0‘zbekist0n respublikasi xalq ta’limi vazirining



Yüklə 273,92 Kb.
səhifə11/11
tarix05.12.2022
ölçüsü273,92 Kb.
#72405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Одоб-аҳлоқ қоидалари 329 буйру yangi

Bosqichlar -

Subyektlar -

Tadbirlar -

Ijro muddati

I. Komissiya faoliyatini tashkil etish

1-bosqich

Xalq ta’limi vaziri

  1. Vazirlikda Odob-axloq komissiyasini (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) Komissiya raisi, kotibi va a’zolaridan iborat tarkibda, umumiy soni kamida besh nafardan kam bo‘lmagan miqdorda toq sonda shakllantirish.

  2. Komissiya tarkibiga tajribali, mehnat jamoasida obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lgan davlat xizmatchilarini kiritish.

  3. Komissiya tarkibini tasdiqlash.

Ikki hafta muddatda

4. Komissiya tarkibiga komissiya tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan manfaatlar to‘qnashuvi ehtimolini nazarda tutgan holda o‘zgartirish kiritiladi.

Zaruratga ko‘ra
















Komissiya
raisi

Komissiya ishini tashkil etadi, komissiya majlislarini chaqiradi va o‘tkazadi majlisiga raislik qiladi.
Komissiya nomidan ish yuritadi, Komissiya majlislarida Komissiya faoliyati to‘g‘risidagi axborot bilan so‘zga chiqadi.
Xalq ta’limi vaziriga Komissiya faoliyati to‘g‘risida hisobot taqdim etadi.

Ma’lumotlar kiritilgan vaqtdan boshlab
Har yili yil yakuni bo‘yicha













2-bosqich

Komissiyaning
kotibi

Kun tartibiga muvofiq Komissiya majlislari o‘tkazilishini tashkil etadi. Komissiyaning a’zolarini va taklif etilgan shaxslarni Komissiya majlisi o‘tkaziladigan joy, sana va vaqt hamda kun tartibiga kiritilgan masalalar haqida xabardor qiladi.
Komissiyaning faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlash masalalarini hal qiladi, navbatdagi majlisiga barcha zarur materiallar o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi.
Komissiya majlisining bayonnomasini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonnomaning manfaatdor shaxslarga jo‘natilishini ta’minlaydi.

Majlisdan kamida ikki kun oldin
Majlisdan keyin bir kun muddatda

II. с

)dob-axloq qoidalari buzilishining oldini olish (profilaktika) choralarini ko‘rish






















1-bosqich




Komissiya
Yazirlikning
tarkibiy
bo‘linmalari
Vazirlikning
kasaba
uyushmasi
qo‘mitasi




Komissiya muntazam ravishda davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi va ularning buzilishining oldini olishga qaratilgan quyidagilarni nazarda tutuvchi profilaktik kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi:
davlat xizmatchilarida yuksak kasbiy madaniyatni, jamoada sog‘lom ma’naviy muhit va ishchan kayfiyatni shakllantirish;
davlat xizmatchilari “halollik vaksinasi” bilan emlash, ya’ni halollikni ularning ongiga singdirish, ma’rifat orqali ularda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish kayfiyatini shakllantirish;
vazirlikda taniqli ziyolilar, ijodkorlar, ma’naviyat va ma’rifat sohasi, shuningdek diniy sohaning ko‘zga ko‘ringan namoyondalari, o‘z sohasida yuksak natijalarga erishgan mehnat faxriylarini jalb qilgan holda, uchrashuvlar tashkil qilib borish;
vazirlikda xodimlarining kasbiy va boshqaruv ko‘nikmalari o‘sishini, shuningdek ularning malakasini doimiy ravishda oshirishni, ular tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etishlarini ta’minlash maqsadida ularning bilimlari va malakasini doimiy oshirish ishlarini ta’minlash;
davlat xizmatchilarining iqtisodiy bilimlarini, huquqiy savodxonligini, huquqiy madaniyati va huquqiy ongini, intellektual va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash maqsadida iqtisodiy va huquqiy o‘qishlar tashkil etish;
yangi ishga qabul qilingan davlat xizmatchilarini odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya qilish borasida stajirovkadan o‘tkazish va ular bilan profilaktik suhbatlar tashkil qilish;
davlat xizmatchilarini malaka oshirish kurslariga, xalqaro seminarlar, konferensiyalar va shu kabi boshqa tadbirlarga yuborish, ular tomonidan o‘z kasbiy darajasi va axloqiy sifatlarini mustaqil oshirishlari uchun shart-sharoit yaratib berish.




Komissiya tomonidan tasdiqlanadigan choraklik ish rejalari asosida






















2-bosqich




Komissiya




Davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalari buzilishining oldini olish (profilaktika) choralarining natijadorligini Komissiya yig‘ilishida muhokama qiladi.




Har yili yakunlari bo‘yicha






















II

. Odob-axloq qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq masalalarni ко‘rib chiqish






















1-bosqich




Komissiya




Komissiya davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalarini buzilishlari bilan bog‘liq masalalarni: Xalq ta’limi vazirining topshirig‘iga ko‘ra;




Zaruratga ko‘ra







huquqni muhofaza qiluvchi organlarning murojaatiga asosan;
davlat xizmatchilarning, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga binoan; o‘z tashabbusi bilan ко‘rib chiqadi.




2-bosqich

Komissiya raisi va a’zolari

Komissiya majlisida:
kun tartibidagi masala o‘qib eshittiriladi;
Xalq ta’limi vazirining topshirig‘i yoki davlat xizmatchisi tomonidan odob-axloq qoidalari buzilganligi to‘g‘risidagi murojaat o‘qib eshittiriladi;
odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlikda ayblanayotgan davlat xizmatchisi va murojaatchilar tushuntirishlari eshitiladi.

Majlis
o‘tkaziladigan
kun




Davlat
xizmatchisi

0‘zining huquqi, sha’ni va qadr-qimmatiga, ishchanlik obro‘siga daxl qiladigan murojaat bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq o‘zini himoya qilishga, Komissiyaga zarur materiallar hamda boshqa axborotlarni taqdim etishga haqli.




3-bosqich

Komissiya

  1. Majlis yakuni bo‘yicha davlat xizmatchisining harakatlarida odob-axloq qoidalarining buzilishi faktining mavjudligini yoxud mavjud emasligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

  2. Odob-axloq qoidalari buzilganligi fakti aniqlangan taqdirda davlat xizmatchilariga quyidagi axloqiy ta’sir choralari qo‘llaydi:

ogohlantirish;
uzr so‘rash yoki rasmiy uzrnoma keltirishni talab qilish;
davlat organi va tashkilotining kengaytirilgan majlisida tanbeh berish.

  1. Davlat xizmatchisiga nisbatan intizomiy ta’sir chorasini qo‘llash uchun Xalq ta’limi vaziriga taqdimnoma kiritishi mumkin.

  2. Qabul qilingan qaror haqida murojaat qiluvchiga, o‘ziga nisbatan masala ко‘rib chiqilgan davlat xizmatchisiga va Xalq ta’limi vaziriga yozma ravishda ma’lum qiladi.

Majlis
o‘tkaziladigan
kun













4-bosqich

Komissiya

Odob-axloq qoidalari hududiy boshqarma boshlig‘i tomonidan buzilgan taqdirda ularga nisbatan tegishli chora ko‘rish masalasi yuzasidan takliflami Xalq ta’limi vaziriga kiritadi.

Zaruratga ko‘ra

5-bosqich

Davlat
xizmatchisi

Komissiyaning qarori ustidan Xalq ta’limi vaziriga yoki sudga shikoyat qilish mumkin.

Zaruratga ko‘ra

1.

B.Saidov

Vazir, komissiya raisi

2.

U. Sharifxodj ayev

Vazirning birinchi o‘rinbosari, komissiya raisi o‘rinbosari

3.

R.Karimjonov

Vazir o‘rinbosari, komissiya raisi o‘rinbosari

4.

I.Djurayev

Vazir o‘rinbosari, komissiya raisi o‘rinbosari

5.

V.Rajapov

Vazir o‘rinbosari, komissiya raisi o‘rinbosari

6.

T.Kornilov

Vazir o‘rinbosari, komissiya raisi o‘rinbosari Komissiya a’zolari

7.

N.Mamaraimova

Vazir maslahatchisi

8.

O.Egamberdiyev

Ijro etuvchi apparat boshlig‘i

9.

M.Mirahmedov

Yuridik bo‘lim boshlig‘i

10.

O.Muxtorov

Vazirning nazorat-huquqiy xizmati boshlig‘i

11.

B.Xo‘jaqulov

Inson resurslarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i

12.

J.Fozilov

Ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i

13.

L.Saliyev

Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazoratini amalga oshirish sho‘basi mudiri

14.

M.Karabayev

Vazirlik kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi

15.

0. Ibragimov

Vazirning nazorat-huquqiy xizmati bosh mutaxassisi,


komissiya kotibi


Izoh:
Komissiya a ’zolari tarkibiga kiruvchi shaxslar boshqa ishga о ‘tgan taqdirda tegishli lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Komissiya raisi tomonidan faoliyati ко ‘rib chiqilayotgan xodimning bevosita rahbari ham Komissiya tarkibiga jalb etilishi mumkin.


Yüklə 273,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin