Mavzu : O’quvchilar orasidagi konfliktli vaziyatlar


O’quvchilar orasidagi konflikt va uni yechimga olib kelish



Yüklə 60,48 Kb.
səhifə5/8
tarix17.04.2023
ölçüsü60,48 Kb.
#99179
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu O’quvchilar orasidagi konfliktli vaziyatlar

2.2. O’quvchilar orasidagi konflikt va uni yechimga olib kelish
Intizomga oid konfliktlar Intizomga oid bo’lgan, o’quvchilar va ayrim hollarda o’qituvchilar tomonidan sodir etiladigan ruhiy zo’riqish hamda ziddiyatlar, ta’lim jarayonida maktab intizomiy qoidalari va tartibining buzilishiga doir tipik holatlarning statistik manzarasini tavsiflash muhim ahamiyatga molikdir. Salbiy xulq – atvorga doir faktlar orasida o’qituvchi tomonidan sodir bo’ladigan holatlar farqlanadi.
Didaktik hamkorlik sohasidagi konfliktlar. Didaktik hamkorlik sohasidagi konfliktlar orasida pedagogning o’smirlar bilimini baholashdagi xatolari salmoqli o’rin egallaydi. Chunonchi, o’qituvchi o’quvchilarning bilimini baholaganda har ikki tomon orasida kuchli konflikt sodir bo’ladi.
Yaxshi” va “Yomon” o’quvchilarga munosabat usuli
Xalqaro munosabatlardagi konflikt faqat taraflarning qarama- qarshi kurashi sifatida birgina harbiy harakatlardan iborat bo’lib qolmaydi. Zo’rlik vositalarisiz hal qilinadigan diplomatik konflikt, savdo, chegara, siyosiy konfliktlar bo’lishi mumkin
Chegaradan chiquvchi etik” konfliktlar termini boshlang’ich sinf o’qituvchilari xulq – odobida namoyon bo’luvchi qo’pol g’ayripedagogik munosabatshakllarini aniqlashda qo’llaniladi.
O’quvchilar orasidagi konfliktlar.
O’quvchilarning har xil predmet o’qituvchilarining metodik tayyorgarligiga bo’lgan e’tirozlari ko’pincha to’g’ri bo’lib chiqadi.
O’quvchilarning bu sohadagi e’tirozlari quyidagicha:

  • tushuntira olmaslik;

  • sistemasiz, palapartish bayon;

  • tilning o’rinsiz murakkabligi;

  • takrorlashning yo’qligi;

  • materialni quruq bayon qilish;

  • mavzuni hayot bilan bog’lay olmaslik;

  • xo’ja ko’rsinga “mavzuni” bajarish;

  • predmetga qiziqish uyg’ota olmaslik;

  • xolis baholash olmaslik;

  • arzimagan javobga yuqori baho qo’yish;

barcha o’quvchilarga faqat “3” baho qo’yish va hokazo.
O’smirlar o’qituvchilar bilan bo’ladigan o’zaro munosabatlari jarayonida maktabning birinchi pog’onasida ta’lim oluvchi boshlang’ich sinf o’quvchilariga nisbatan anchagina farq qiladi. Bunday ziddiyatlarning o’smir yoshi bilan bog’liq jihatlari nimalardan iborat? O’smir yoshining oliy o’quv yurti pedagogika va psixologiyasida o’qitiladigan tavsifnomasiga murojaat qilamiz. Pedagogika nazariyasining tegishli bo’limida o’smirlik yoshi bolalik va katta yosh holatining oralig’ida ekanligi qayd etiladi. Pedagogika qo’llanmasi mualliflari “o’prilishli” (krizisli), “qiyin”, “o’tish”, “konfliktli”, “og’riqli” kabi terminlarni ko’p qo’llaydilar. O’quvga bo’lgan qiziqishning sustligi o’smir uchun xos. U romantik tuyg’ularga berilgan bo’ladi. O’smirda jinsiy bilimlarga bo’lgan qiziqish uyg’ongan bo’ladi. U o’z kuch va qobiliyatlariga yuqori baho beradi. Kattalarga taqlid qilish, ularga o’xshashga harakat qilishga intiladi. A.S.Makarenko fikricha, o’smirlar – bu haqiqiy risarlar. Ular qo’rqmasdan pedagog orqasidan o’zini o’tga ham suvga ham uradi, agar u haqiqiy ustoz bo’lsa.
Psixologlar o’z navbatida, kim boshlang’ich sinfda yaxshi o’qigan, tartibli bo’lsa, o’smir yoshiga kelib qo’pol, tez intizomsiz bo’lishi mumkinligini ta’kidlaydilar.
Boshlang’ich sinfda o’qituvchi o’rnatgan tartib – intizomga so’zsiz bo’ysunish o’rnini o’z insoniy qadr – qimmatiga ortiqcha baho berish tuyg’usi egallaydi. Ilgari boshlang’ich sinflarda o’qituvchining so’zidan xafa bo’lmagan o’smir yuqori sinf o’qituvchisining aynan shu so’zidan norozi bo’ladi. O’smirlarda o’zligini anglash kattalar bilan bo’lib o’tadigan munosabatlarning yomonlashuvi bilan o’zaro almashinib turishi kuzatiladi. Bo’lajak o’qituvchilar uchun mo’ljallab chop etilgan qo’llanmalarda qayd etilgan o’smirlar xarakter xususiyatlariga doir umumiy tasavvurlar ana shulardan iborat. Ko’p sonli tadqiqotlarda o’smirlarning ijtimoiylashuvi masalasida qimmatli ma’lumotlar uchraydiki, ularga asoslangan holda o’qituvchi va o’quvchilar munosabatlarida yuz beruvchi konfliktlarni pedagogik nuqtai nazardan to’g’ri hal etish mumkin bo’ladi.
Bu sohada o’smirlarning muomalaga kirisha olish tiplariga doir tadqiqot natijalari qiziqishga loyiqdir. Bularning uch turi farqlanadi.
1. Odamovi maktab o’quvchisi. Yolg’izlikka moyil. U tengdoshlari bilan muloqotga kirishganda toliqadi. Noqulaylik his etadi. Yolg’iz qolganida, it, mushuk va boshqa predmetlar bilan qolganda o’zini yaxshi his etadi.
2. Juft – juft muloqotga moyil o’quvchi tipi. Uning o’zi ishonadigan do’sti bo’lishi lozim. Ularsiz yashay olmaydi, zerikadi. Ko’p hollrada do’stlashuv ijobiy munosabatning yuzaga kelishi bilan tugashi, yoki buning aksi ro’y berishi mumkin.
3. Jamoaviy muloqotga moyil o’quvchilar. Ulardan stixiyali ravishda sog’lom yoki nosog’lom dasturga ega bo’lgan o’smirlar jamoasi tashkil topishi mumkin.
Agar birinchi tip konfliktli sharoitda ruhiy zo’riqishni bir o’zi boshdan kechiradigan bo’lsa, ikkinchi tip, ayniqsa uchinchi tipga mansub o’quvchilarda tabiiy ravishda tashqi himoya to’sig’iga ega bo’ladilar. O’smirlar o’qiydigan sinflarda konfliktga kirishuvchilar soni keskin kengayadi, chunki endi ular boshlang’ich sinfdagidek bir o’qituvchi bilan emas balki, o’nlab – yigirmatalab o’qituvchilar bilan muloqotda bo’ladilar, demak, konfliktga kirishuvlari ham mumkin.
Shuni alohida qayd etish kerakki, o’smir – o’quvchilar bilan predmet o’qituuvchilari orasida konfliktsiz hamkorlik umuman uchramaydi. Bu o’smirlar yaxshi o’qituvchilar masalasida omadsizlar degan gap emas. Gap shundaki, ta’lim-tarbiya jarayonida o’qituvchilarda ham o’quvchilardagi kabi ruhiy zo’riqish uchrab turadi.


Yüklə 60,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin