0‘zbekist0n respublikasi xalq ta’limi vazirining


bob. Davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq



Yüklə 273,92 Kb.
səhifə10/11
tarix05.12.2022
ölçüsü273,92 Kb.
#72405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Одоб-аҳлоқ қоидалари 329 буйру yangi

bob. Davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq

masalalarni ko‘rib chiqish tartibi

  1. Komissiya davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalarining buzilishlari bilan bog‘liq masalalarni:


4




Xalq ta’limi vazirining topshirig‘iga ko‘ra;
huquqni muhofaza qiluvchi organlarning murojaatiga asosan;
davlat xizmatchilarning, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga
binoan;
o‘z tashabbusi bilan ko‘rib chiqadi.

  1. Komissiya majlisiga, haqiqiy holatlarni aniqlash va xolisona qaror qabul qilish maqsadida, o‘ziga nisbatan masala ko‘rib chiqilayotgan davlat xizmatchisi, zarur bo‘lgan hollarda esa, murojaat qiluvchi va boshqa shaxslar taklif etiladi. Komissiya majlisining vaqti va joyi haqida tegishli ravishda xabardor etilgan shaxslarning kelmasligi murojaatni ко‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.

  2. Komissiya majlisida:

kun tartibidagi masala o‘qib eshittiriladi;
Xalq ta’limi vazirining topshirig‘i yoki davlat xizmatchisi tomonidan odob-axloq qoidalari buzilganligi to‘g‘risidagi murojaat o‘qib eshittiriladi;
odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlikda ayblanayotgan davlat xizmatchisi va murojaatchilarning tushuntirishlari eshitiladi.

  1. Davlat xizmatchisi o‘zining huquqi, sha’ni va qadr-qimmatiga, ishchanlik obro‘siga daxl qiladigan murojaat bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq o‘zini himoya qilishga, Komissiyaga zarur materiallar hamda boshqa axborotlarni taqdim etishga haqli.

  2. Majlis yakuni bo‘yicha Komissiya davlat xizmatchisining harakatlarida odob-axloq qoidalarining buzilishi faktining mavjudligini yoxud mavjud emasligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

  3. Odob-axloq qoidalari buzilganligi fakti aniqlangan taqdirda Komissiya tomonidan davlat xizmatchilariga quyidagi axloqiy ta’sir choralari qo‘llaniladi:

ogohlantirish;
uzr so‘rash yoki rasmiy uzrnoma keltirishni talab qilish;
vazirlikning kollegial yig‘ilishlarida tanbeh berish.

  1. Komissiya davlat xizmatchisiga nisbatan intizomiy ta’sir chorasini qo‘llash uchun Xalq ta’limi vaziriga taqdimnoma kiritishi mumkin.

  2. Komissiya tomonidan quyidagi murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi:

komissiyada oldin ко‘rib chiqilgan murojaat va aynan shu mazmundagi takror murojaatlar;
anonim murojaatlar;
qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo‘lmagan murojaatlar.

  1. Komissiya qabul qilingan qaror haqida murojaat qiluvchiga, o‘ziga nisbatan masala ko‘rib chiqilgan davlat xizmatchisiga va Xalq ta’limi vaziriga yozma ravishda ma’lum qiladi.

  2. Komissiya odob-axloq qoidalari hududiy boshqarma boshlig‘i tomonidan buzilgan taqdirda ularga nisbatan tegishli chora ko‘rish masalasi yuzasidan Xalq ta’limi vaziriga kiritadi.

  3. Komissiyaning qarori ustidan Xalq ta’limi vaziriga yoki sudga shikoyat qilish

mumkin.

  1. Davlat xizmatchisi tomonidan odob-axloq qoidalarining buzilishi haqidagi murojaat uning tashabbuskori tomonidan Komissiya qarori qabul qilinguniga qadar qaytarib olinishi mumkin.

  2. Taraflar yarashgan, shuningdek davlat xizmatchisi o‘z xohishi bilan murojaatchidan oshkora uzr so‘ragan hollarda, unga nisbatan ta’sir choralari qo‘llanilmasligi mumkin.





Yüklə 273,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin