bob. Davlat xizmatchilarining manfaatini himoya qilish Davlat xizmatchilarni xizmat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq tahdid, haqorat, tuhmat va qonunga xilof boshqa xatti-harakatlardan himoya qilish vazirlik hamda uning hududiy bo‘linmalari rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi.
Zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga to‘sqinlik qilish, jinoyat yoki boshqa huquqbuzarlik sodir etishga og‘dirishga qaratilgan murojaatlar, shuningdek, hamkasblari tomonidan sodir etilgan yoki sodir etishga tayyorgarlik ko‘rilayotgan qonunbuzilishlar haqida xabar bergan xodimlarni vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tahdid va xavf-xatarlardan himoya qilish choralari ko‘riladi.
9-bob. Odob-axloq qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish Davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat vazirlik hamda uning hududiy bo‘linmalarining Nazorat-huquqiy xizmati, Inson resurslarini rivojlantirish boshqarmasi (kadrlar bo‘limi) yoki Odob-axloq komissiyalari, shuningdek maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Vazirlik hamda uning hududiy bo‘linmalarida lavozimga tayinlangan davlat xizmatchilari Inson resurslarini rivojlantirish boshqarmasi (kadrlar bo‘limi) tomonidan mazkur Odob-axloq qoidalari bilan tilxat asosida imzo qo‘ydirgan holda tanishtiriladi.
Mazkur Odob-axloq qoidalarini buzish holatlari bo‘yicha xizmat tekshiruvi vazirlik hamda uning hududiy bo‘linmalari rahbarining ko‘rsatmasiga muvofiq Odob-axloq komissiyalari tomonidan o‘tkaziladi.
Xizmat tekshiruvini o‘tkazish tartibi vazirlik tomonidan belgilanadi.