R. I. Nurimbetov, S. I. Ahmedov



Yüklə 1,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/53
tarix18.02.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#84839
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Operatsion funksiya.
Operatsion funksiya bir firmaning 
boshqasidan farq qiluvchi aniq faoliyat turlarini o‘zida aks ettiradi.
Operatsion tizim (operating system) firmaning barcha ishlab 
chiqarish faoliyatini qamrab oluvchi qayta ishlovchi, ta’minlovchi, 
rejalashtiruvchi va nazorat kiluvchi uchta tizimostidan iborat.
Qayta ishlovchi tizim osti
(conversion sobsystem)-bu chiquvchi 
mahsulotga aylanuvchi resurslaming kelib tushishi bilan bog‘liq 
bo‘lgan ishlab chiqarishni bajaruvchi firmaning bo‘limidir.
Ta 'minlovclti tizim osti
(support subsystem)- mahsulotni ishlab 
chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan, lekin qayta ishlash 
tizim osti (masalan, hisoblash markazi, ta’mirlash-ekspluatasion 
xizmati)ning ishlashi uchun zarur bo'lgan vazifalami bajaruvchi 
bo‘limdir.
Rejalashtiruvchi va nazorat qiluvchi tizim osti
(planning and 
control subsystem) tizimning holati va tugallanmagan ishlab chiqarish 
haqida qayta ishlovchi tizim ostidan axborot oladigan tizim ostidir.
U


Operatsiyalar samaradorligi. 
Operatsiyalar samaradorligi tizim 
orqali chiqarilgan (output) bozor qiymatini xarajatlar salmog‘ining 
umumiy kirishiga (input) bo‘lish orqali aniqlanadi.
Chiqishlaming bozor qiymati quyidagicha aniqlanadi:
- chiqarilgan mahsulotlar miqdori;
- chiqarilgan mahsulot yoki taklif qilinayotgan xizmat 
assortimentiga muvofiq mos keluvchi talabga ko‘ra;
- mahsulotlaming sifatiga ko‘ra;
- individual istemolchilaming turli xil talablarini qondirish 
bo‘yicha ishlab chiqarish tizimining moslashuvchanligi.
Moddiy xarajatlami tahlil etishda quyidagilar e’tiborga olinadi:
- sotib olingan materiallaming bahosi;
- zaxiralar tarkibidagi materiallami saqlashga ketgan xarajat- 
laming ulardan foydalanishgacha bo‘lgan davri;
- buyurtmalar va kelib tushgan materiallar narxi;
- materiallar yetishmasligi natijasida paydo boigan xarajatlar 
ko‘lami;
- kelib tushgan materiallar sifatining nomuvofiqligi sababli kelib 
chiqqan qo'shimcha xarajatlar.
Mehnat xarajatlarini tahlil etishda quyidagilar hisobga olinadi:
- me’yordagi ish vaqtida va me’yordan tashqari ish vaqtidagi 
mehnatga haq to‘lash xarajatlari;
- ishlab chiqarishni tashkil etishga mos bo‘lganlarga qaraganda 
yuqori malakaga ega bo‘lgan xodimlardan foydalanishga ketgan 
xarajatlar;
- kadrlar qo'nimsizligi va ishda xodimlar yetishmasligi bilan 
bog‘liq bo'lgan qo‘shimcha xarajatlar.
Operatsiyalaming samaradorligi ko‘pincha operatsion funksiyalar 
va boshqa ishlab chiqarishni boshqarishning: muhandislik, marketing, 
moliya, mehnat resurslari bilan ratsional o‘zaro faoliyatiga bog'liq. 
Operatsiya xizmatida odatda juda ko‘pchilik qatnashib, har bir 
operatsiya tizimining yutug‘i yoki muvaffaqiyatsizligi shu kishilarga 
bog‘liq bo'ladi. Operatsiya menejerlari tahlil, tizimiy texnika, 
12


texnologiya, ijtimoiy fanlar sohasida har tomonlama chuqur bilim 
va malakaga ega bo‘lishlari va bu bilimlar asosida operatsiyalarni 
samarali boshqara olishlari kerak.
Muhandislik funksiyasi ishlab chiqarish quvvatlari vajarayonlarini, 
mahsulotlaming yangi turlarini loyihlashni ta’minlaydi.
Marketing funksiyasiga mahsulotga talab va mijozlar buyurt- 
malarini aniqlashni ta’minlash bo‘yicha bashoratlar, bundan tashqari 
mahsulot sifati, iste’molchilaming e’tirozlari va mahsulotni yetkazib 
berish bo‘yicha xizmatlar kiradi.
Moliyaviy funksiya esa ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish 
imkonini beruvchi moliyaviy xizmatni ta’minlaydi. Shuningdek, 
operatsion bo‘linmalardan ishlab chiqarish rejalari va rivojlanishi 
haqida olinadigan ma’lumotlar, xususan xodimlar mehnatiga haq 
to*lash bo‘yicha moliyaviy resurslaming mavjudligi, yetkazib 
beruvchilar bilan hisob-kitoblar kiradi.
Mehnat resurslari funksiyasi operatsion tizimda kadrlami o'qitish 
va yollash uchun javobgarlikni anglatadi. Operatsion bo‘linma o‘z 
navbatida xodimlar miqdori va ularning malakasiga bo'lgan talab 
haqida kadrlar xizmatini ma’lumotlar bilan ta’minlaydi.
Ishlab chiqarilgan mahsulotning yuqori darajasini ta’minlash 
uchun operatsiyalar samaradorligiga quyida keltirilgan usullardan 
foydalanilgan holda erishiladi:
- raqobatchilar xarajatlari darajasiga nisbatan ishlab chiqarish 
xarajatlarini kamaytirish;
- eng kam xarajat bo‘yicha yetakchilik qilish;
- mahsulotning ishonchliligi;
- mahsulotning mustahkamligi;
- mahsulot yetkazib berishning tezligi;
- mahsulot yetkazib berish muddatining kafolati;
- shaxsiy buyurtma bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish;
- mahsulotni o‘z vaqtida bozorga tatbiq qilish;
- talabga muvofiq ishlab chiqarish hajmini tartibga solish.



Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin