Mavzu : O’quvchilar orasidagi konfliktli vaziyatlar


O’qituvchilar jaomasi orasidagi konfliktlar



Yüklə 60,48 Kb.
səhifə7/8
tarix17.04.2023
ölçüsü60,48 Kb.
#99179
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu O’quvchilar orasidagi konfliktli vaziyatlar

O’qituvchilar jaomasi orasidagi konfliktlar.
Didaktik hamkorlik sohasidagi konfliktlar orasida pedagogning o’smirlar bilimini baholashdagi xatolari salmoqli o’rin egallaydi. Chunonchi, o’qituvchi o’quvchilarning bilimini baholaganda har ikki tomon orasida kuchli konflikt sodir bo’ladi. Quyida ana shunday ziddiyatlar sabablarini sharhlashga o’tamiz.
O’quvchilarga baho qo’yish. O’quvchilar ko’pincha yozma hamda og’zaki javoblarini past baho qo’yildi deb hisoblaydilar. Ayniqsa muntazam ravishda past baho qo’yilganda o’quvchilar g’oyatda g’azablanishadi, fan va o’qituvchiga nafrat bilan qaray boshlaydilar. O’zaro kelishmovchilikning o’ta jiddiy tus olishi o’quvchining o’zini himoya qila olish darajasi va uni sinf qo’llab – quvvatlashiga bog’liq bo’ladi. O’quvchi yozma ishini bo’yagan, xati xunuk bo’lgani uchun bahosining tushirilishiga toqat qila olmaydi. Adolatsizlik bilan qo’yilgan past baho atrofiga har xil rasmlar chizadi, o’qituvchi sha’nini haqoratlovchi so’zlar yozadi.
O’quvchilarda, ayniqsa, bir xil xatolar bo’la turib, yozma ishga har xil baholar qo’yilishi ko’proq norozilik tug’diradi. Ko’p hollarda o’qituvchi o’quvchilarga bahoni ijobiy yutuqlarga erishish uchun yo’naltiruvchi vosita sifatida emas, balki kamsitish, jazolash maqsadida qo’yishadi.
O’qituvchilarning farzandlariga ko’tarib baho qo’yish ham konflikt tug’ilishiga sabab bo’ladi. O’qituvchining qasoskorligi o’quvchilarda ayniqsa norozilik tug’diradigan xunuk holdir.
O’quvchilarning har xil predmet o’qituvchilarining metodik tayyorgarligiga bo’lgan e’tirozlari ko’pincha to’g’ri bo’lib chiqadi.
O’quvchilarning bu sohadagi e’tirozlari quyidagicha:

  • tushuntira olmaslik;

  • sistemasiz, palapartish bayon;

  • tilning o’rinsiz murakkabligi;

  • takrorlashning yo’qligi;

  • materialni quruq bayon qilish;

  • mavzuni hayot bilan bog’lay olmaslik;

  • xo’ja ko’rsinga “mavzuni” bajarish;

  • predmetga qiziqish uyg’ota olmaslik;

  • xolis baholash olmaslik;

  • arzimagan javobga yuqori baho qo’yish;

  • barcha o’quvchilarga faqat “3” baho qo’yish va hokazo.

O’qituvchining metodikasidagi bunday nuqsonlar uning va o’quvchilarning ruhiy zo’riqishga uchrashiga sabab bo’ladi.


O’qituvchining kasbiy qiyofasinin yorqin aks ettiruvchi ikki faktor mavjud:



  1. O’qituvchining shaxsiy sifatlari.

  2. O’smirlar bilan ish olib borish mahorati.

Har ikkala faktor o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirishga xizmat etgan taqdirdagina o’qituvchi va o’quvchi orasidagi o’zaro munosabat xolis, samimiy va ishchan tus olishi mumkin.


O’qituvchining o’ch olishga va ayrim o’quvchilarni kamsitishga urinishi og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Misollarga murojaat etaylik:


  • Ayrim o’quvchilarga - ular a’lochi bo’lishi shart emas – namoyishkorona ayrimiga mehr ko’rsatadi.

  • “Yaxshi” va “Yomon” o’quvchilarga munosabat usuli keskin farqlanadi.

  • Bu hol o’quvchilar orasidagi munosabatga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi.

  • Kamsitish holi faqat ayrim o’quvchilarga nisbatangina bo’lmasdan butun sinf jamoasiga nisbatan ham ro’y beradi.

  • Yaxshi o’qimaydigan o’quvchilarning tashabbuslari bo’g’ib qo’yiladi.

  • Ona tili o’qituvchisi o’z “erkatoy”larining xatolarini o’zi “to’g’rilab”, bahosini sun’iy ko’taradi.

  • Zaif va o’rtacha o’zalashtiruvchi o’quvchilarni kamsitib, “xom”ligini doim ta’kidlaydi.

  • Ochiqdan ochiq liderlar va landovurlarga bo’lib, sinf o’quvchilari orasidagi totuvlikni buzadi.

Dars paytida bir – biriga xat uzatayotganda ularni ta’qib etuvchi o’qituvchilar bilan xat mualliflari orasida keskin konflikt yuzaga keladi. O’smirlarning bunday harakatlarini ta’qib etish nihoyatda og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Misollarga murojaat qilaylik:





  • O’tgan asrning 80-yillari. Qo’shrabot tumanidagi maktablardan birining 8 – sinf o’quvchilari pilla qurti uchun barg kesishga safarbar qilinadi. O’g’il bola qiz bolaga maktub berayotganini ko’rib qolgan sinf rahbari N. maktubni qizning qo’lidan tortib olib, o’qib chiqadi. So’ng ertasi kuni maktab o’quvchilarining umumiy yig’ilishida o’quvchi qizni yengiltaklikda ayblab sharmanda qiladi... Ertasi kuni maktabga qizning o’ziga olov qo’yganligi haqida xabar keladi.

  • O’qituvchi, bir – birini yoqtirgan o’quvchilarni sinfda, dars paytida masxara qiladi, sinf ham unga qo’shiladi.

  • Bunday o’qituvchining darsidan o’quvchilar bezib qolishadi, uni yoqtirishmaydi.

  • Qiz bolaga o’qituvchi unga shunday dakki beradi: O’g’il bolalar bilan birga ko’chada taralla – bedod qilib yurishga vaqting bor, mening darsimga esa vaqting yo’q...”

  • Biologiya o’qituvchisi kasallikdan yaqinda turgan o’quvchining xotirasi zaifligini masxara qilib sinfda sendan o’tadigan g’alcha yo’q deydi.

Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning yosh xususiyatlari oliy maktab pedagogika kursi hamda, asosan, yosh va pedagogik psixologiya kursida bayon etib berilgan. Shuning uchun ham biz faqatgina kichik maktab yoshidagi o’quvchilar ta’lim-tarbiya jarayonida yuz beruvchi konfliktli vaziyatlar haqidagina so’z yuritamiz. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarga emotsional holatlarning uzoq muddatli bo’lmagan, qisqa muddatli kechishi xosdir. Agar, albatta, emotsional holat chuqur, zulmkorona, qaqshatuvchi bo’lmasa.


Emosional holatning tez o’zgaruvchanligi va yuksak darajadagi moslashuvi kichik maktab yoshidagi o’quvchi psixikasining himoya to’sig’i vazifasini o’taydi. Biroq ruhiy zo’riqishlarning qisqa muddat davom etishi bu yoshdagi o’quvchilarga nisbatan o’qituvchiga ehtiyotsizlarcha bosim o’tkazish huquqini bermaydi (hammasini osongina unutadi-ku, qabilida). Yana bir psixologik haqiqat shu bilan izohlanadiki, kichik boshlang’ich maktab yoshidagi bolalarga o’zidan kattalar himoyasiga muhtojlik, ayniqsa, o’qituvchining qo’llab – quvvatlashi xosdir. Har qanday asabiylik vaziyatida u o’qituvchiga yordamga muhtoj bo’lib termulib turadi, undan yordam qo’llab – quvvatlashini kutadi. Agar uning kutgani yuz bermasa, u qayg’u bilan yakkama – yakka qoldirilsa ruhiy qo’zg’alish ham shunchalik kuchli bo’ladi. Agar o’qituvchi tomonidan yordam o’rniga dakki eshitsa, uning ruhiyati shunchalik kuchli jarohatlanadi.
Konfliktologiya fani bo’yicha nazariy qoidalarga asoslangan holda bir necha pedagogik jihatdan ahamiyatli tushuntirishlarni keltiramiz. Konfliktda qatnashuvchi tomonlar safida ta’lim-tarbiya jarayoni qatnashchilarining barchasi ishtirok etishi mumkin. Shu jumladan, o’quvchilarning ota-onalari, metodik xizmat rahbarlari, boshqaruv apparati xodimlari ham. Yuzaga kelishi jihatidan boshlang’ich sinflarda konfliktlar kutilmaganda, oldindan rejalashtirilmagan holatda sodir bo’ladi. Bu konfliktning eng xavfli variantidir, chunki bunday paytda vaqt yetishmasligi tufayli o’qituvchi xato harakatlarga yo’l qo’yishi ehtimoli bor. Xuddi ana shunday paytda taqlidiylik o’qituvchini yo’ldan urishi, kutilmagan to’qnashuv nihoyatda og’riqli, jarohatli bo’lishi mumkin.
To’satdan yuz beruvchi konfliktlardan tashqari xarakteri va kechishi jihatidan tipik bo’lgan ziddiyatlar ham mavjud. Bunda o’qituvchi o’z tajribasiga tayangan holda u yoki bu qadar ilgari ishlab chiqilgan ssenariy asosida ish ko’radi. Ularni yuz bergan vaziyatga bir qadar moslashtirishga to’g’ri keladi, xolos.
Nihoyat, o’qituvchi ko’z oldida shunday vaziyatlar mavjud bo’lishi kerakki, bunga asosan ziddiyatli holatni yaratish va uning yordamida ta’lim-tarbiyaning olg’a siljishiga sharoit yaratish mumkin bo’lsin. Boshlang’ich sinf o’quvchilari ta’lim-tarbiyasi jarayonida sodir bo’luvchi konfliktli – ziddiyatli vaziyatlarni tavsiflashdan oldin asosiy bloklar mazmuni bilan tanishtiramiz. Buning uchun bir necha savollarga javob beramiz:
a) Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar bilan ishlashda o’qituvchi faoliyatida uchraydigan konfliktlar chastotasi qanday?
b) Kimlar orasida ziddiyatlar yuz beradi?
c) Ziddiyatli vaziyatlar qanday mazmunga ega?
d) Umumta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’quvchilari ta’lim-tarbiyasida uchraydigan konfliktli vaziyatlar oqibatlaridan ijodiy foydalanish qay ahvolda?
Kichik, o’smir, katta yoshdagi o’quvchilar ta’lim-tarbiyasida yuz beruvchi stressogen konfliktlarning chastotalarini taqqoslash shuni ko’rsatadiki, kichik yoshdagi o’quvchilar katta yoshdagilarga nisbatan ancha kamroq bunday vaziyatlarga tushadilar.
Boshlang’ich sinfni bitirgan o’quvchilarni ommaviy so’rovnomaga tortish natijasida barcha o’quvchilar uchun doimiy bo’lgan statistik raqamlarni keltirishimiz mumkin.
So’rovnoma to’ldirganlarning qarib yarmi o’qituvchilari bilan oralarida dog’ bo’lib qolgan birorta ham konfliktli vaziyatni eslay olishmadi.
Studentlar esa sobiq o’qituvchilaridan o’rnak bo’ladigan biror bir vaziyat haqida javob berisha olmadi.


Yüklə 60,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin