Mavzu : O’quvchilar orasidagi konfliktli vaziyatlar


II BOB. O’quvchilar orasidagi konfliktni hal qilish mexanizmlari va asoslari 2.1.Konflikt ishtirokchilarihihg mavqelari .Konfliktlarni boshqarish usullari



Yüklə 60,48 Kb.
səhifə4/8
tarix17.04.2023
ölçüsü60,48 Kb.
#99179
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu O’quvchilar orasidagi konfliktli vaziyatlar

II BOB. O’quvchilar orasidagi konfliktni hal qilish mexanizmlari va asoslari 2.1.Konflikt ishtirokchilarihihg mavqelari .Konfliktlarni boshqarish usullari .
Konfliktlarni hal qilishning keng tarqalgan yo’li - bu tinchliksevar kuchlarning aralashuvidir. Bu kuchlar konfliktli vaziyatning o’ziga (1), konfliktni saqlab turuvchi holatlarga (2), shuningdek ishtirokchilarning o’ziga (3) ta’sir ko’rsatishi mumkin. Konfliktni muvaffaqiyatli hal etishning muhim qoidalaridan biri - bu ―haq va ―nohaq taraflarni bir-biriga qarshi qo’yish emas, balki ikkala tarafning manfaatlarini to’la yoki qisman qondirishga imkon beruvchi qarama-qarshilikni hal qilish yo’llarini topishdir.
Ma’lumki, konflikt asosi bu subyektlar o’rtasidagi qarama-qarshiliklardir. Shu sababli konfliktlarni hal etishning eng maqbul va natijali yo’li - bu ko’rsatilgan ziddiyatlarni bartaraf etilishidir. Biroq bu yo’lga har doim ham erishib bo’lmaydi. Bundan tashqari, ziddiyatlarning turli tiplarini (ochiq, yashirin, obyektli, obyektsiz va h.), ularning darajalarini, subyektlari xususiyatlarini, shuningdek, konfliktni to’xtatishga intiluvchi kuchlar ixtiyoridagi obyektiv imkoniyatlarni ham e’tiborga olish kerak.
Konflikt asosida yotuvchi ziddiyatlarni bartaraf etishning asosiy usullari
quyidagilar bo’lishi mumkin:
- konflikt obyektini bartaraf etish;
- konflikt obyektini taraflar o’rtasida bo’lib olinishi;
- obyektdan foydalanish navbatini yoki birgalikda foydalanish qoidalarini o’rnatish;
- obyektni boshqa tarafga berganlik uchun taraflardan biri tomonidan kompensasiya qilish;
- konflikt taraflarini ajratib qo’yish;
- taraflar munosabatlarini ularning umumiy manfaatlarini aniqlashga yo’naltirish va b.
Konfliktlarning hal qilinishi - bu mohiyatiga ko’ra nizoli masala bo’yicha taraflar o’rtasida kelishuvga erishishdir. Bunday kelishuvning uch asosiy turi bor :
1) taraflar fikrining bir-biriga mos kelishi natijasidagi kelishuv ;
2) qonunchilikka yoki tashqi kuchning axloqiy erkiga muvofiq bo’lgan kelishuv ;
3) qarama-qarshi kurashuvchi taraflardan biri tomonidan ma’qullangan va ilgari suriligan .
Konflikt ishtirokchilarining ruhiyati. Kichik va katta guruhlar darajasidagi, shuningdek, shaxs darajasidagi konfliktlar murakkab tabiatga ega va ularni faqatgina obyektiv va subyektiv sabablar o’zaro ta’sirini e’tiborga olgan holda tushuntirish mumkin.
Har qanday jamiyatda shaxsiy yoki guruhiy konfliktlar faqat tashqi (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va b.) sabablar bilan emas, shuningdek, shaxslar va guruhlarning ruhiy xususiyatlari bilan ham yuzaga keladi. Ko’pchilik tadqiqotchilar konfliktning tashqi va ichki (ruhiy) omillarini bir xil ahamiyatdagi omillar deb qarashga moyildir.
Konfliktli vaziyatlarni tahlil etishda va ularni tartibga solish bo’yicha amaliy choralarni belgilashda ruhshunoslar uchun eng muhim narsa bu konfliktlilik
darajasini ortishiga olib keluvchi shaxslar va guruhlar xulq-atvorining tipologik ruhiy xususiyatlarini aniqlash hisoblanadi.
Xulq-atvor modelidan kelib chiqib umumlashgan ko’rinishda konflikt ishtirokchilarining quyidagi uch asosiy ruhiy tipi farqlanadi :
1. Destruktiv(buzg’unchi) tip. Subyektning bu ruhiy tipi konfliktni yuzaga keltirishga va uni to raqibini jismonan yo’q qilib yuborishgacha yoki to’la mag’lub qilishgacha kuchaytirishga intiladi. Turmushda - bu xudbin, janjal va mojarolar tashabbuskori, muassasada - tuhmatchi, ig’vogar omma orasida -
tartibsizliklar va buzg’unchi harakatlar boshlovchisidir.
Agar shunday toifa shaxslar bo’lmaganida ko’pgina konfliktli vaziyatlar tinch yo’l bilan hal etilishi mumkin bo’lar edi. Bu holat so’nggi vaqtda dunyoning turli hududlarida bo’lib o’tayotgan millatlararo konfliktlar misolida yaqqol ko’rinadi. Xalqaro maydonda harakat qilayotgan bunday subyektlar ham ma’lum (S.Xuseyn, Ben Laden va va b.)
Konfliktli xulq-atvor o’z-o’zini nazorat qilmaslik oqibatida kelib chiqadi. Konfliktlarga moyil kishilar qoidaga ko’ra, yengil ta’sirchan, qahrli, qo’pol, o’tkir hissiyotlarga va tavakkal qilishga moyil bo’ladilar, uzoqni ko’ra bilmaydilar.
2. Konstruktiv (ijobiy) tip. Bu tipdagi shaxslar konfliktdan qochishga, har ikkala tomon uchun maqbul qarorni topishga intiladilar. Konstruktiv yondashgan odam vositachi yordamidan foydalanadi va tanglikni yumshatishga yo’naltirilgan harakatlarni amalga oshiradi. Konstruktiv tip subyektlar muzokaralarni ishtiyoq bilan olib boradilar, kelishmovchilik predmetini va uni tartibga solish yo’llarini oydinlashtirishga intiladilar.
3.Konform tip. Konfliktdagi bunday tip shaxs ko’proq yon berishni, kurashni davom ettirishdan ko’ra itoatkorlikni afzal ko’radi. Ko’p hollarda xulq-atvorning komform modeli boshqalarning tajovuzkor harakatlariga obyektiv yordam qilishi mumkin , masalan, subyektlar o’rtasidagi ziddiyatlar arzimagan sabablarga ko’ra vujudga kelgan bo’lsa. Bu holda xulq-atvorning kompromiss yo’li - bu konfliktni to’xtatishning eng yaxshi usulidir.
Konfliktlarni boshqarish va tahlil qilish .
1.Konfliktlarni hal qilishning umumiy qoidalari
Konfliktlarning jamiyat hayotidagi doimiy va umumiy hodisa sifatida tan olinishi har qanday konfliktning u ro’y berishi mumkin bo’lgan ko’lamda, shaklda va tanglik darajasida muqarrar tarzda namoyon bo’lishini keltirib chiqarmaydi. Ijtimoiy konfliktlarni tartibga solish muammosi konfliktli vaziyat sabablariga ta’sir etish, konfliktning salbiy oqibatlarini tugatish yoki konflikt natijalaridan foydalanish maqsadida konfliktning borishini muayyan yo’nalishga solish imkoniyatiga asoslanadi.
Konfliktni tartibga solish haqidagi masala nazariy va amaliy jihatdan uni o’rganishga loyiq mustaqil muammodir. Bu muammoni o’rganuvchilar konfliktni tartibga solishni unga bo’lgan eng oqilona yondashuv deb
hisoblaydilar.
Har doim ham ochiq to’qnashuvdan qutulish mumkin emas, biroq, doimo konfliktli hodisalarning rivojlanishi uchun haddan tashqari katta mablag’ sarflash va talafotlar ko’rishdan xalos bo’lish mumkin.
Konfliktlarni tartibga solish muammosi ma’lum darajada ijtimoiy jarayonlarni boshqarish muammosining bir qismini tashkil etadi. Fan tomonidan uni boshqarish haqida ishlab chiqilgan asosiy g’oyalar konfliktli vaziyatlarni boshqarishning aniq usul va yo’llarini topishda katta ahamiyatga ega.
Konfliktli menejment sohasidagi mutaxassislar umumiy xarakterdagi qator asosiy qoidalar har bir muayyan holatdagi konfliktni boshqarish muammosini hal qilishni ta’minlashga olib keladi deb hisoblaydilar. Bu asosiy qoidalar quyidagilar bo’lishi mumkin:
1.Konfliktli vaziyatning rivojlanishini boshqarish o’z mohiyatiga ko’ra odamlarni boshqarishdir. Bu yerda insonning obyektiv va subyektiv, moddiy va ma’naviy, g’oyaviy jihatlarini o’zida mujassamlashtirgan xulq-atvor omillari va motivlari o’z ahamiyati bilan namoyon bo’ladi.
2.Konfliktni boshqarish - tenglarni boshqarishdir. Konflikt ishtirokchilari orasida, qoidaga ko’ra, mutlaq nohaq taraf bo’lmaydi. Hech bo’lmaganda konfliktga ishtirokchilarning biriga nisbatan avvaldan rejalashtirilgan fikr bilan yaqinlashish mumkin emas. Konfliktlarni demokratik tartibga solish nuqtai nazaridan qaysidir bir tomonni to’xtatib qo’yish, konfliktli vaziyat ayrim subyektlarining xususiy pozisiyalarini to’la inkor etish katta xatodir.
3.Siyosiy-huquqiy nuqtai nazardan konfliktlarni boshqarish bu, eng avvalo, katta guruhlar, odamlar ommasini boshqarishdir. Bu o’z navbatida
konfliktlarning oldini olish yoki ularni tartibga solishda muayyan natijalarga erishish uchun zarur usullar, yo’llar, vositalar majmuiga o’z ta’sirini ko’rsatmay qo’ymaydi. Bu yerda omma manfaatini ifoda etuvchi tashkilotlar, ommaning o’zini anglash darajasi, ro’y berayotgan hodisalar obyektiv rivojlanishining umumiy ko’lami katta ahamiyatga ega.
4.Konfliktlarni boshqarish manfaatlar negizida boshqarishdan iborat eng muhim qoidadir. Konflikt ishtirokchilari manfaatini to’g’ri tushunish konfliktli vaziyatni muvaffaqiyatli hal etish kaliti, mustahkam asosga ega kelishuvning muhim shartidir. Ijtimoiy konfliktlarni oldini olish va tartibga solish ko’proq ular namoyon bo’ladigan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy muhitning umumiy holatiga bog’liq. Shunga ko’ra konfliktlarni tartibga solish jarayonida qator uzviy jihatlar va bu vazifani yaxshi hal etishga ta’sir etuvchi zarur ijtimoiy shart-sharoitlarni aniqlash lozim.
Konfliktlarni boshqarishda axborotning roli. Konfliktlarga qarshilik ko’rsatishga bo’lgan har qanday urinish konfliktlar hali endi yuzaga kelayotgan vaqtda yoki ijtimoiy muhitga tarqalishi arafasida ularni manfaatdor taraflar tomonidan zudlik bilan ilg’ab olishdan boshlanadi. Shu bois aynan konfliktlarni aniqlashga alohida e’tibor qaratish kerak.
Ma’lumki, muayyan konfliktning haqiqiy boshlanishi bilan bu hodisaga qarshi harakat qilishdan manfaatdor bo’lgan shaxslar tomonidan bu hol aniqlanguniga qadar bir muncha vaqt o’tadi. Bu vaqt oralig’i qisqa bo’lgandagina konfliktni yengish uchun zarur maqbul sharoit yuzaga keladi. Pishib yetilayotgan konflikt hali yashirin holatda bo’lgan vaqtda, o’zaro munosabatlarning muayyan ijtimoiy tizim doirasida shakllanadigan potensial konfliktli vaziyatni aniqlashga erishilsa, kutilayotgan natija yaxshi bo’lishi mumkin.
Konfliktlarni o’z vaqtida aniqlash imkoniyati qator sharoitlar bilan izohlanishi mumkin. Masalan, atrofdagi hodisalarni payqash, sezish xohishi. Ko’pincha konfliktni, konfliktli vaziyatning aniq elementlarini ko’pchilik payqab yetadi, biroq, hech kim birinchilardan bo’lib bunga e’tibor qaratishni istamaydi. Ba’zi hollarda , odamlar yetilgan konfliktni mumkin qadar uzoq vaqt aniqlanmasdan turilishidan manfaatdor bo’ladilar. Paydo bo’layotgan konfliktni sezmaslikni shunchaki xohlamaslik yoki odamlarda tegishli bilim va tajribaning yo’qligi bilan bog’liq bunday vaziyatlar juda ko’p uchraydi.
Biroq bundan tashqari obyektiv xarakterdagi qiyinchiliklar ham mavjud. Konfliktni yuzaga keltirgan muhitga yaqin turganlar konfliktni obyektiv qabul qilish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Mehnat konfliktida aynan oddiy xodimlar konfliktga olib keluvchi munosabatlarning murakkablashuvini chuqur his etadilar.
Shaxs muayyan ijtimoiy iyerarxiyada qanchalik quyi mavqyeni egallasa, ijtimoiy tanglik yoki yashirin konfliktning aniq sabablarini aniqlashning shunchalik qulay obyektiv imkoniyatiga ega bo’ladi. Shu bilan birga , ijtimoiy piramidaning tepasida ijtimoiy borliqni qabul qilishning, demak, ijtimoiy hayot xususiy tomonlarining ijtimoiy ahamiyatini to’g’ri baholash imkoniyatlari mavjud. Bu nuqtai nazarga ko’ra, muayyan ijtimoiy tuzilmada shaxsning mavqyei qanchalik yuqori bo’lsa, unga konfliktni o’z vaqtida aniqlashda katta mas’uliyat yuklanadi, u konfliktli vaziyatning xavfliligini bevosita yoki bilvosita ko’rsatuvchi barcha xavfli ogohlantirishlarga sezgirlik bilan qarashi kerak.
Rahbarlik funksiyalarini bajaruvchi shaxslar har qanday xavfli signallar ulargacha to’siqsiz yetib kelishi uchun iloji boricha tashvishlanishlari kerak. Biroq, bunda kommunikasiya va axborot tizimlarining barcha darajalarda tegishli faoliyat ko’rsatishi, ijtimoiy organizmning barcha hujayralarida axborotning o’tishi bilan bog’liq ishlarning obyektiv holati muhim rolni o’ynaydi. Axborot erkinligi konfliktli vaziyatni egallab olish va konfliktni maqbul yo’nalishga solish uchun zarur bo’lgan har qanday usul va yo’llarni topishning hal qiluvchi shartidir.
Konflikt signallari va ularni taxlil qilish usullari. O’zbeklarning milliy qadriyatlari tizimida janjalkashlik, ichi qoralik, boshqa odamlar tinchini buzish, oiladagi zo’ravonlik, bolalarga nisbatan zo’ravonlik qoralanadi. Nizo kelib chiqishi bilan uni hal qilish yo’llarini qidirish oqlanadi.
Ammo hayotda odamlarning o’zini tutishi va harakatlari azaliy qadriyatlar asosida emas, balki ularga zid bo’lgan xususiyatlar asosida rivojlanganligini ko’ramiz. Bir oilada yashab, unib o’sgan qarindoshlar orasida meros talashib, pul va qarz mojarolari bilan, yerdan ulush so’rab, hovli joylarni adolatli bo’lisha olmagan hamda mana shu sabab yuz ko’rmas bo’lib ketgan yaqin qarindoshlar uchrab turadi.
Shu nuqtai nazardan, umuman konfliktni yechib bo’ladimi, uning hammani qoniqtirgan xulosasi mavjudmi degan masala qiziqish uyg’otadi. Konfliktni uning kelib chiqqanligi, rivoj topib, ildiz otgan paytidagina emas, balki uning ilk kelib chiqish davridayoq bilib, oldini olish unumliroq bo’lib, shunday yo’l yaxshi natijalarga olib keladi.
Ammo keng quloch yoyib ketgan, bir emas, balki bir necha tomonlarni o’z domiga tortib olgan, bir necha yillarga davomli cho’zilib, ko’pchilikka aziyat keltirgan konfliktlarni ham hamma uchun qoniqarli yechimga olib kelsa bo’ladi. Biroq bunday vaziyatlarda konfliktda ishtirok etayotgan barcha tomonlardan konflikt yechimiga tayyorlik, uning mazmunini muhokama etishga hozirlik, kompromisslarni to’g’ri va achinmay qabul qilish, norozilikka rozilik, , o’z so’zida turish kabilar talab etiladi.
Konfliktning vujudga kelayotganligini uning signallari, ya’ni belgilari aniq va
ravshan ko’rsatib beradi. Konflikt signallari Konflikt signallari konfliktning to’la namoyon bo’lishidan oldin tomonlar o’rtasidagi odatdagi to’g’ri munosabatlar o’rtasida kelishmovchilik, inqiroz, o’zaro tushunmaslik, g’ayirlik, ayrmakashlik vujudga kelayotganligini namoyon etadi.
Konflikt signallariga bee’tiborlilik uning kelgusida rivojlanib ketishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Shu bois, konflikt signallarini bilish va ularga e’tiborli munosabat talab qilinadi. Konflikt signallariga inqiroz, tomonlar orasidagi tanglik, tushunmovchilik, insidentlar, diskomfort kiradi.
Ularning mazmunini tushunish, ularga nisbatan mutanosib munosabat odatda konfliktning erta anglanishi, inqirolzning oldi olinishi va uning hal etilishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Inqiroz Tomonlar orasidagi ma’lum ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy inqiroz darrov bilinadi.
Agar biror kishi o’zining do’sti, hamkori, yoki tanishi bilan o’z munosabatlarini birdaniga va sababsiz uzib qo’ysa, u bilan gaplashishidan o’zini saqlasa, hafa bo’lib yursa, uni turli qarama-qarshi fikrlar qiynasa, bu - konfliktdagi inqirozning vujudga kelganligiga ishoradir. Bu holatlar inqiroz, yoki hal etilmagan o’ziga xos konflikt belgilari hisoblanadi.
Shu bilan birga, boshqa tomonga nisbatan ishlatilgan zo’ravonlik, tahdid, shantaj kabilar ham inqiroz vaziyatining mavjudligini ko’rsatadi. Juda qattiq bahs yuritish, bahsda tomonlarning bir-birini ayamasligi, o’zaro tahdidlarning qo’llanilishi ham inqiroz vaziyatining ko’rinishlari hisoblanadi.
Inqirozni ko’rsatuvchi yorqin belgilardan biri kishi o’z emosiyalarini ushlab tura olmasligi, o’z emosiyalari va xis-tuyg’ulariga erk berishi, so’kishish, yomon so’zlar ishlatish, birovni tahqirlash kabilardir. Odam bu vaziyatda o’z emosiyalari ichiga kirib ketib, o’z fikrlarida qarshi tomonni ―u yoki bu qilvorishga‖ jazm ham qiladi. Bu vaziyatlarda tezda inqirozning mavjud ekanligi tan olish, o’zini emosional tinchlantirish, inqiroz vaziyatini vujudga keltirgan sabablarni tahlil qilish, o’zini muzokaralarga hozirlash, qarshi tomon bilan tinch muloqotga o’tish darkor.
Agar bu ish qilinmasa, haqiqatan ham kuchli konflikt yuzaga kelishi aniq. Tomonlar orasidagi tang holat Konfliktning vujudga kelayotganligini ko’rsatuvchi yana bir signal. Tomonlar orasida kichkina nizoning kelib chiqishi ham, biz bilan emosional to’qnashgan odam haqidagi bizning fikrimizga salbiy ta’sir ko’rsata boshlaydi.
Bizga qarshi bo’lgan odamning ―yomon ekanligiga darrov bir necha ko’rsatkichlar topila boshlaydi. Agar bir o’zimizni to’xtatmasak, bu ―yomonlar soat sayin ko’payib boradi. Uning barcha so’zlari, harakatlari va amallarini biz mikroskop ostida tahlil qila boshlaylaymiz, ko’p narsalarni ―qora bo’yoqda ko’rishga urinamiz. Ko’proq asl holatni emas, balki mana shu ongimizda vujudga kelgan hamda o’zimiz qurishga sayi-harakat qilgan odamni tahlil qilishga o’tamiz. Shu bois, bu odamga nisbatan bizning muomalamiz salbiy tomonga o’zgaradi. Orada emosional tanglik vujudga keladi. Biz o’z emosiyalarimiz va xulosalarimizga ishonib boraveramiz, ularning ―sun’iy o’zimiz tomonidan yaratilganligi va yasalganligini tan olgimiz kelmaydi.
Tomonlar orasidagi tanglik biror sabab kuta boshlaydi. Bu nihoyat darajada qurigan o’tlarning kichik bir sababdan o’t bo’lib yonishiga o’xshaydi. Chunki bizning emosiyalarimiz tashqariga chiqishni, uning ―adabini berib qo’yishni, ongimizda shakllangan ―yomon odamga uning qanday ―yomonligi ko’rsatib qo’yishni biz juda istaymiz. Bizga mulohazakorlik, bosiqlik va oddiy haqiqatni tan olmaslik halaqit beradi. Biz tang ahvolga adekvat munosabat bildira olmaymiz.



Yüklə 60,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin