1-mavzu: SOTSIOLOGIYANING FAN SIFATIDA VUJUDGA KELISHI VA TARAQQIYOTINI ASOSIY BOSQICHLARI
Akramov X.F
Reja:
Sotsiologiya nima uchun kerak?
Qadimgi davrda jamiyatshunoslik haqida fikrlar mavjudmi?
Sotsiologiya rivojlanishidagi ilk bosqichlar?
Sotsiologiya- jamiyatshunoslik. Yaxlit tizim sifatidagi jamiyat va alohida institutlar, ijtimoiy guruhlar, jamiyat tuzilmalari va ularda yuz beradigan ijtimoiy jarayonlarni o’rganuvchi fan.
Nima uchun jamiyatni o’rganish kerak?
Sotsiologiya ijtimoiy guruhlarni o’rganadi. (Ijtimoiy guruhga sizning guruhingiz va guruhingizdagi munosabatni misol qilishimiz mumkin).
Sotsiologiya ijtimoiy institutlarni o’rganadi. (Sizning oilangiz ham ijtimoiy institut va siz ham ijtimoiy institutning bir a’zosisiz).
Sotsiologiya ijtimoiy tizimlarni o’rganadi. (Davlatni shaxs, oila, institut va ijtimoiy qonunlar tashkil etadi. Bularning barchasi ijtimoiy tizim. Demak, siz ham ijtimoiy tizimning ishtirokchisi hisoblanasiz).
Sotsiologiya ijtimoiy jarayonlarni o’rganadi. (Mamlakatingizda, jamiyatingizda va hayotingizdagi bo’layotgan barcha hodisalar Sotsiologiyani tashkil etadi).
Insoniyatning hayot sotsiologiyada namoyon bo’ladi. Demak, har bir jamiyat va har bir shaxs bu narsani tushunmog’i va o’rganishi talab etiladi.
Sotsiologiyaga kirish
XIX asrning 30 - yillarida frantsuz faylasufi Ogyust Kont
sotsiologiyani jamiyat haqidagi tajribaga asoslangan fan
sotsiologiyaning predmeti sotsial dalillar haqidagi fan
Marksizmda sotsiologiya predmeti ijtimoiy tizim sifatida jamiyatda va uning tuzilmaviy elementlarini tashkil etgan Shaxslar, ijtimoiy birliklar, ijtimoiy institutlarni ilmiy asosda o’rganish hisoblanadi.
Obyekt va predmet
O.Kont fikricha, obyekt va predmet qarama-qarshiliklardan iborat. Sotsiologiya ijtimoiy hayot jarayonlarini 3 bosqichda o’rganadi: