Конфликтларни олдини олишнинг



Yüklə 58,5 Kb.
səhifə3/3
tarix20.11.2023
ölçüsü58,5 Kb.
#165607
1   2   3
3. Normativ mexanizmlar


Konfliktlarni normativ tartibga solish. Konfliktni institutlashtirish haqida gapirganda uni tartibga solishdagi normativ yondashuvning ahamiyatini alohida ta`kidlash zarur. Xulq-atvor normalarini ma`lum darajada institutsional tuzilma deb hisoblash mumkin, institutlar tegishli normalarsiz amal qilmaydi. Konflikt insonlar o`rtasidagi har qanday munosabat kabi u yoki bu darajada ijtimoiy xulq-atvor normalari bilan tartibga solinadi. Bunda turli ko`rinishda va mazmundagi normalar amal qiladi: huquqiy, axloqiy, diniy, siyosiy va h.
Konfliktli vaziyatni axloqiy, diniy normalar bilan ham tartibga solish mumkin. Konflikt bilan bog`liq axloq normalari odatda og`zaki va umuman aniq shakllanmagan bo`ladi. Biroq, amaliyotda axloq normalariga murojaat qilish juda kam uchraydi.
Konfliktlarning normativ tasnifi uchun huquq normalari muhim ahamiyat kasb etadi. Axloq va diniy qoidalardan farq qilib, huquq normalari qonunlar va boshqa hujjatlarda mustahkamlanadi va davlat tomonidan sanksiyalanadi. Bundan konfliktning o`zini va sababini huquqiy baholash rasmiy xarakterga ega ekanligi va hech kimning tazyiqi bilan o`zgartirilishi mumkin emasligi tushuniladi.
Quyida konflikt ishtirokchilarining xulq-atvoriga normaning ta`sir etuvchi mexanizmi xususida to`xtalish lozim.
Huquq normasi, har qanday boshqa ijtimoiy norma kabi, odamlar xulq-atvoriga ta`sir etishning bir necha usullariga ega. Bu birinchidan, axborot orqali ta`sir etish: norma individ (ijtimoiy guruh)ga davlat tomonidan ma`qullanadigan hatti-harakatning variantlarini taklif etadi, u yoki bu harakatning oqibatlari haqida ogohlantiradi. ikkinchidan, u ahamiyatli ta`sir ko`rsatadi, chunki u jamiyat va davlat tan olgan qadriyatlarni e`lon qiladi, uchinchidan, huquq normasi undagi talablarni e`tiborga olmaydiganlarga nisbatan ta`sir chorasini qo`llovchi majburlov kuchiga ega. Norma buzilgan taqdirda huquqni qo`llash mexanizmi harakatga keladi, huquqni qo`llash faoliyatini amalga oshiruvchi muassasalar va mansabdor shaxslar ishga kirishadilar.
Yuqorida sanab o`tilgan barcha usullar bo`yicha huquq: a) konflikt sabablariga; b) uning negizi(konfliktli vaziyat)ga; v) uning rivojlanishi va hal qilinishiga; g) konflikt yakunlanishi oqibatlariga va ishtirokchilar taqdiriga ta`sir etadi.

Tavsiya etilgan adabiyotlar ro`yxati:




Karimov I. A. O`zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T. 1. – T.: O`zbekiston, 1996. – 364 b.


Karimov I. A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T. 2. – T.: O`zbekiston, 1996. – 380 b.


Karimov I. A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T. 3. – T.: O`zbekiston, 1996. – 366 b.


Karimov I. A. Bunyodkorlik yo`lidan. T. 4. – T.: O`zbekiston, 1996. – 394 b.


Karimov I. A. Yangicha fikrlash va ishlash – davr talabi. T. 5. – T.: O`zbekiston, 1997. – 384 b.


Karimov I. A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo`lida. T. 6. – T.: O`zbekiston, 1998. – 429 b.


Karimov I. A. Biz kelajagimizni o`z qo`limiz bilan quramiz. T. 7. – T.: O`zbekiston, 1999. – 413 b.


Karimov I. A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. T. 8. – T.: O`zbekiston, 2000. – 525 b.


Karimov I. A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas`ulmiz. T. 9. – T.:








Yüklə 58,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin