bo‘lgan jarayonga taalluqli bo‘lsa, ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyasi qo‘llanadi. 0 ‘rganilayotgan funksiyaga ta’sir qiluvchi omillaming barqaror majmuiga, biroq omillar o ‘zgarishining o‘zgaruvchan (ehtimoliy) darajasiga ega bo‘lgan qarorlarni asoslash uchun korrelyatsion-regressiv tahlil apparatidan foydalaniladi. Bu usullarning barchasi operatsiyalarni tadqiq qilish orqali amalga oshiriladi. Tahliliy hisob-kitob usuli boshqaruv obyekti faoliyati natijalarining tahlili bilan obyektni qaror qabul qilinayotgan sohada rivojlantirishning istoqbol hisob-kitoblarini uyg‘unlashtirishga asoslanadi. Bunday asoslash usuli keng qo‘llanadi. Tahliliy hisob-kitob usuli joriy (taktik) qarorlarni asoslashning asosiy usuli hisoblanadi. Omilli usul tahliliy hisob-kitob usulining turlaridan biri bo‘lib, u natijalariga qator omillar ta’sir ko‘rsatadigan ishlab chiqarish jarayonlarini rivojlantirish yo‘llarini aniqlash uchun qo‘llaniladi. Tizimli usullar asosida ekspertlaming mantiqiy fikrlashlari va tajribasi yotadi. Bu usul boshqaruv apparati xodimlarining faoliyatini baholashda keng qo‘llanadi. Tizimli usullar jumlasiga «aqliy hujum usuli» ham kiradi. Bu usulda qabul qilinayotgan qarorlaming variantlari kollegial ravishda muhokama qilinadi. Qarorlarni ishlab chiqishning tajriba usullari rahbar xodimlar va mutaxassislaming shaxsiy tajribasi, vaziyatlar va ulami hal qilish usullarini umumlashtirishga asoslanadi. 3.3. QAROR QABUL QILISHDA TAVAKKALNI BAHOLASH Qarorlarni asoslash asosan boshqaruv apparatining ixtisos- lashtirilgan funksional bo‘linmalari tomonidan qat’iy izchillikda amalga oshiriladi. Qarorlarni asoslashning birinchi bosqichi asos