R. I. Nurimbetov, S. I. Ahmedov



Yüklə 1,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/53
tarix18.02.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#84839
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53


R. I. NURIMBETOV, S. I. AHMEDOV
ISHLAB CHIQARISH 
MENEJMENTI
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 
tomonidan oliy o‘quv yurtlarining 5340200 - «Menejment» 
ixtisosligi bo‘iycha ta’lim oluvchi talabalari uchun 
o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan


65.290-2уа73
N87
Taqrizchilar: 
D.
71 
Sagdullayev
- iqtisod fanlari dortori, professor;
E. A, Shomirzayev -
Toshkent arxitektura qurilish instituti «Menejment» 
kafedrasi dotsenti, i. f. n.
Nurimbetov R. I.
Ishlab chiqarish mencjmenti. Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun 
o‘quv qo4l./ R. I. Nurimbetov, S. I. Ahmedov; 0 ‘zR Oliy va o ‘rta 
maxsus ta’lim vazirligi - Т.: «Talqin», 2008. - 112 bet.
I. Ahmedov S.I.
0 4quv qo4Uanma bakalavriyat 5340200-«Menejment» yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim 
olayotgan talabalarga mo‘ljallangan.
Unda «Ishlab chiqarish menejmenti» fanining nazariy-metodologik asoslari 
bilan biiga 0 ‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tishi bilan bog'liq qonunlarini, 
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi 
Qarorlari va me’yoriy hujjatlami chuqur o(rganish zarurligi ham ta’kidlangan. Mazkur 
o‘quv qoMlanma ToshDIUning fan bo‘yicha ishlab chiqilgan Namunaviy dasturi asosida 
yozilgan.
BBK 65.290-2ya73


KIRISH
Respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlaming 
samarali amalga oshirilishi uchun boshqarishning turli sohalarida 
o‘zgarishlar bo'lishi 
o‘ta 
muhim. 
Bozor 
munosabatlarining 
shakllanishi natijasida korxonalarni boshqarishda yangi talablar 
paydo bo‘lmoqda. 0 ‘zbekiston iqtisodiyotining zamonaviy o'tish 
bosqichi tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi va turli xil mulkchilik 
shakllariga o‘tish bilan tavsiflanadi. Bu o ‘z navbatida samarali 
boshqarishning zarurligini taqozo etadi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda shakllangan 
ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi umumiy sharoitlar 
haqida gapiradigan bo‘lsak, boshqarish fani va amaliyotiga muvofiq 
ravishda rivojlanayotgan bir necha yo‘nalish va konsepsiyalami 
ajratish mumkin. Birinchidan, bu ishlab chiqarish xo'jalik faoliyatini 
zamonaviy axborot texnologiyalari asosida qayta qurish, boshqarish 
yoki feinjeringlashdir. Ikkinchidan, bu korporatsiyalar ichki bozor 
konsepsiyalarining rivojlanishi boiib, bu o'z navbatida xo‘jalik 
yuritishning bozor tamoyillaridan kompaniyaning ichki faoliyatida 
foydalanishni anglatadi.
Umuman korxonani, shu jumladan ishlab chiqarishni boshqarish 
uchun menejer aw alo aniq belgilangan maqsadlarga ega bo‘lishi 
kerak. Chunki, har bir korxona o‘z strategiyasini ishlab chiqish 
va amalga oshirish imkoniyatidan yiroqdir. Korxonaning barcha 
faoliyati maqsadli ko‘rsatkichlarga (foydalilik, sotuvning o ‘sishi 
va boshqalarga) erishishga yo‘naltirilgan bo'lishi zarur. Buning 
uchun ishlab chiqarish faoliyatida boshqarish va rejalashtirishning 
zamonaviy tamoyillaridan foydalanish lozim.


Respublikamiz korxonalaridagi shakllanayotgan erkinlik xodim- 
laming ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishda iqtisodiyoti 
rivojlangan mamlakatlarning tajribalarini o'rganishga bo'lgan 
qiziqishlarini oshirmoqda. Rivojlangan davlatlarda va o ‘zimizda 
ishlab chiqarish sohasini boshqarish va tashkil etishdagi to'plangan 
boy tajribalardan mahalliy sharoitlarga mos holda samarali foydalanish 
ko‘zlangan natijalarga erishishda muhim omil bo‘lishi mumkin.
Ishlab chiqarish tizimi alohida elementlami foydali mahsulotga 
aylantiruvchi maqsadga yo‘naltirilgan jarayondir. Hozirgi paytda 
zamonaviy o ‘zbek korxonalarini boshqarish amaliyotida ko‘pgina 
muammolar kelib chiqmoqda. Bulaming ba’zilari korxonaning 
haqiqiy mulk egalari va boshqaruvchilar (menejerlar)ning o'zaro 
munosabatlardagi o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Sababi oldingi 
korxonaning bitta mulk egasi o‘miga endilikda bir nechtasi paydo 
bo'lmoqda. Korxona menejerlarining korxonaning yangi mulk 
egalari oldida yechishi lozim bo‘lgan va javob berishi talab etiladigan 
vazifalarining doirasi tubdan o‘zgardi.
Bu vazifalar nafaqat tashkilot va xodimlami boshqarish (bu 
o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan bo‘lsa-da), balki nomenklaturani, 
chiqarilgan mahsulot hajmini aniqlash va bozor imkoniyatlari va 
ehtiyojlarini hisobga olish bilan resurslami (eng aw alo moliyaviy) 
izlash va jalb etish, mahsulotni sotishni ta’minlash, iste’molchi va 
ta’minotchilar bilan o'z vaqtida hisob-kitoblami amalga oshirish, 
mahsulot sifatini va raqobatbardoshligini oshirish va boshqalami o ‘z 
ichiga oladi.
Mazkur o ‘quv qo'llanma menejment ta’lim yo'nalishida tahsil 
ko‘rayotgan talabalarga mo'ljallangan bo‘lib, talabalar undan 
foydalanish jarayonida ishlab chiqarish menejmentining nazariy 
asoslarini o ‘rganishadi va amaliyot uchun ba’zi bir ko‘nikmalarga 
ega bo‘lishadi.



Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin