Mavzu: O’qituvchi psixologiyasi Mavzuning dolzarbligi: Hozirgi jamiyatimizda o’qituvchi eng faol pozitsiyadagi shaxs sifatida zamonaviy bilimlarini egallab borishi, tinimsiz izlanuvchan va fidoyibo`lisi lozim chunki
Mavzu: O’qituvchi psixologiyasi Mavzuning dolzarbligi: Hozirgi jamiyatimizda o’qituvchi eng faol pozitsiyadagi shaxs sifatida zamonaviy bilimlarini egallab borishi, tinimsiz izlanuvchan va fidoyibo`lisi lozim chunki, u kechiktirib bo’lmas jarayon shaxsni intellektual hamda ma`naviy qashshoqlikdan qutqarib qoladi.Talabalarga o`qituvchi kasbiga qo`yiladigan talablar, o`qituvchining kasbiga xos xislattlari, shaxsiy xislatlari haqida bilimlarni yetkazib berish. Reja: 1. Jamiyatda o’qituvchining tutgan o’rni va vazifalari. 2. O’qituvchiga qo’yiladigan talablar. 3. O’qituvchining kasbiga xos xislatlari. 4.Pedagogik qobiliyat.
O`z-o`zini el ishiga bag`ishlagan, inson tarbiyasiga jon tikkan olijanob o`qituvchilarni, mo``tabar muallimlarni bundan buyon boshimizga ko`taramiz. I. Karimov ( Barkamol avlod orzusi. T.:-2000. 140-b.)
«Galereya mashqi: O’quvchilarga mavzu kichik mavzularga bo’lib beriladi:
O’quvchilar kichik mavzular asоsida ijodiy yondashga holda o’z galereyalarini yaratadilar. Qolgan o’quvchilar sayohatchi bo’lib, galereyaga keladi. Mas’ul o’quvchi o’z galereyasidagi «mahsulot» to’grisida gapiradi. Keyin boshqa galereyaga o’tiladi. Shunday qilib katta mavzu o’zlashtiriladi.
Hozirgi sharoitda jamiyatning maktab oldiga qo’yayotgan talablari kun sayin ortib bormoqda va bu talablarni amalda to’g’ri hal qilish vazifasi o’qituvchiga bog’liqdir. Zamonaviy maktab o’qituvchisi qator vazifalarni bajaradi. O’qituvchi – sinfdagi o’quv jarayoni tashkilotchisidir. O’qituvchi o’quvchilar uchun dars paytida, qo’shimcha darsalarda va shu bilan birga darsdan tashqari hollarda ham kerakli maslahatlar berishda bilmlar manbaidan biridir. Ko’pchilik o’qituvchilar sinf rahbari vazifasini bajarib, tarbiya jarayonini tashkilotchilari bo’lib hisoblanadilar. Zamonaviy o’qituvchi ijtimoiy psixolog bo’lmasligi mumkin emas. Shuning uchun ham o’quvchilar to’g’risidagi o’zaro munosabatlarni yo’lga sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy – psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir. Ma’lumki, pedagogik faoliyat - kishi mehnatining eng murakkab sohalaridan biridir. Jamiyat tomonidan qo’yiladigan talablardan eng muhimi o’qituvchining shaxsi va uning kasbi bilan bog’liq xislatlariga qaratilgan.