Vosilxo’ja
səhifə 1/5 tarix 23.05.2023 ölçüsü 26,23 Kb. #120670
25-may-kuni-otkaziladigan-Songi-qongiroq-tadbiri-ssenariysi
Vosilxo’ja : Assalom azizlar , muhtaram zotlar, Tashrif uchun rahmat diydor g’animat Bu damlar g’animat , umr g’animat So’zimiz boshlashga etingiz ruxsat Vosilxo’ja : Assalomu alaykum , bugungi “So’nggi qo’ng’iroq ” tadbiriga tashrif buyurgan aziz ota-onalar , qadrli maktabdosh do’stlar Elshod : Qo’limdan kelgancha aylab ta’rifin Bitiruvchilarimizning qilib hurmatin Taklif etmoqlikka berasiz ruxsat Vosilxo’ja : Bugungi so’nggi qo’ng’iroq tantanasining asosiy sababchilari 9-sinf bitiruvchi o’quvchilarini kutib olaylik. ( MUSIQA SADOLARI OSTIDA BITIRUVCHILAR KIRIB KELISHADI ) 1-boshlovchi : Assalom, ey ahli donishlar salom Mehri ummon qalbi quyoshlar salom Qo’llar ko’ksimizda dermiz xush kalom Aziz ustozlarim salom assalom E’tiqod bulog’i toshgan ustozlar Dillarda ehtirom tillarda kalom Deymiz biz sizlarga, salom assalom 1-boshlovchi : Assalomu alaykum ,aziz ustozlar, qadrli mehmonlar, maktabdoshlar. Bugun biz bitiruvchilar uchun eng hayajonli hamda quvonchli kun . 2- boshlovchi : Tuprog’ingda daholar xoki Ul sohibi dunyolar xoki Bobolarki, ulug’ chinordek Momolarki, Qutlug’ Nigordek Chinorlarki, beshiklar bo’lgan Kelajakka eshiklar bo’lgan Xazinamsan, taxtim o’zingsan Qiyosi yo’q baxtim o’zingsan Yer yuzining jannati sensan Yaratganning san’ati sensan Jannatbog’im hazrattog’imsan Mehrobimsan, sajdagohimsan Yagonasan, muqaddas Vatan Manglaydagi Durri Akbarim Qora niyat, g’araz so’zlardan Asragaymiz yomon ko’zlardan Ko’ksim ichra yuragim tumor Bu tumorda qutlug’ noming bor Sen onasan muqaddas Vatan Yagonasan muqaddas Vatan 1-boshlovchi : Biz O’zbekiston deb atalmish jannatmakon yurt farzandi ekanligimizdan faxrlanamiz. Tantanali onlarimizda yangraydigan madhiyamiz bizning g’urur va iftixorimizdir. Dostları ilə paylaş: