ko‘rish mumkin. «
Resurslar-mahsulot» («input-output») tizimi ishlab
chiqarishning yadrosi hisoblanadi (2.1-rasm).
Resurslar
Ishlab chiqarish
jarayoni
Mahsulotlar
2.1-rasm. «Resurslar-mahsulot» jarayoni modeli
Resurslar
asosan o'zgaruvchi xarajatlar shaklida namoyon
bo‘ladigan, ishlab chiqarish hajmigaproporsional ravishda o‘zgaruvchi
ishlab chiqarish elementi sifatida aniqlanadi. 0 ‘zgaruvchi xarajatlarga
asosan ishchi kuchi, energiya va materiallardan tashkil topgan resurs
lar taalluqlidir. Ushbu xarajatlar summasi natural ko'rinishda chi
qarilgan mahsulotlar sonining birligiga bog‘liq. 0 ‘zgaruvchi xara
jatlarga xodimlarga to'lanadigan ish haqi xarajatlari (ma’muriy va
idora xodimlaridan tashqari) va har bir
mahsulot birligiga bevosita
taalluqli bo‘lgan materiallarga ketgan xarajatlar kiradi. Mahsulotning
chiqarilishini tartibga solish ishlab chiqarish jarayoniga kiritiladigan
resurslar yordamida amalga oshiriladi.
Mahsulot
firma faoliyatining ishlab chiqarish bo‘linmalariga
yo‘naltirilganligini aks ettiradi. Bozor sharoitlarining va firma
moliyaviy holatining o‘zgarishi faoliyatda yangi yo‘nalishlami
izlashga undaydi.
Ishlab chiqarish jarayoni
keng turdagi mahsulotlar nomenk-
laturalarini ishlab chiqarish uchun sodda va murakkab bo‘lgan ko‘p
miqdordagi resurslar xilma-xilligini talab qiluvchi jarayon bo'lishi
mumkin. Bu ma’lum bir belgilangan maqsadga erishish uchun
23
«resurslar-mahsulot» tarzida real bo‘lgan
loyihalashtirish jarayonini
talab etadi.
Ishlab chiqarish jarayoni asosan firma operatsiyasi darajasidan
qat’i nazar o‘zgarmaydigan doimiy xarajatlarga aloqador bo‘lgan
elementlardan tashkil topadi.
Doimiy xarajatlar
(fixed expense)-bu ishlab chiqarish hajmiga
bog‘liq bo‘lmagan, ya’ni:
mahalliy soliqlar, mol-mulk solig‘i,
sug‘urta to‘lovlari, idora xizmatchilari va ma’muriy xodimlar ish
haqlari, isitish va yoritish uchun xarajatlar,
amortizatsion ajratmalar,
ishlab chiqarishni kengaytirish uchun investitsiyalar, inshootlarga
ketadigan xarajatlardir. Zavod binosi
va asbob-uskunalar ishlab
chiqarish jarayonini ta’minlaydi.
Ustama va bilvosita xarajatlar
(overhead, burden, indrect
expense, indrect manufacturing expense)-bu konkret detal (mahsulot)
tayyorlash qiymatiga bevosita bog‘liq bo‘lmaydigan
tayyorlov,
boshqarish, idora va boshqa xarajatlar yoki chiqimlardir.
Dostları ilə paylaş: