O’z guruhida konfliktli-stresslivaziyatlarni tahlil etish. Mundarija



Yüklə 126,5 Kb.
səhifə1/6
tarix23.05.2023
ölçüsü126,5 Kb.
#120619
  1   2   3   4   5   6
O’Z GURUHIDA KONFLIKTLI-STRESSLIVAZIYATLARNI TAHLIL ETISH.




O’Z GURUHIDA KONFLIKTLI-STRESSLIVAZIYATLARNI TAHLIL ETISH.
MUNDARIJA

  1. Ziddiyatlar inson hayotining ajralmas tarkibi sifatida

  2. Konflikt signallari va ularni taxlil qilish usullari

  3. Konflikt ishtirokchilari tomonlarining mavqyelarini tahlil qilish

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Inson o’z hayotida bolalik davridanoq boshqa insonlar bilan turli ijtimoiy munosabatlarga kirishadi. Inson hayoti boshqalar bilan bo’ladigan turli munosabatlarning uzluksizligidan iborat bo’lgan jarayondir. Ana shu munosabatlar esa har doim ham bir tekis, silliq va tinch davom etavermaydi. Hayotning bir tekis davom etishini turli nizo va ziddiyatlar buzib turadi. Biz ularni konfliktlar deb ataymiz.
Konflikt har bir inson hayotiga aloqador bo’lgan o’ziga xos jarayon bo’lib, hyech bir inson o’zini komil ishonch bilan konflikt vaziyatlardan muhofaza qilinganman deb ayta olmaydi. Konfliktlar inson hayotining ajralmas qismi hisoblanadi, chunki har bir inson o’z hayoti davomida konfliktlar bilan to’qnash keladi. Konfliktlar tabiiy hodisa bo’lib, konflikt bilan to’g’ri munosabat o’rnatish inson tarbiyasi, uning shakllanishining zaruriy talablaridan biridir. So’nggi vaqtlarda zamonaviy jamiyatlardagi insonga bo’lgan turli ilmiy-texnik, ma’naviy, iqtisodiy ta’sirlarning haddan ziyod ortib borishi, zamonaviy jamiyatlarda yashash tarzining murakkablik tomon ortib borayotganligi odamlar to’qnash kelishi mumkin bo’lgan turli konflikt vaziyatlarni ham oshiradi.
Bolalik davrida o’yinchoqlarni talashish, birovlarga hasad qilish, yoki o’g’il bolalarning janjal qilib urishganini ko’p kuzatamiz. Mana shunday konfliktlar keyinchalik oilada, eru-xotin, qaynona-kelin, aka-opalar, yaqinlar, do’stlar, ijtimoiy guruhlar, turli kompaniyalar o’rtasida, shuningdek mehnat faoliyatida ham vujudga kelishi mumkin.
Psixologik-pedagogik jihatdan konfliktlarni o’rganish faqat nazariy emas, balki juda muhim amaliy ahamiyatga ham ega. Bu soha turli vaziyatlarda yuzaga keluvchi konfliktlarning oldini olishga, ularni hal qilish uchun samarali choralarni qo’llashga yordam beradi.



Yüklə 126,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin