Mavzu : O’quvchilar orasidagi konfliktli vaziyatlar



Yüklə 60,48 Kb.
səhifə1/8
tarix17.04.2023
ölçüsü60,48 Kb.
#99179
  1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu O’quvchilar orasidagi konfliktli vaziyatlar


Mavzu : O’quvchilar orasidagi konfliktli vaziyatlar .


Reja :
Kirish .
I BOB.Konfilkt xaqida umumiy tushuncha.Konflikt sabablari va motivlari .
1.1.Konfliktlar sohalari va tipologiyasi .
1.2.Konfliktning rivojlanishi dinamikasi .
II BOB.O’quvchilar orasidagi konfliktni hal qilish mexanizmlari va asoslari. 2.1.Konflikt ishtirokchilarihihg mavqelari .Konfliktlarni boshqarish usullari .
2.2.O’quvchilar orasidagi konflikt va uni yechimga olib kelish .
Xulosa .
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.


Kirish .
Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma`naviy salohiyatga ega bo`lib, dunyo miqyosida o`z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo`sh kelmaydigan insonlar bo`lib kamol topishi, baxtli bo`lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”
Sh.M.Mirziyoyev.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti
Inson o’z hayotida bolalik davridanoq boshqa insonlar bilan turli ijtimoiy munosabatlarga kirishadi. Inson hayoti boshqalar bilan bo’ladigan turli munosabatlarning uzluksizligidan iborat bo’lgan jarayondir.
Ana shu munosabatlar esa har doim ham bir tekis, silliq va tinch davom etavermaydi. Hayotning bir tekis davom etishini turli nizo va ziddiyatlar buzib turadi. Biz ularni konfliktlar deb ataymiz. Konflikt har bir inson hayotiga aloqador bo’lgan o’ziga xos jarayon bo’lib, hech bir inson o’zini komil ishonch bilan konflikt vaziyatlardan muhofaza qilinganman deb ayta olmaydi.
Konfliktlar inson hayotining ajralmas qismi hisoblanadi, chunki har bir inson o’z hayoti davomida konfliktlar bilan to’qnash keladi. Konfliktlar tabiiy hodisa bo’lib, konflikt bilan to’g’ri munosabat o’rnatish inson tarbiyasi, uning shakllanishining zaruriy talablaridan biridir.
Psixologik jihatdan konfliktlarni o’rganish faqat nazariy emas, balki juda muhim amaliy ahamiyatga ham ega. Fanning bu sohasi vaziyatlarda yuzaga keluvchi konfliktlarning oldini olishga, ularni hal qilish uchun samarali choralarni qo’llashga yordam beradi.
Konfliktlarning jamiyat hayotidagi doimiy va umumiy hodisa sifatida tan olinishi har qanday konfliktning u ro’y berishi mumkin bo’lgan ko’lamda, shaklda va tanglik darajasida muqarrar tarzda namoyon bo’lishini keltirib chiqarmaydi.
Ijtimoiy konfliktlarni tartibga solish muammosi konfliktli vaziyat sabablariga ta’sir etish, konfliktning salbiy oqibatlarini tugatish yoki konflikt natijalaridan foydalanish maqsadida konfliktning borishini muayyan yo’nalishga solish imkoniyatiga asoslanadi.
Konfliktni tartibga solish haqidagi masala nazariy va amaliy jihatdan uni o’rganishga loyiq mustaqil muammodir. Bu muammoni o’rganuvchilar konfliktni tartibga solishni unga bo’lgan eng oqilona yondashuv deb hisoblaydilar.
Har doim ham ochiq to’qnashuvdan qutulish mumkin emas, biroq, doimo konfliktli hodisalarning rivojlanishi uchun haddan tashqari katta mablag’ sarflash va talafotlar ko’rishdan xalos bo’lish mumkin. Konfliktlarni tartibga solish muammosi ma’lum darajada ijtimoiy jarayonlarni boshqarish muammosining bir qismini tashkil etadi. Fan tomonidan uni boshqarish haqida ishlab chiqilgan asosiy g’oylar konfliktli vaziyatlarni boshqarishning aniq usul va yo’llarini topishda katta ahamiyatga ega.



Yüklə 60,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin