R. I. Nurimbetov, S. I. Ahmedov


partiyalami yig'ish uchun detallarni qayta ishlash



Yüklə 1,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/53
tarix18.02.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#84839
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   53

partiyalami yig'ish uchun detallarni qayta ishlash;
- tayyorlanadigan 
mahsulot 
sifatini 
nazorat 
qilishni 
avtomatlashtirish va mahsulot sifatini boshqarishda statistik 
usullami qo‘llash va h. k.
Ommaviy ishlab chiqarish (mass prodoction)nisbatan uzoq muddat 
oralig‘idagi davrda keng hajmdagi chegaralangan standartlashgan 
mahsulotlar chiqarishga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish. Masalan, 
avtomobillar, traktorlar, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi mah­
sulotlari.


Ommaviy ishlab chiqarish uchun quyidagilar taalluqli:
- qat’iy cheklangan belgilangan nomenklaturadagi bir xil 
mahsulotni uzluksiz ishlab chiqarish, ularning faqat ba’zi 
modifikatsiyasi yakuniy butlashga bog‘liq bo‘lib, bir-biridan 
farq qiladi;
- uzellar, detallar va boshqa qismlar ixtisoslashtirilgan 
korxonalarda tayyorlanadi yoki mustaqil firmalardan sotib 
olinadi;
- belgilangan sifatdagi va o‘lchamdagi unifikatsiyalangan 
ma’lum darajada texnologik liniya-konveyerga ketma-ket 
yetkazib beriladigan uzellar va detallardan yig‘ishga asoslangan 
ixtisoslashgan oqimli ishlab chiqarishning mavjudligi;
- ishlab chiqarishni yuqori darajada ixtisoslashtirish, bir 
korxonada bir yoki bir necha modifikatsiyali mahsulotni ishlab 
chiqarishning to‘planganligi;
- detallar, uzellar va agregatlaming konstruksiyasini ishlab 
chiqishda standartlashtirish va unifikatsiyalash;
- konveyerdagi ish joylarini bosqichma-bosqich konkret 
operatsiyalarni bajarishga ixtisoslashtirish;
- texnologik jarayonlami avtomatlashtirish, ishlaming oqimli 
usulini qo‘llash;
- yuqori malakaga ega bo‘lmagan, konkret operatsiyalarni 
bajaradigan har bir ishchidan foydalanish;
- yig‘ma ishlab chiqarishga asoslangan ishlab chiqarish davrining 
uncha uzoq emasligi;
- ishlab chiqarishni korxonani avtomatik boshqarish tizimi (ABT) 
dan foydalanish asosida dispetcherlashtirish;
- mahsulot sifatini nazorat qilishni to‘liq avtomatlashtirish;
- ishlab chiqarishni puxta rejalashtirish va mehnat unumdorli- 
gining barcha omillaridan foydalanish.
Uzluksiz qayta ishlash jarayoniga asoslangan ishlab chiqarish 
sezilarli hajmda bir xil turdagi mahsulotlami belgilangan bir birlik 
hajmlarda o‘lchanadigan, uzunligi, qayta ishlanadigan potokli 
26


resurslar kelib tushishiga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish. Masalan, 
neft mahsulotlarini ishlab chiqarish, kimyoviy va sellyuloza-qog‘oz 
mahsulotlarini ishlab chiqarish.
Ishlab chiqarish tizimining har bir turida boshqaruvning 
mazkur turiga mos keluvchi qat’iy aniqlangan boshqaruv tuzilmasi 
shakllanadi. Bunda har firma o‘zining faoliyat yuritish ixtisosliklarini 
hisobga olgan holdagi ishlab chiqarish turiga mos keluvchi boshqaruv 
tuzilmasini yaratadi.

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin