Конфликтларни олдини олишнинг



Yüklə 58,5 Kb.
səhifə1/3
tarix20.11.2023
ölçüsü58,5 Kb.
#165607
  1   2   3

Konfliktlarni oldini olishning yuridik usullari
Reja:
1. Umumiy qoidalar
2. Konfliktni institutlashtirish
3. Normativ mexanizmlar


Konfliktni oldini olishning ahamiyati. Konfliktning oldini olish, albatta, sodir bo`lgan konfliktni to`xtatish yoki hal qilishdan ko`ra foydali va maqsadga muvofiqdir. Shu sababli jamiyat va davlatning asosiy kuch-g`ayrati konfliktlarni oldini olishga qaratilgan bo`ladi. Bu asosan ijtimoiy manfaatlar va qadriyatlarga, fuqarolarning mulki, sog`lig`i, hayotiga xavf tug`diruvchi davlatlararo va kriminal konfliktlar bilan bog`liq. Davlatlararo konfliktlarning oldini olishga BMTning Xavfsizlik Kengashi va Bosh Assambleyasi kabi organlari, shuningdek, hududiy harbiy-siyosiy tashkilotlar doimo e`tiborni qaratib keladilar.
Shu bilan birga konfliktlarni oldini olishning samaradorligi hozirgi kunda yuqori emas.
Bu hol shu bilan izohlanadiki, konfliktga uning ilk bosqichida, ayniqsa, latent bosqichida chetdan aralashish kabi to`siqlarga uchraydi. Bir tomondan bunday aralashuv ijtimoiy foydali, ko`pincha zarur va har qanday holda ham natijali bo`ladi.
Boshqa tomondan esa, konflikt ko`pincha tomonlarning xususiy ishi deb hisoblanadi. Boshqa shaxslarning xususiy ishlariga aralashmaslik nuqtai nazaridan o`z ta`sirini o`tkazish, tomonlarni yarashishga yoki muayyan hatti-harakatlarni bajarishga majburlash noto`g`ri, noaxloqiydir. Shu sababli konflikt shaxsiy (guruhiy) munosabatlar doirasidan chiqib ketib, o`z faolligi ko`lami, obyektiga ko`ra boshqa tomonlarning hayotiy manfaatlariga daxldor ijtimoiy ahamiyatga ega hodisaga aylanish vaqtidagina konfliktga aralashish mumkin.
Konfliktning oldini olish qarama-qarshilik vujudga kelgunga qadar konflikt elementlariga: ishtirokchilariga, ularning harakatlari motivlariga, obyektlariga, foydalanadigan kuchlari va vositalariga ta`sir ko`rsatishdir. Shu bois konflikt xarakteriga qarab uni oldini olish faoliyati turlicha bo`lishi mumkin.
Sabablarni bartaraf etish. Konfliktlarni oldini olishning eng samarali shakllaridan biri uning sabablarini bartaraf etish hisoblanadi. Bu faoliyat turli darajalarda namoyon bo`ladi.
Umumijtimoiy darajada gap jamiyat va davlat hayotiga xavf tug`diruvchi yirik iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy omillarni aniqlash va yo`qotish haqida boradi. Iqtisoddagi beqarorliklar, aholi keng qatlamlarining turmush darajasi va sifati o`rtasidagi keskin farq, siyosiy tarqoqlik, boshqaruv tizimining samarasizligi va uyushmaganligi - bularning barchasi katta va kichik, ichki va tashqi konfliktlarning doimiy manbai bo`lib xizmat qiladi. Ularning oldini olish butun jamiyat manfaatlarida ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy siyosatni izchillik bilan olib borishni, huquqiy tartibot va qonuniylikni mustahkamlashni, odamlarning ma`naviy madaniyatini oshirishni taqozo qiladi.
Konfliktlarni umumijtimoiy ko`lamda oldini olish maqsadlarida ijtimoiy hayotda vujudga keluvchi ko`p sonli konfliktlarni aniqlash va o`rganish, konfliktologik tadqiqotlarni rivojlantirish zarur. Ishlab chiqarishda, turmushda, dam olish sohasida har bir konflikt aniq sabablarga ko`ra va muayyan sharoitlarda yuzaga keladi. Alohida olingan konfliktlardagi muayyan sabablar turmushning u yoki bu sohasidagi umumiy muammolar va ziddiyatlarni ifodalaydi. Shu sababli eng ko`p tarqalgan konfliktli holatlarning vujudga kelishi obyektiv sabablarini tushuntirish va tahlil etish kechiktirib bo`lmaydigan qarorlar chiqarilishini talab etuvchi ijtimoiy muammolar doirasini aniqlashda muhim rol o`ynashi mumkin.

Yüklə 58,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin