Fuqarolarimiz tomonidan eng ko‘p berilayotgan savollar va murojaatlar bo‘yicha akt vazirligining Rasmiy bayonoti



Yüklə 20,47 Kb.
səhifə1/3
tarix17.04.2023
ölçüsü20,47 Kb.
#99363
  1   2   3
36b75acd-32e7-2c14-d2c1-4eedd60dfdcc


Fuqarolarimiz tomonidan eng ko‘p berilayotgan savollar va murojaatlar bo‘yicha AKT vazirligining Rasmiy bayonoti
15.12.2020
Bugungi kunda Ommaviy axborot vositalari va, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan Axborot texnologiyalari sohasi bo‘yicha bir qator savollar va murojaatlar kelib tushmoqda.
Shundan kelib chiqib, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Matbuot kotibi Sherzod Axmatov bugun eng ko‘p berilayotgan savollar va murojaatlarga javob berdi.
2020 yil 14 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi.

Hammamizga ma’lumki, pochta aloqasi tizimi bugungi kunda mamlakat hududlarida xat va pochta jo‘natmalari bilan bir qatorda tovarlarni yetkazib berish, bank, moliya va davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha o‘z infratuzilmasiga ega bo‘lgan muhim soha hisoblanadi.


Shuni aytib o‘tishimiz kerakki, bugungi kunda Milliy operator tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha yetarlicha choralar ko‘rilmaganligi natijasida,bir qator kamchiliklar va yechilishi kutilayotgan muammolar yig‘ilib qolgan edi. Umumjahon pochta ittifoqining Pochta rivojlanishi indeksi global reytingida past o‘rinlarni egallagandi.


Ushbu kamchiliklarni bartaraf etib, pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, pochta aloqasi xizmatlarini taqdim etish faoliyatini to‘liq avtomatlashtirish orqali pochta rivojlanishi indeksi global reytingida mamlakatimizni birinchi 50 talikka kiritish maqsadida Prezidentimizning ushbu qarori qabul qilindi.


Qarorda birinchi navbatda, pochta va kurerlik xizmatlarini taqdim etish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan mahalliy va xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda “yakuniy manzil” xizmatini joriy etish, pochta aloqasining an’anaviy xizmatlarini takomillashtirish, ularni raqamlashtirish, jo‘natmalarni qabul qilish, kuzatib borish va yetkazish jarayonlariga axborot texnologiyalari va tizimlarini joriy etish belgilandi. Aholi, biznes va davlat idoralariga zamonaviy xizmatlarni taqdim etish va “Gibrid pochta” jo‘natmalarini qabul qilish va yetkazib berish xizmatlari sonini 2 barobarga oshirish belgilandi.


Ikkinchi navbatda, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini onlayn sotish va mijozlarga yetkazib berish imkoniyatini beruvchi elektron savdo maydonchasi axborot tizimini yaratish,logistika markazlarini tashkil etish, tovarlarni saqlash va yetkazib berishni o‘z ichiga olgan xizmatlarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish belgilandi.





Yüklə 20,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin