5-bob. Jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan munosabatlarga oid odob-axloq qoidalari Davlat xizmatchilari ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlik qilishi, vazirlik hamda uning tizimidagi tashkilot va muassasalarning faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritilishiga ko‘maklashishi kerak.
Xalq ta’limi sohasidagi Davlat siyosati yoki vazirlik hamda uning tizimidagi tashkilot va muassasalar faoliyati to‘g‘risidagi ommaviy bayonotlar vazirlik, hududiy bo‘linmalar rahbarlari yoki mazkur yo‘nalish bo‘yicha vakolatli mansabdor shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
Quyidagi hollarda ommaviy bayonot berilishi mumkin emas:
ommaviy bayonot matni va mazmuni davlat siyosati yoki vazirlik faoliyatiga aloqador bo‘lmasa; ommaviy bayonotda keltiriladigan axborotlar davlat sirlari bilan bog‘liq bo‘Isa; ommaviy bayonot boshqa davlat organlari va tashkilotlari nufuzini pasaytirish yoki ularning mansabdor shaxslarini kamsitishga yo‘naltirilgan bo‘lsa. Xalq ta’limi tizimida jamoatchilik nazoratini ta’minlash maqsadida jamoatchilik tomonidan vazirlik hamda uning tizimidagi tashkilot va muassasalar faoliyatiga oid ayblov yoki tanqid bildirilgan taqdirda, vazirlik yoki uning tizimidagi tashkilot va muassasalar unga nisbatan bildirilgan ayblov yoki tanqidga ommaviy izoh yoxud raddiya berishi lozim.
Agar ommaviy bayonotda fuqarolarning sha’ni hamda qadr-qimmatini kamsitadigan iboralar bo‘lsa, davlat xizmatchisi o‘z fikrlarining yanglishligi yoki noto‘g‘riligini tan olishi hamda sha’ni, qadr-qimmatiga va ishchanlik obro‘siga daxl qilingan fuqarodan, agar qonun hujjatlarida boshqa oqibatlar nazarda tutilmagan bo‘Isa, kechirim so‘rashi shart.