0‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRINING BUYRUGI
0‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimida davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman: 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarori (keyingi o‘rinlarda - Qaror) rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Qaror bilan: Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari;
Odob-axloq komissiyasi to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlanganligi; Odob-axloq qoidalari talablarining buzilishi qonunchilik hujjatlariga muvofiq intizomiy va boshqa turdagi javobgarlikka tortish uchun asos hisoblanishi belgilab qo‘yilganligi inobatga olinsin. Quyidagilar:
0‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari 1-ilovaga muvofiq; 0‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi odob-axloq komissiyasi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq; 0‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi odob-axloq komissiyasining tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Vazirlik markaziy apparati xodimlari o‘z mehnat faoliyatini amalga oshirishda va xizmat vazifalarini bajarish jarayonida odob-axloq qoidalari talablariga so‘zsiz amal qilinishini ta’minlasin.
Inson resurslarini rivojlantirish boshqarmasi (B.Xo‘jaqulov), vazirlikning Kasaba uyushmasi qo‘mitasi (M.Karabayev), Yuridik bo‘lim (M.Miraxmedov)ga:
vazirlik markaziy apparati xodimlarini odob-axloq qoidalari bilan tanishtirish; ichki mehnat tartib-qoidalarini va boshqa hujjatlarni ushbu Qarorga muvofiqlashtirish;
2022-yil 1-noyabrga qadar ushbu Qaror ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijasi to‘g‘risida batafsil axborotni tasdiqlangan hujjatlami ilova qilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifalari yuklatilsin. Yuridik bo‘lim (M.Miraxmedov) bir oy muddatda mazkur Qaroming mazmun-mohiyatini vazirlik markaziy apparati xodimlari o‘rtasida tushuntirish maqsadida o‘quv-seminarlari tashkil etsin.
Vaziming nazorat-huquqiy xizmati (O.Muxtarov), Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazoratini amalga oshirish sho‘basi (L.Saliyev) vazirlikning tarkibiy vahududiy bo‘linmalarida xodimlar tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini nazorat qilib borsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari boshliqlari, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari mudirlariga:
xodimlami odob-axloq qoidalari bilan tanishtirish hamda ushbu qoida talablariga rioya qilmishini ta’minlash; xodimlar o‘rtasida Qaroming mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida o‘quv-seminarlar tashkil etish; Odob-axloq komissiyasi to‘g‘risidagi nizomni va komissiya tarkibini tasdiqlash; ichki mehnat tartib-qoidalarini va boshqa hujjatlami ushbu buyruqqa