R. I. Nurimbetov, S. I. Ahmedov


ISHLAB CHIQARISH TUZILMALARINING TURLARI



Yüklə 1,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/53
tarix18.02.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#84839
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   53
2.5. ISHLAB CHIQARISH TUZILMALARINING TURLARI
Korxonaning ishlab chiqarish tuzilmasi-tizimga kiruvchi xom- 
ashyoni biznes-rejada belgilangan parametrlarga javob beruvchi tayyor 
mahsulot ko‘rinishiga keltirishni ta’minlaydigan korxona asosiy, 
yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi bo‘linmalarining yig‘indisidir. 
Bo‘linmalar tuzilishining tavsifi, bo‘linmalar soni ishlab chiqarishni 
tashkil etishning ixtisoslashganlik, jamlanganlik, birlashganlik va 
kombinatsiyalashganlik shakllari asosida aniqlanadi.
Ishlab chiqarish bo‘linmalarining ixtisoslashganlik shakliga 
ko‘r a - korxona texnologik (alohida bir operatsiya yoki ishni 
bajarish uchun), predmet (mahsulotning muayyan turi yo uning 
tarkibiy qismini yaratish uchun) va aralashgan (texnologik-predmet) 
prinsipi asosida tashkil etiladi. Texnologik prinsipga mashinasozlik
korxonalarida 
quyish, 
temirchilik, 
termik,__ yig‘ish 
sexlari;
to'qimachilik korxonalarida-yigirish, to‘quvchilik, bo‘yash sexlari; 
metallurgiya korxonalarida esa cho‘yan eritish, po‘lat quyish, prokat 
sexlari ixtisoslashgan bo‘ladi, ya’ni bu prinsipga ko‘ra qurilmalar turli 
detallar ishlab chiqaradigan bir turdagi operatsiyalarni bajaradi. Turiga 
qarab qurilmalar guruhlarga ajratib joylashtiriladi, masalan, mexanik 
sexning bir uchastkasida faqat tokarlik stanoklari joylashtirilsa, 
boshqasida yo‘nish stanoklari, va yana birida parmalash stanoklari 
bo‘ladi.
Texnologik prinsip sex yo uchastkani boshqarishni yengillash- 
tiradi: bir tur stanoklar guruhiga mas’ul usta ulami har tamonlama
29


o‘rganishi, agar biror stanok haddan ortiq ish bilan yuklangan bo‘lsa, 
ishning bir qismini undan olib boshqasiga o‘tkazishi mumkin.
Ammo bu prinsipning kamchiliklari ham yo‘q emas: mahsulot 
assortimentini oshirish tez-tez bir texnologik operatsiyadan 
ikkinchisiga o‘tib turishni talab qiladi. Buning oqibatida stanoklami 
qayta sozlashga qo‘shimcha vaqt sarflanadi, tayyorlash davri 
uzayadi, rejalashtirish va bo‘linmalaming ishlab chiqarish aloqalari 
murakkablashadi, ya’ni iqtisodiy tomondan o‘zini oqlamaydi. Undan 
bir tur va mayda seriyadagi katta nomenklaturali buyumlami ishlab 
chiqarishda foydalaniladi.
Predmet prinsipida sexlar aniq bir buyum yoki uning tarkibiy 
qismini tayyorlashga ixtisoslashadi. Yirik seriyali va ommaviy ishlab 
chiqarishdagi sexlar aynan shu prinsipga tayanadi. Masalan, avtomobil 
va traktor zavodlarida motor, shina, g‘ildirak, kabina kabilami 
tayyorlaydigan maxsus sexlar mavjud va sexlardagi qurilmalar 
texnologik operatsiyalarni bajarish ketma-ketligida joylashtiriladi.
Sex va uchastkalaming predmet prinsipiga asoslanishi ishlab 
chiqarish va mehnatni tashkil etishda ilg‘ or uslublami qo‘llashga yaxshi 
muhit yaratadi. Texnologik operatsiyalarni bajarish ketma-ketligida 
qurilmalaming joylashishi buyumlami tayyorlash jarayonidagi harakat 
yo‘li hamda uni tashish vaqtini qisqartiradi. Shuningdek, oqim va 
avtomatik liniyalami uyushtirish imkoni paydo bo‘ladi, ishchilar tor 
doiradagi operatsiyalarni bajarishga ixtisoslashishi natijasida ularning 
malakasi ortadi, mehnatni tashkil etish yaxshilanadi, chiqarilayotgan 
mahsulot sifatiga javobgarlik kuchayadi.
Umuman olganda, bulaming barchasi oxir-oqibatda mehnat 
unumdorligini oshirib, mahsulot tannarxini qisqartiradi. Kam- 
chiliklaridan biri bu kichik hajmdagi ishni bajarishda qurilmalaming 
to‘la quwatda ishlatilmasligidir.
Bu prinsipdagi uchastkalami tashkil etish nisbatan doimiy va 
katta bo‘lmagan nomenklaturadagi buyumlami tayyorlashda, ya’ni 
yirik seriyali va qisman ommaviy ishlab chiqarishda ijobiy natija 
beradi. Texnologik-predmet prinsipida tayyorlov sexlari texnologik
30


prinsipga asoslansa, ishlov berish sexlari esa predmet prinsipiga 
asoslanadi. Mazkur prinsipning ishlab chiqarish tuzilmasi aksariyat 
yirik mashinasozlik korxonalariga xos bo'lib, ulardagi mayda seriyali 
va seriyali ishlab chiqarish uyg‘unlashganlikning yuqori darajasi 
va texnologik-predmet ixtisoslashganlikning past darajasi bilan 
farqlanadi.
Korxonalar ishlab chiqarish tuzilmalarining rivojlanishiga ta’sir 
etuvchi asosiy omillar quyidagilardir:
- yangiliklar-o‘zgarishlar (ichki va tashqi)ga korxona tuzilma- 
sining moslashuvchan va kirishuvchanligini ta’minlash maq­
sadida loyihalashtirish va ishlab chiqarish tuzilmalarini 
rivojlantirish sohasidagi yutuqlami o‘rganib borish;
- korxonaning ishlab chiqarish bo‘linmalari soni va hajmini 
optimallashtirish;
- asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi bo‘linmalar o ‘rtasida 
ratsional munosabatni ta’minlash;
- mahsulotning konstruktiv bir turliligini ta’minlash;
- korxona bosh rejasi va bo‘linmalar rejalashtiriluvining ratsio- 
nalligi;
- ishlab chiqarishni avtomatlashritilish darajasini oshirish;
- ishlab chiqarish quwati, texnologik jarayonlaming ilg‘orligi, 
avtomatlashritilish darajasi, kadrlar malakasi kabi parametrlar 
bo‘yicha korxona ishlab chiqarish tuzilmasi komponentlarining 
mutanosiblik prinsipiga mosligini ta ’minlash;
- mehnat predmetlari harakatining davomiyligini qisqartirish 
maqsadida texnologik jarayonlaming aniqlik prinsipiga tuzilma 
mosligini ta’minlash;
- tizimdagi jarayonlaming sifat darajasiga tizimga kirish sifat 
darajasining mosligini ta’minlash;
- yirik korxona ichida ishlab chiqarish predmeti yoki texnologik 
ixtisoslashgan yuridik mustaqil kichik tashkilotlami tashkil 
etish;
- asosiy fondlar xizmatining m e’yoriy muddatini qisqartirish;


- korxona asosiy ishlab chiqarish fondlarining rejaviy-ogoh- 
lantiruv ta’mirlash ishlari grafigiga rioya qilish, o'tkazilayotgan 
ta’mirlash ishlari davomiyligini qisqartirish va ular sifatini 
oshirish, fondlami vaqtida yangilab borish.

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin