o'zaro munosabatga kirishadilar va bu 
munosabatlar ma'lum qonun-qoidalarga binoan boshqariladi. Iqtisodiy tizim faoliyati mulk, pul va pul tizimi, davlat va 
nodavlat tashkilotlari, korxona, soliq, daromad, reja, foyda kabi bir qator vositalar yordamida tashkil qilinadi. 
Iqtisodivotda bozor atamasi ostida bozor subyektlari (xaridorlar va sotuvchilar) orasidagi pul-mol almashinuvi tizimi 
tushuniladi. Bozor — 1) sotuvchilar bilan haridorlar o'rtasidagi tovar ayirboshlash munosabatlari; ishlab chiqarish 
bilan iste'molni o'zaro bog'lovchi mexanizm. 2). Savdo-sotiq qilinadigan muayyan joy, maydon. 
O’zbekiston o’z istiqlol va taraqqiyot yo’lidan rivojlanib, xalqaro maydonda o’zining munosib o’rnini topmoqda. 
Davlatimizning mustaqil taraqqiyot yo’lini ta’minlash uchun ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’rifiy sohalarda 
chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. Jamiyat va inson manfaatiga qaratilgan bu islohotlarning samarasi bevosita 
ta’lim tizimida tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlarning salohiyatiga bog’liqdir. Shu bois mustaqillikning dastlabki 
kunlaridan boshlab sifatli kadrlar tayyorlashga qodir milliy asosga qurilgan va jahondagi ilg’or davlatlar ta’limi 
taraqqiyoti tajribalariga tayanadigan kadrlar tayyorlash tizimini yaratish asosiy vazifalaridan biriga aylandi. 1997 yilda 
qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” 
milliy ta’lim taraqqiyoti va milliy kadrlar tayyorlash tizimi istiqbollarini belgilovchi hujjat sifatida bu sohadagi 
ishlarni rivojlantirishda yana bir tarixiy davr boshlanishiga zamin yaratdi. 



Fanning vazifasi - talabalarga bozor iqtisodiyoti qonunlarini, iqtisodiyot subyektlar institutlar tizimi, mulk huquqlari, infratuzilmalardagi harakat 
faoliyatini, ularning faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillarni, davlat va uy xo’jaligi kabi institutlarni, institusional islohotlarni tahlil qilish asosida 
xulosalar chiqarishni o’rgatishdan iborat. 
Ta’lim sifati va usuliga qarab bilim hosil bo’ladi. Bu o’qituvchining mahoratigagina emas, balki tinglovchining istak-hohishi, qobiliyati va bilim 
darajasini ham belgilaydi. Ta’lim uzoq davom etadigan jarayondir. Bilim esa ta’limning uzluksizligi vositasida beriladigan mavhum tushunchaga 
ega bo’lgan hodisadir. Bilim xususiylikka ega bo’lsa, ta’lim umumiylikka egadir. Ta’lim barcha uchun bir xilda davom etadigan jarayon. Bilim 
obyektiv borliqdagi voqyea-hodisalarning in’ikosi natijasida inson miyasidagi mushohadalar va tasavvurlar natijasida hosil bo’ladigan 
tushunchalar yig’indisi sifatida namoyon bo’ladi. Ta’limdagi sifat uni berishda ishtirok etadigan kishilar sifati bilan belgilansa, bilim 
individuallikka ega bo’ladi. Ta’limni amalga oshiradigan yoki dars beradigan kishilarning saviyasi turlicha bo’lishi mumkin. Lekin guruhdagi 
talabalarga beriladigan ta’lim bir xildir. O’qituvchi bilim emas, balki ta’lim beradi. Talaba esa ana shu ta’lim jarayonida bilimga ega bo’ladi. 
Buning uchun u mustaqil o’qiydi, tayyorlanadi, mushohada qiladi, tasavvurlarga ega bo’ladi, eshitganlari va o’qitganlarini sintez qiladi. Natijada 
bilimga ega bo’ladi. O’quv jarayoni bilan bog’liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, 
muammoli ma’ruzalar o’qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg’or pedagogik texnologiyalardan va multimediali 
qo’llanmalardan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o’ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo’yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan 
individual ishlash, ijodkorlikka undash, erkin muloqot yuritishga, ijodiy fikrlashga o’rgatish, ilmiy izlanishga jalb qilish va boshqa tadbirlar 
ta’lim ustivorligini ta’minlaydi. 



Bozor munosabatlarining amalda namoyon bo’lishi, turli mamlakatlar, sohalar va tarmoqlarda bir-biridan farq qilganligi tarixdan ma’lum. 
Shuningdek, bozor munosabatlari to’g’risidagi g’oya va qarashlar o’z xususiyatlariga ega bo’lgan. Biroq X1X asr oxiri va XX asr boshiga kelib, 
iqtisodiy munosabatlar rivojidagi xususiyatlar yangicha yondashuv, tahlil va talqinlarni taqozo eta boshlagan. Bu esa, tadqiqotlarning 
yo’nalishlarida namayon bo’ldi. Nazariy tadqiqotlar amaliy faoliyatni chuqurroq o’z ichiga qamrab olishi bilan bir qatorda, amaliyotda ham 
nazariy qoidalarni qo’llash uchun intilish kuchaydi,ya’ni nazariya va amaliyot birligi muhimdir. X1X asr oxiri va XX asr boshlarida bunday 
sharoit, hozirgi davr iqtisodiy g’oyalarining shakllanishi va rivojlanishi uchun boshlang’ich nuqta bo’ldi. Iqtisodiy ta’limotlar tarixida mazkur 
g’oyalarning vujudga kelishi va rivojlanishi asosan uch xil yo’nalishga ajratib o’rganilmoqda: 
Bular: 1 Ijtimoiy-institusional; 2 Keynschilik va yangi keynschilik; 3 Neoklassik. 

Yüklə 278,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin