Uchinchi navbatda, pochta aloqasi ob’ektlari orqali to‘lovlarni onlayn rejimda qabul qilish respublikaning kamida 1 000 ta pochta bo‘limida, chekka hududlarda moliyaviy xizmatlar turlarini, xususan, aholidan to‘lovlar qabul qilishni ikki barobarga kengaytirish hamda autsorsing asosida bank xizmatlari ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish belgilandi.
Ushbu Qarorda yana bir muhim jihati shundan iborat bo‘ldiki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 3 tadan “namunaviy tumanlar” tanlab olinib, ularda pochta aloqasi bo‘limlarini transformatsiya qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Tanlangan 42 ta tumanlarning har biri bo‘yicha alohida yo‘l xaritalari ishlab chiqildi.
Jumladan pochta binolarini qayta qurish va ta’mirlash bo‘yicha 267 ta, 110 ta binoni davlat-xususiy sheriklik asosida zamonaviy ko‘rinishda qayta qurish bo‘yicha kelishuvga erishish, 326 ta pochta aloqasi bo‘limigacha 754 kilometr optik tolali aloqa liniyalarini tortish;
• 250 ta pochta aloqasi bo‘limini zamonaviy kompyuter texnikasi va mobil qurilmalar bilan ta’minlash;
• 42 ta tuman pochta aloqasi bog‘lamasida “Gibrid pochta” jo‘natmalarini chop etish va unga ishlov bergan holda oluvchilarga yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish;
• 230 ta pochta aloqasi bo‘limida bank xizmatlari ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish;
• 55 ta qo‘shimcha pochta aloqasi bo‘limini ochish hisobidan 145 ta yangi ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan.
2021 yil 1 fevralga qadar Milliy operatorning onlayn savdo maydonchasi ishga tushiriladi. Bu tizim orqali har bir hududdagi tadbirkor ishlab chiqargan mahsulotini respublika bo‘yicha savdoga olib chiqishi va ularni manzilga yetkazib berishi imkonini yaratadi.
2021 yil 1 iyulga qadar pochta jo‘natmalarini qabul qilish, saralash va onlayn kuzatish imkonini beruvchi avtomatlashgan tizim ishga tushadi. 2021 yil 1 mayga qadar tijorat banklari bilan birgalikda bank plastik kartalariga pochta aloqasi bo‘limlari orqali to‘liq xizmat ko‘rsatish tizimi joriy etiladi.
Dostları ilə paylaş: |