Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 9
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
68
w
www.oriens.uz
October
2021
ABU BAKR AR-ROZIY ETIKASIDA INSONNING O‘Z
KAMCHILLIKLARINI ANGLASHI VA UNI BARTARAF QILISHI
MUHOKAMASI
Safarov Maqsudali Kamol o‘g‘li
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
assistant o‘qituvchisi
E- mail:
maqsudali.safarov@bk.ru
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada hozirgi kunda dolzarb bo‘lgan insonning xulq atvoridagi
e’tibor qaratilishi kerak bo‘lgan jihatlarga. Abu Bakr ar-Roziyning axloqiy fikrlari
orqali mushohada yuritamiz.Ushbu maqolada insonning o‘z kamchilliklarini bilishi
va uni qanday qilib bartaraf qilishi haqida fikrlar berilgan va asoslangan.
Kalit so‘zlar. Etika,jamiyat, Galen, axloqiy kategoriyalar,ar-Roziy.
ABSTRACT
This article focuses on aspects of human behavior that are relevant today.We
observe through of Abu Bakr al-Razi.This article is based on the idea that a person is
aware of their shortcomings and how to overcome them.
Keywords. Ethics,Society,Galen,Ethical Categories,Ar-Razi
AННОТАЦИЯ
Эта статья посвящена аспектам человеческого поведенияб актуальным
сегодня.Мы наблюдаем через моральные мысли Абу Бакра ар-рази.В основе
этой статьи лежит идея, что человек осознает свои недостатки и способы
их преодоления.
Ключевые слова.Этика,Общество,Гален,Этические категории, Ар-Рази
KIRISH
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev aytganlaridek,” Bizni hamisha o‘ylantirib
keladigan yana bir muhim masala-bu
yoshlarimizning odob-axloqi,yurish-turishi,bir
so‘z bilan aytganda,dunyoqarashi bilan bog‘liq.
Bugun zamon shiddat bilan
o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim –yoshlar.
Mayli yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda
o‘zligini ham unutmasin.
Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz,degan
da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin.
Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya
va faqat tarbiya hisobidan,”
deya ta’kidlaganlar.
Bu vazifalar maktab,oila, mahalla, butun jamoatchilikka kata ma’sulyat yuklaydi.