1. Jamiyatda o’qituvchining tutgan o’rni va vazifalari.2. O’qituvchiga qo’yiladigan talablar.
3. O’qituvchining kasbiga xos xislatlari.
4.Pedagogik qobiliyat
Hozirgi sharoitda jamiyatning maktab oldiga qo’yayotgan talablari kun sayin ortib bormoqda va bu talablarni amalda to’g’ri hal qilish vazifasi o’qituvchiga bog’liqdir. Zamonaviy maktab o’qituvchisi qator vazifalarni bajaradi. O’qituvchi – sinfdagi o’quv jarayoni tashkilotchisidir. O’qituvchi o’quvchilar uchun dars paytida, qo’shimcha darsalarda va shu bilan birga darsdan tashqari hollarda ham kerakli maslahatlar berishda bilmlar manbaidan biridir.
Ko’pchilik o’qituvchilar sinf rahbari vazifasini bajarib, tarbiya jarayonini tashkilotchilari bo’lib hisoblanadilar.Zamonaviy o’qituvchi ijtimoiy psixolog bo’lmasligi mumkin emas. Shuning uchun ham o’quvchilar to’g’risidagi o’zaro munosabatlarni yo’lga sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy – psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir.
Ma’lumki, pedagogik faoliyat - kishi mehnatining eng murakkab sohalaridan biridir. Jamiyat tomonidan qo’yiladigan talablardan eng muhimi o’qituvchining shaxsi va uning kasbi bilan bog’liq xislatlariga qaratilgan.
O’qituvchining eng muhim xislatlari quyidagilardan iboratO’qituvchining o’z Vataniga sodiqligi, bolalarni sevish, ularni nsonparvarlik ruhida tarbiyalash, , o’z xalqining tarixi va madaniyatini biishishi;
Olijanobligi, aqli, farosati, ma’naviy pokligi, ma’naviyat va ma’rifat bo’yicha yuksak maqsadlarni bolalarga singdirib borishi
O’qituvchining o’z ishidan nimanidir kutayotganligining o’ziyoq muhim ahamiyatga egadir, mana shu tariqa kutishlar, garchand jamiyat tomonidan o’qituvchiga qo’yiladigan talablarga kelsada, o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Lekin bu talablar hamma vaqt tarbiya ham bir – biriga mos kelmasligi mumkin. Psixologlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning ko’rsatishicha xalq ta’limi bo’limlari va maktab derktorlari o’qituvchining ayrim xislatlari naqadar muhimligini har xil baholaydilar.
Jumladan, xalq ta’limi bo’limlarining mudirlari o’qituvchidan birinchi navbatda o’z fanini yaxshi bilishini va dars berish metodikasini mukammal o’zlashtirishini talab qilsalar, maktab direktorlari o’qituvchiga qo’yiladigan bunday talablarni uchinchi o’ringa qo’yadilar. Shu bilan birga xalq ta’limi bo’limlarining mudirlari o’qituvchilarning o’quvchilar va ota – onalar, maktab jamoasi bilan qanday muloqotda bo’lishini bilishini naqadar ahamiyatga ega bunday xislatlarni o’qituvchi shaxsiga qo’yiladigan talablar ichida birinchi o’ringa qo’yadilar.
O’qituvchining kasbiga xos xislatlari Ota - onalar o’qituvchidan uning ish staji va yoshi qanday bo’lishidan qat’iy nazar, farzandlarini tarbiyalash va o’qitish mahoratini kutadilar. O’quvchilar esa o’qituvchilarni uch xil xislatlari bo’yicha xarakterlab beradilar.

Birinchidan, o’qituvchining odamgarchiligi, adolatliligi, bolalarni yaxshi ko’rish xislatlari ikkinchidan, tashqi xislatlari va xulq - atvoriga qarab;
Birinchidan, o’qituvchining odamgarchiligi, adolatliligi, bolalarni yaxshi ko’rish xislatlari ikkinchidan, tashqi xislatlari va xulq - atvoriga qarab;
uchinchidan, o’qituvchining o’z fanini bilishi, uni tushuntira bilishi
Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga qo’yiladigan talablar bilan birga, o’qituvchi shaxsi va uning faoliyatiga nisbatan qo’yiladigan ijtimoiy talablar ham o’sib bormoqda.